Mavzu: ona tili darslarida amaliy mashqlar ustida ishlash


Ona tili darslarida amaliy mashqlar ustida ishlashda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish


Download 429 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi429 Kb.
#1061041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ONA TILI DARSLARIDA AMALIY MASHQLAR USTIDA ISHLASH

2.2 Ona tili darslarida amaliy mashqlar ustida ishlashda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish

2-sinfda ona tilidan takrorlash darslarida bajariladigan mashqlarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:


1. Matn ustida ishlashga oid mashqlar:
O‘quv yili davomida, 1-chorakda 25 soatga rejalashtirilgan mashqlarning 72 tasidan 28 tasi matn ustida ishlash mavzusiga bag‘ishlangan.

  1. Orfografik ko‘nikmalarga oid mashqlar:

So‘zlar tarkibidagi harflarni to‘g‘ri yozish, orfografik ko‘nikma va bilimlarini mustahkamlash uchun 23 ta mashq berilgan.

  1. Bo‘g‘in, bo‘g‘in ko‘chirishga oid mashqlar:

So‘zlarni to‘g‘ri bo‘g‘inlarga ajratish, har bir bo‘g‘inga tegishli bo‘lgan harflarni to‘g‘ri belgilash va nihoyat satrga sig‘may qolgan so‘z bo‘g‘inlarini to‘g‘ri ko‘chirishga oid 6 ta mashq berilgan.

  1. Tutuq belgisini to‘g‘ri qo‘llashga oid mashqlar:

Tutuq belgisini to‘g‘ri qo‘yish, tutuq belgisi qatnashgan so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, to‘g‘ri yozishga oid 6 ta mashq berilgan.
Lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini mukammal o‘rganish, olgan bilmlarini mustahkamlash va o‘quvchilarning yozuv malakalarini rivojlantirish uchun to‘qqizta mashq berilgan.
Berilgan mavzuni mustahkamlash uchun matn ustida ishlash:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchlari uchun 2- sinf ona tili darsligida yigirma sakkizta mashq matni ustida ishlashga bag‘ishlangan. Matnlar ustida ishlash uchun:

    1. 4 ta maqol;

    2. 4 ta topishmoq;

    3. 5 ta she‘r;

    4. 11 ta berilgan matndagi gaplarni tahlil qilish;

    5. 3 ta rasmga qarab gap tuzush;

    6. 1 ta diktant yozish uchun matn berilgan;

Ma‘lumki maqollar insonni komillik sari yetaklaydi. Masalan, 4-mashqda berilgan Ona yurting – oltin beshiging. Ona yerning tuprog‘i-ona sutidek aziz, maqollari berilgan.1 Ushbu maqollar o‘quvchilarni Ona yurtga, Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini rivojlantiradi. O‘qituvchi maqollar mazmunini o‘quvchilarga tushuntirib berishi ona yurt – oltin beshikday qadrli ekanligi, ona yerning tuprog‘iona sutiday aziz ekanligini misollar orqali tushuntirib berishi kerak. Maqol mazmunini tushunmasdan o‘qish, yodlash o‘quvchilarning ona yurtga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini rivojlantirmaydi.
Darslikda berilgan maqollar insonni tarbiyalash bilan birga, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga, lug‘at boyligini oshirishga, og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirshga, chiroyli yozuv malakalarini oshirishga xizmat qiladi.
Matn shartida nima uchun shunday deymiz, yani ona yurting - -oltin beshiging deb nima uchun aytamiz, o‘ylab ko‘ring, ko‘chiring. Yozganlaringizni bo‘g‘inlab o‘qing. Tekshiring, deyilgan.
Demak o‘quvchilar maqollarni nima uchun shunday deyilishini o‘ylab ko‘radilar, o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar. O‘qituvchi esa ularning fikrlarini to‘ldiradi. Shundan so‘ng maqollarni daftarlariga ko‘chiradilar. Yozganlarini bo‘g‘inlab o‘qiydilar va kitobdan daftarga to‘g‘ri ko‘chirib, yozganlarini tekshirib ko‘radilar. Ko‘rinib turibdiki, maqollar o‘quvchilarni ifodali o‘qishga, chiroyli ko‘chirib yozishga, to‘g‘ri va bexato yozishga katta yordam bermoqda.
Berilgan maqollarni bittasi o‘quvchilarni shirinsuhanlikka, do‘stlikni qadrlashga, qolgan uchta maqol mazmuni jihatidan bir-biriga yaqin maqollardir. Ular o‘quvchilarni tinchlikning mazmun-mohiyatini anglashga, tinchlikni sevishga, qadrlashga, asrashga va tinchliksevarlik ruhida tarbiyalashga katta yordam beradi. Shu bilan birga chiroyli ko‘chirib yozishga, chiroyli yozuv malakalarini oshirishga, to‘g‘ri va behato yozishga, ifodali o‘qishga va lug‘at boyliklarini oshirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, ayniqsa, 2-sinf o‘quvchilariga 4- mashqdagi ―oltin beshik‖, 43- mashqdagi ―tili shirin‖, ―tinch elning‖, ―bog‘i va el ko‘karadi‖ iboralari tushunarsiz iboralar sanaladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarga ushbu iboralar mazmunini to‘g‘ri, sodda, ravon tilda tushuntirib borishi lozim. Bu bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirgan bo‘lamiz.
2-sinf ona tili darsligida 4 ta topishmoq berilgan bo‘lib, ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlash doirasini kengaytirishga, tez va to‘g‘ri javob topishga, xotirani o‘stirishga xizmat qiladi. Masalan, darslikning 5-sahifasidagi 8-mashqni olaylik;
8-mashq. o‘qing, topishmoqning javobini toping.1
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga berar oziq.
Ushbu topishmoqning javobi sabzi ekanligi, u oltin rangda bo‘lishi, ovqatga solib pishirsa, hammaga oziq bo‘lishi o‘quvchilar tomonidan aytiladi.
Topishmoqni she‘riy shaklda berilishi o‘quvchilarning ifodali o‘qish qobiliyatlarini yanada oshiradi.
2-sinfda ona tilidan bo‘yicha o‘tkaziladigan takrorlash darslari, asosan, birinchi sinfda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsda olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, boshqa yuqori sinflarga qaraganda bir muncha farq qiladi. Masalan, 2-sinf boshida 25 soatga mo‘ljallangan 72 ta mashq berilishi, birinchi sinfda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun bir muncha ko‘proq mashqlar berilganligini bildiradi. Bu, albatta, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek tili grammatikasini chuqurroq o‘rganishga, takrorlash orqali 1-sinfda o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Har bir chorak oxirida, chorak davomida olgan bilimlarini mustahkamlash uchun bir soat miqdorida takrorlash darslari rejalashtirilgan.
2-sinfda ona tilidan takrorlash darslarni qanday tashkil etish mumkin. Takrorlash darslarida qanday yangi usullardan foydalanib, o‘quvchilarga qo‘shimcha mashqlar bajartirish mumkin.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni o‘quv yilining 2-3 choragida
yozayotganligimiz sababli, o‘quv yili boshida o‘tkaziladigan takrorlash darslarini qanday tarzda o‘tkazilayotganini kuzatmagan bo‘lsak-da, bu vaqtda tajriba-sinov mashqlarini o‘tkaza olmadik. Biroq 2-3- choraklar so‘ngida o‘tkaziladigan
takrorlash darslarini kuzatdik va tajriba o‘tkazayotgan sinf o‘quvchilarini sinovdan o‘tkazdik.
2-sinfda ona tilidan takrorlash darslarini quyidagicha usullardan foydalanib tashkil etishga harkat qildik;
1.Takrorlash darslarida noan‘anaviy metodlardan, yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanish;
2. Takrorlash darslarida qiziqarli o‘yinlardan foydalanish;
3.Takrorlash darslarida ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanish;
2-sinfda takrorlash darslarini tashkil etishda yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Yangi pedagogik tehnologiya darsni eski an‘anaga aylangan usullardan voz kechishni, yangi noan‘anaviy usullardan keng foydalanishni talab qiladi. O‘quvchilarni erkin fikrlashga, erkin harakat qilishga (an‘anaviy dars usullariga ko‘ra o‘quvchilar dars jarayonlarida erkin harakat qila olmaganlar) amaliy ishlashga o‘rgatish hozirgi kun ta‘limida muhim o‘rin tutmoqda.
Noan‘anaviy dars usuli eski an‘anaga aylanib qolgan usuldan voz kechish, darsni yangicha tashkil etish, ko‘proq o‘qtuvchi emas, o‘quvchilar faol ishtirok etishi demakdir.
Dars jarayonlarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mavzuni o‘zlashtirish, xotirada saqlab qolish imkoniyatlarini kuchaytiradi. Tarqatma kartochkalar, tarqatma test materiallari o‘quvchilarni (individual) yakka tartibda amaliy ishlashga, mustqil javob berishga yoki kartochkadagi savolga jamoaviy tarzda javob berishga, jamoa fikrlarini umumlashtirishga katta yordam beradi.
Shuning uchun biz sinov-tajriba darslarimizni noan‘anaviy dars usullaridan foydalanib tashkil qildik. Imkon qadar dars davomida ko‘rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan foydalandik hamda deyarli barcha takrorlash darslarida qiziqarli o‘yinlardan samarali foydalandik.
Yosh bolalar, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yin o‘ynashga qiziqardilar. Biz ularning bu xususiyatlaridan dars davomida unumli foydalanishga harakat qildik.
XULOSA
O’quvchilarning amaliy ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda amaliy ishlash, avvalo unga tayyorlash o’qituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo’llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy amaliy mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Amaliy faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni amaliy ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Amaliy faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o`quvchilarni amaliy faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.
Amaliy ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni amaliy topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi.
O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib tayanch so`zlar tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda amaliy ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z boyligi yetarli emas. Ma`lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasigatasir ko’rsatadi.

Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling