Mavzu: Operatsion xarajatlar auditi
-chizma. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi farqlar
Download 276.89 Kb.
|
AUDIT mustaqil
1-chizma. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi farqlar.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim. Agar audit oldiga xo’jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat unumdorligi darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, ichki xo’jalik auditorlarining kuchi bilan ichki xo’jalik nazorati usullarining samaradorligini testdan o’tkazish operatsion auditning elementini tashkil qiladi. Masalan, xodimlarning kvalifikatsiya darajasini tekshirish - bu ham operatsion audit, agar masala faqat kompaniya o’z mahsulotini samarali va unumli ishlab chiqarayotgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lsa. Quyida ko’rib o’tiladigan farqlardan tashqari, yana shuni aytish kerakki, moliyaviy hisobot auditi o’tgan davrni hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit xo’jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo’ladi. Masalan, operatsion audit tufayli xomashyolarni sotib olishda xarajatlarni kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo’qligini baholash mumkin. Ichki xo’jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot auditi bilan operatsion audit o’rtasida ikkita muhim farq mavjud: Ichki xo’jalik nazoratni testdan o’tkazish va baholash maqsadlaridagi farq; Ularning ish ko’lamidagi farqi. Moliyaviy hisobot auditida ichki xo’jalik nazorat tizimini baholashdan asosiy maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa bu maqsad shu nazorat tizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan hamda ma’muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat. Ichki xo’jalik nazoratini baholash moliyaviy hisobot auditida moliyaviy hisobotning aniqligiga ta’sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan bo’lsa, operatsion auditda nazoratning har qanday turi samaradorlik va unumdorlikka ta’sir etishi ko’rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda mahsulotlarning reklama kataloglaridan foydalanish oqibatidagi haqiqiy unumni aniqlash uchun marketing bo’limlari foydalanadigan hisob siyosati va muolajalarini o’rganib chiqish mumkin. Tashkiliy audit. Odatda, xo’jalik tizimining operatsion auditida uning belgilangan bir tarmog’i yoki tashkiliy bo’limi: bo’lim, tarmoq yoki qaram kompaniya o’rganiladi. Tashkiliy auditda asosiy e’tibor funktsiyalarning o’zaro qanchalik mahsuldor va samarali ekanligini aniqlashga qaratiladi. Auditning bu turi uchun faoliyatning tashkiliy rejasi va muvofiqlashtirish usuli juda muhimdir. Shundan kelib chiqib biz quyidagi 3-chizmada O’zbekiston sharoitida nazorat tizimini ko’rsatishga harakat qilamiz. Download 276.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling