Mavzu: Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish (ilmiy tadqiqot) metodlari


Download 11.41 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi11.41 Kb.
#1452000
Bog'liq
1 amaliy


Mavzu: Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish (ilmiy tadqiqot) metodlari
Ilmiy tadqiqot metodlari ikkiga bolinadi — nazariy metodlar va tajribaga asoslanadigan metodlar. Tadqiqotning nazariy metodlariga analiz/sintez, ilmiy faraz (gipoteza)lar qurish, modellashtirish tegishlidir. Amaliy (tajriba) metodlar orasida tajriba-sinov (eksperiment), tajriba o ‘tkazish, maqsadli kuzalish kabilar ma’lum va ma’quldir. Bular umumiy yoki asosiy metodlar hisoblanadi. Ilmiy tekshirish metodlaridan yordamchilari yoki xususiylari quyidagilardir: anketa (so‘rov)lar o‘tkazish, test bajarish, xronometraj qilish, suhbat kabilar. Ushbu metodlaming alohida-alohida yoki birgalikda qo‘llanishi tadqiqot turiga bog‘liq. Hozirgi zamon fanshunosligida ilmiy tadqiqotlar uch turga bo‘linadi:
1.Fundamental ilmiy tekshirishda fanning sof nazariyasi hal etiladi.
2. Amaliy tadqiqotda nazariyaning aniq elementlari ishlab chiqiladi.
3. Ishlab chiqarish uchun zaruriy materiallar tuzish/tayyorlashga doir tadqiqotda darslik, qo‘llanma, audiovizual vositalaryaratish bilan shug‘ullaniladi. Fanshunoslikda ta’kidlanishicha, tadqiqotning obyekti vapredmeti bo‘ladi. Mas. o‘rta maktabning biron-bir sinfida ispantilini o‘qitish — tekshirish obyekti bo‘lib, agar ushbu sinfo‘quvchilariga o ‘qilish qoidasini yoki yangi so‘zni o ‘rgatishtadqiq etilsa, u holda biz tekshirishning predmetiga duchkelamiz. Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot predmeti tadqiqot obyektining bir qismi yoki sohasidir. Asosiy (nazariy) metodlardan analiz-sintez metodiga adabiy manbalar (mas. chet til o‘qitishni retrospektiv (tarixan)o‘rganish)ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Tahlil metodi oldiga doimo tanqidiy yondashish, o ‘tgan davrdagi ijobiy va salbiy tomonlarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi. Erishilgan ijobiy natija hozirgi kundagi o‘qitish tajribasiga tatbiq etiladi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy kibemetika metodlaridan, chunonchi, programmalashtirish, kompyuterlashtirishga kata o'rin berilmoqda. Kibemetik analiz tilni o‘rgatish jarayonini boshqarish hamda tilni egallash darajasining xolisona ko‘rsatkichlarini topishga yordam beradi. Chet til o‘qitishdagi ilg‘or tajribalami o‘rganish, umumlashtirish va yoyishdan ko‘zlanadigan maqsad ham ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga qaratiladi.
Download 11.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling