Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. Baholash va tahlil qilish
Download 7.31 Kb.
|
Mavzu Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. Ba-fayllar.org
Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. Baholash va tahlil qilish MAVZU: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. Baholash va tahlil qilish. Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: bilim, ko‘nikma, malaka, tekshirish, baholash, og‘zaki va yozma shakl, kundalik, mavzuviy va yakuniy tekshirish, diktant, bayon, insho, ko‘chirib yozuv, Grammatik topshiriqli yozma ish. Reja:Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish hamda baholash. Ona tilidan yozma ishlarni tekshirish va baholash. Diktant xatosi ustida ishlash Bilimlarni o‘zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. Tekshirish o‘quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida, o‘quvchilaming yangi materialni o‘rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo‘llanilgan metod va usullarning samarador- ligini baholashga, ish metodlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o‘quvchilar uchun, birinchidan, to‘g‘ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o‘z-o‘zini tekshirishni o‘stiradi. Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so‘z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko‘chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o‘tkaziladi. Bulardan tashqari, o‘quv yili davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o‘tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Download 7.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling