Mavzu: Oqimli shifrlash
Download 201.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqLAB4
4-amaliy ish Mavzu: Oqimli shifrlashIshdan maqsad: oqimli shifrlash algoritmlarni qo’llanilish sohasi va A5/1 shifrlash algoritmini ishlash tamoillari haqida amaliy bilim va ko’nikmaga ega bo’lish. GSM (Global System for Mobile Communications) standarti European Telecommunications Standards Institute (ETSI) tashkiloti tomonidan raqamli mobil telefonlarning ikkinchi avlodi (second-generation (2G)) uchun ishlab chiqilgan protokoldir. 2014 yilga kelib ushbu standart, mobil aloqa uchun eng ko‘p foydalanilgan global standart sanalib, butun dunyo bozorida 90 % ulushni tashkil etib, 219 ta davlat bo‘ylab xizmat ko‘rsatmoqda. 2G texnologiyasi 1G analog texnologiyaning o‘zgarishidan kelib chiqqan bo‘lib, hozirda uchunchi avlod (3G) UMTS standarti va to‘rtinchi avlod (4G) LTE Advanced standartlari ham amalda foydalanilmoqda. International Mobile Station Equipment Identity (IMEI): ushbu kod mobil telefonlariga butun dunyo bo‘ylab beriladigan qaytarilmas raqam bo‘lib, u o‘zida bir qancha ma’lumotlarni saqlaydi. Hozirda ikki turdagi: IMEI (15 ta 10 sanoq sistemasidagi son va bitta tekshiruvchi son), IMEISV (IMEI Software Version) (16 ta 10 lik sanoq sistemasidagi son) foydalaniladi va ularda ishlab chiqaruvchi, model, serial raqami va dasturiy ta’minot versiyasi kabi ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
TAC: 35-2099 - BABT (code 35) tomonidan beriladi va joylashish raqami 2099; FAC: 00 – telefonning yaratilish asosini anglatuvchi raqam. SNR: 176148 – serial raqami D yoki YeYe: tekshiruvchi kod SVN: mobil telefonda o‘rnatilgan dastariy vosita versiyasini ko‘rsatadi. Quyida Luhn tekshiruvchi kodini tekshirish amali ko‘rsatilgan. IMEI 49015420323751?
International Mobile Subscriber Identity (IMSI): ushbu kod foydalanuvchining subscriber identity module (SIM) saqlanib, kompaniya tomonidan qonuniy ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng beriladi. Foydalanuvchilarga qonuniy IMSI raqamiga ega bo‘lgan SIM bo‘lganda va foydalanuvchi IMEI haqqoniy bo‘lganda mobil kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. IMSI quyidagi tashkil etuvchi qismlardan iborat: Mobile Country Code (MCC): 3 xonali son, xalqaro standartga ko‘ra. Mobile Network Code (MNC): 2 xonali joy, davlat ichida mobil tarmoqning unikal raqami. Mobile Subscriber Identification Number (MSIN): maksimal 10 xonali son bo‘lib, mobil tarmoqda foydalanuvchining identifikatsiya raqamini bildiradi. Autentifikatsiyadan o‘tilgandan so‘ng hosil qilingan kalit asosida, A5 shifrlash algoritmi yordamida ma’lumot shifrlanib yuboriladi. Ushbu jarayon quyida keltirilgan. 4.1- rasm. GSM arxitekturasi Download 201.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling