Mavzu; Operatsion tizimlar haqida umumiy maʼlumot


Sinflar va obyektlar Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari


Download 0.91 Mb.
bet41/49
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1708956
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
1-kurs Amaliyot Norboyev Sundor I

Sinflar va obyektlar Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari



Reja:

1. C# Obyekt va Sinflar
2. Obyektning tavsifi
3. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP).


C# Obyekt va Sinflar


C# tili to'liq obyektga yo'naltirilgan til hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, C# da dasturni o'zaro bog'langan va o'zaro ta'sir etuvchi obyektlar sifatida ifodalash mumkin.
Obyektning tavsifi - bu sinf obyekt esa sinfning namunasini ifodalaydi. Quyidagi o'xshashlikni ham keltirish mumkin. Hammamizda o’z ismiga, yoshiga va boshqa xususiyatlarga ega bo'lgan odam haqida ba'zi tasavvurlar mavjud. Ya'ni, ba'zi bir shablon - bu shablonni sinf deb atash mumkin. Amalda ushbu shablon boshqacha bo'lishi mumkin, masalan, ba'zi odamlar bir xil ismga ega, boshqalari boshqa ismga ega. Va haqiqiy shaxs (aslida ushbu sinfning namunasi) ushbu sinfning obyektini ifodalaydi.
Kelishuv bo’yicha konsol dastur loyihasi bitta sinfga ega – bu Program sinfi unda dastur bajarilishi boshlanadi.
Aslida, sinf foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan yangi turni ifodalaydi. Sinf class kalit so'zi yordamida aniqlanadi:
Sinf uchun uning bazaviy sinflarini (ajdodlari) va sinfning turli xil xususiyat (atribut) larini belgilaydigan bir qator shart bo’lmagan atributlar va xususiyatlarni belgilash mumkin:
[atributlar ] [spetsifikatorlar ] class sinf_nomi :[ ajdodlari ]
{sinf_tanasi}

Sinf qayerda aniqlanadi ?


Sinf nomlar fazosi ichida, nomlar fazosi tashqarisida, boshqa sinf ichida aniqlanishi mumkin.
Odatda, sinflar alohida fayllarga joylashtiriladi. Ammo biz yangi sinfni Program sinfi joylashgan faylga joylashtiramiz. Ya'ni, Program.cs fayli quyidagicha ko'rinishga ega bo’ladi:
namespace UzbekDevs
{
class Bino
{

}
internal class Program


{
static void Main(string[] args)
{
}
}
}
Sinfning barcha funktsional imkoniyatlari uning a'zolari - maydonlar (sinf o'zgaruvchilari uning maydonlari deyiladi), xususiyatlari, metodlari, hodisalari bilan ifodalanadi. Masalan, Bino sinfidagi maydonlarni va metodni aniqlaylik:
namespace UzbekDevs
{
class Bino
{
public int Qavatlar; // Qavatlar soni
public int Maydonlar; // Binoning umumiy maydoni
public int AholiSoni; // Binoda yashaydigan aholi soni
}
// Bu sinf Bino turidagi obyektni e’lon qiladi.
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Bino uy = new Bino(); // Bino turidagi obyekt e’lon qilish
int maydon; // Kishi boshiga maydon
//Uy obyektidagi maydonlarga qiymatlarni kiritish
uy.AholiSoni = 8;
uy.Maydonlar = 2800;
uy.Qavatlar = 5;// Bir kishi uchun ajratilgan maydonni hisoblash.
maydon = uy.Maydonlar / uy.AholiSoni;
Console.WriteLine("Bino: \n " +
uy.Qavatlar + " qavat\n " +
uy.AholiSoni + " aholi\n " +
uy.Maydonlar +
" umumiy maydon bo‘lib, shundan\n " +
maydon + " kishi boshiga to‘g‘ri keladi!");
Console.ReadKey();
}
}
}

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling