Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish mumkin13. - Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish mumkin13.
- Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‗zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz.
- Pul–iqtisodiy kategoriya bo‗lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‗ladigan, hukumattomonidan o‗rnatilganto‗lov vositasidir.Pul – qat‘iy o‗rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‗ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‗rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‗aradi. Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlargabo‗lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
- Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon
- bo‗ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‗rin beriladi.
-
- Pul hozirgi kundagi ko‗rinishi, holati va darajasiga etgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Er yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga etti ming yildan ortiq vaqt bo‗ldi14. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‗rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog‗oz va elektron pullar ko‗rinishigacha etib keldi.
- Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |