Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Download 470.62 Kb.
bet31/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

FAT fayl tizimi.
FAT fayl tizimi, o`z nomiga quyidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo`lgan:

  • fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari);

  • disk makoni bo`sh sohalari;

  • diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo`lib, ma’lumotlarni o`qish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).

FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma’lumotlar sohasiga bo`linadi.
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma’lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o`z ichiga oladi; bu ob’ektlar iyerarxiyani tashkil etadi, bu ob’ektlar ildiz katalogga bo`ysunadi.
Katalog elementi fayl ob’ektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki fayl- katalog bo`lishi mumkin. Ma’lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan):

  • yuklanish yozuvi (Boot Record, BR);

  • rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec);

  • fayllarni joylashtirish jadvali (FAT);

  • ildiz katalog (Root Directory, R Dir).



Fayllarni joylashtirish jadvali
Fayllarni joylashtirish jadvali, juda muhim ma’lumotlar strukturasidir. Aytish mumkinki, u, ma’lumotlar sohasining holati va uning u yoki bu fayl ob’ektiga mutanosibligi tavsiflanadigan ma’lumotlar sohasi adres kartasidan iborat.
Ma’lumotlar sohasi, klasterlarga bo`linadi. Klaster bu mantiqiy disk adres makonida bir yoki bir nechta ayqash sektorlardan iboratdir (aniqrog`i-faqat ma’lumot sohasida). Klaster, faylga ajratiladigan, xotira diskining adreslanadigan minimal birligidir. Klasterlar, mantiqiy diskning ma’lumotlar sohasidagi adreslanadigan birligi sonini kamaytirish uchun kiritilgandir.



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling