Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar seminar mashg`ulotining rejasi


Download 20.79 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1359262
1   2   3
Bog'liq
Seminar (6)

Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi. Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim” konsepsiyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma’lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
Ilk bolalik davrida Bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta’limiga tayyorlik shakllanadi. 6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operasiyalarni bajara olish qobiliyati shakllangan bo’lishi, emosional irodaviy jihatlari, muloqot ko’nikmalari yetarlicha bo’lishi kerak. Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi.
Shuni alohida ko’rsatish joizki, 1,6 - 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yanga ko’rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, sistemali ravishda ko’rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko’zga tashlanib turadigan belgisiga o’z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko’ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko’z bilan chamalab, harakat qilishiga o’tishda namoyon bo’ladi, endi u predmetning bo’laklarini ushlab ko’rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko’rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko’ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan qolda to’gri topa oladi, Bolalar avval shakliga, so’ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo’lgan juda ko’p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlagani davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o’ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to’g’riburchak, ko`pburchak) va 8 xil rangni [qizil, qovoq sariq, sariq, yashil, kuk, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan turli xil narsalarda turlicha namoyon bo’lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan ularning nomlarini aniq bilishlari va o’z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarniig bu yoshdagi bolalardan ana shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari birmuncha noto’gridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 yoshigacha o’zlashtirgan suzlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko’rinishi o’zgarsa ham uning nomi o’zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga boglagan holda tez o’zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlarita kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror dredmetni olishga harakat qila olganidan so’ng, uni sinchiklab o’rganishida ko’rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko’rgazmali harakatli bo’lib, u atrof olamdagi turli bogliqliklarni o’rganishga xizmat qiladi. o’zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko’rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o’rin tugadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qul soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bulganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi.
2-3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o’rniga ularning o’rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o’yin jarayonida bola cho’pni qoshiq yoki termometr o’rnida, yog’ochdan yasalgan krovat yoki mashina o’rnida foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o’rnida qo’llash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, o’rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, astasekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir o’xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u o’zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to’qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funksiya hisoblanib, u bilishning barcha kurinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o’zlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo’ladi. Bu davrdagi bolalarga ko’p kitob o’qib berish natijasida ular ertak va she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlaniishdan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo’lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. o’zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to’liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Uch yoshgacha bo’lgan bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy yangi o’zgarishlar

Yosh davrlari

Bilishi

Harakati

Muloqoti

3 yosh

Nutqning shakllanishi. Obrazli tafakkurning dastlabki nishonalari. Atrof muhitdan o’zini ajratishi. Qat’iylikni anglashi

Qo’l predmetli harakat-larning rivojlanganli-gi. O’z xatti-harakatlari-ni irodaviy boshqarish-ning ko’rinishlari

O’z-o’zini anglashni yuzaga kelishi. Dastlab-ki axloqiy qoidalarni egallashi

2 yosh

Faol nutqni tushunishi va o’zida yuzaga kelishi

Qo’l va oyoq funksiyalari-ning aniq belgilanishi

Xarakter asoslarini shakllanishi.

1 yosh

Nutqni tushunishning dastlabki belgilari

Mustaqil holda tik turish va yurish

Nutqni qullashning dastlabki belgilari

10 oylik







Bogliqlik reaksiyasini yuzaga kelishi, begona muhit va begonalar ora-sida xavotirlik

8 oylik

Sensamotor intellekt-ning yuzaga kelishi

Tayanib yurishi

Jest, mimika va pan-tom imika yordamida noverbal muloqoti

7 oylik




Yordam bilan turishi




5 oylik




Yordam bilan o’tirishi




3 oylik

Kurish qobiliyatining shakllanishi

Yon tomoniga o’girilishi

Onaning jilmayishiga javob qaytarishi

2 hafta

Onaning tovushini bosh-qa tovushlardan farqla-shi







1 hafta

Harakatlarni kuzatishi








Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling