Mavzu: ona tilini boshqa gumanitar fanlarga bog’lab o’rganish mundarija kirish I bob. Ona tili fanini gumanitar fanlarga bog’lab o’rganishning mazmun va usullari
Download 73.46 Kb.
|
ONA TILINI BOSHQA GUMANITAR FANLARGA BOG’LAB O’RGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. ONA TILI FANI GUMANITAR FANLARGA BOG’LAB O’RGANISHGA DOIR MASHQA VA TOPSHIRIQLAR
MAVZU: ONA TILINI BOSHQA GUMANITAR FANLARGA BOG’LAB O’RGANISH MUNDARIJA KIRISH I BOB. ONA TILI FANINI GUMANITAR FANLARGA BOG’LAB O’RGANISHNING MAZMUN VA USULLARI 1.1. Ona tilida gumanitar fanlarni bog’lashning mazmuni 1.2. Gumanitar fanlarga bog’lashning usullari II BOB. ONA TILI FANI GUMANITAR FANLARGA BOG’LAB O’RGANISHGA DOIR MASHQA VA TOPSHIRIQLAR 2.1. Ona tilini o’qitishga doir mashqlar 2.2. Ona tilini gumanitar fanlar bilan bog’lash bo’yicha topshiriqlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o’sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini singdirishda milliy tilga, o’z xalqining an’analariga iftixor tuyg’ularini toptirishda ona tilining o’rni beqiyosdir. Ayni paytda ona tili ta’limi oldiga qo’yilgan talab o’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar fikrini anglashga va shu fikr maxsulini og’zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o’rgatishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi ijtimoiy jihatdan shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon ma’naviy barkamol, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatli shaxsni kamol toptirishdek buyuk vazifani ado etish ona tili va adabiyot o’qituvchilarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Yuqoridagi omillardan xulosa shundan iboratki, o’qitish jarayonining metod va shakllari ta’lim mazmuni bilan belgilanadi. Ona tili metodlaridan biri integratsiya hisoblanadi. Ta’lim mazmunida ona tili fanini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish o’quvchini har tomonlama tasavvur qilish hamda tafakkur qobiliyatini o’stiradi. Integratsiyalash (fanlararo aloqadorlik) – o’qitishning bitta fanning tushuncha va harakat turlari bilan chegaralab qolmasdan, faoliyatni umumlashtirgan turlariga chiqishga imkon beradi, ya’ni muammoli yondashuv hamda o’quv va ilmiy izlanishlar uchun sharoit yaratib beradi. Til borliqni anglash vositasi sifatida fanlararo bog’lanishni amalga oshirishda muhim va hal qiluvchi omil hisoblanadi. Integratsiyalashgan dars natijalari o’quvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo’ladi. Fanlararo integratsiya- bir necha o’quv predmetning bir- biriga taalluqli sohalarini ko’rsatish emas, balki integratsiyalab o’qitish orqali o’quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitli haqida tasavvur berishdir. Olimlarning ta’kidlashicha integratsiya o’quvchi dunyoqarashini shakllantirishni tezlashtiradi. O’quvchilarning ma’naviy olamini boyitish, ularni yaxshi niyatli, insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda adabiyot fani bilan ona tili mashg’ulotlari o’rtasidagi uyg’unlikni tashkil etishning ahamiyati kattadir. Ona tili va adabiyot fanlarining uyg’unligi o’quvchilarning qalbi, his-tuyg’ulariga ta’sir etib, yaxshi-yomonni farqlashga, voqea-xodisalarga o’z shaxsiy nuqtai nazaridan yondashishga, og’zaki va yozma nutqini o’stirishga xizmat qiladi. 5-sinfda leksikologiyaning ayrim mavzularini o’quvchilar ongida to’laqonli shakllantirishda topishmoqlardan foydalanish, ba’zi mavzularni mustahkamlash jarayonida savol o’rnida o’quvchiga topishmoq orqali murojaat etish dars sifatini sezilarli darajada oshiradi. Masalan: shakldosh so’zlar mavzusini o’quvchilarga tushuntirish jarayonida topishmoqlardan o’rinli foydalanish va ular bilimini aniqlash hamda baholash mumkin. Qator kelsa ikki so’z, Bir xil ko’radi har ko’z Shakli biru ma’nosi, Boshqa-boshqa qaysi so’z (shakldosh so’zlar) O’t so’zi shakldosh. O’t- o’simlik, o’t- harakat o’t- olov . Adabiyot darsligidan tuyuqlarni keltirish orqali shakldosh so’zlarni topish topshirg’I beriladi. Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men. Bir meni borliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg’a qulluq yozamen. 7-sinfda “Tasviriy ifoda” mavzusini o’tish uchun 1 soat vaqt berilgan. Dars davomida tasviriy ifoda haqida ma’lumot beriladi. O’quvchilar mavzu bo’yicha ma’lum tushunchaga ega bo’lgach, mustahkamlash mashqlari bajarilgandan so’ng, oldindan tayyorlab qo’yilgan matnlar o’quvchilar e’tiboriga havola qilinadi. Download 73.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling