Mavzu: Operatsiya va bog’lov xonalari ishlov berish
Download 1.8 Mb.
|
Abdujabborova Sevinch
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI. 2-SON BOLALAR JARROHLIK KAFEDRASI MAVZU:Operatsiya va bog’lov xonalari. Talaba: Abdujabborova Sevinch Mavzu:Operatsiya va bog’lov xonalari ishlov berish
Ko'pgina jarrohlik usullari bemor uchun xavotirli va shikastlantiruvchi bo'lib, jarrohning mohirligidan tashqari, bir qancha xirurgik tadbir-choralarning tashkil qilinganiga ham bog'liq. Operatsion blok - xirurgik bo'limning «yuragi» hisoblanib, (lb-rasm) quyidagi gurahlarni o'z ichiga oladi:
Operatsiyaning asoratsiz o'tishi uchun operatsiya bloki zonalarga bo'linadi. U uch zonadan iborat. Birinchi zonaga aseptika qoidalariga qattiq rioya qilinishi shart bo'lgan xonalar - operatsiya zali, sterilizatsion xona, sun'iy qon aylanish laboratoriyasi kabilar kiradi. Ikkinchi zonaga operatsiya zali bilan uzviy bogiangan xonalar - operatsiya zalidan oldingi xona, narkoz apparatlari turadigan joy kiradi. Uchinchi zonaga material va instrumentlar, xirurglar va hamshiralar xonasi, sanpropusknik kiradi. Bu zona ikkinchi zona bilan koridor orqali bog'lanadi. Birinchi va ikkinchi zonalar bir-biri bilan infeksiyaning palatalardan operatsiya xonasiga kirish yo'lini to'sish uchun tambur (shlyuz) bilan bog'liq bo'ladi. Ikkita operatsiya xonasi bo'lgan hamda umumiy operatsiyadan oldingi va sterilizatsiya qilish xonalari mavjud bo'lgan operatsion blok maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday operatsion bloklar AQSHning davolash muassasalarida keng tarqalgan. Steril zonaga kiriladigan joy kengligi 10 sm bo'lgan qizil chiziq bilan belgilab qo'yiladi va zonaga faqatgina operatsiya kiyim-kechagida kirish mumkin. Yirik davolash muassasalarida operatsion blok ikki sistemaga bo'linadi: markazlashgan va markazlashmagan.
Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling