Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 203-qarori, yangi tahrirdagi DTS va o’quv dasturlari ta’lim mazmunini tubdan yangilanishni, o’quvchilarga beriladigan bilimning samaradorligini oshirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.
Bu vazifalar sirasiga o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda yoshlarni bilim va malakaga ega bo’lishlari bilan bir qatorda o’zi tanlagan ma’lum bir kasb-hunar sirlarini mukammal egallashlariga hamda ma’nan yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mavzuga oid juda ko’p ilmiy ishlar, maqola _________________________________
1. A.Qudratov.,T.G’aniyev. “Hayotiy faoliyat havfsizligi”, “Aloqachi”, Toshkent, 2005-yil, 314-bet.
va uslubiy ko’rsatmalar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimovning 2006-yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar dsamaradorligini oshirish to’g’risida”gi PF- 451-sonli qarori bizga dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. O’rta umum ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ushbu farmon bo’yicha har yili maxsus yillik ish rejalar asosida ko’plab ishlar amalga oshirilsada o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini mukammal darajaga olib chiqdik deb barilla ayta olmaymiz. Cunki yoshlar o’rtasida tyrli xil qonunbuzarlilar, jinoyatlar va ayniqsa, o’z joniga qasd qilish holatlari sodir bo’lib turibdi. Demak, biz bu borada hali ko’plab ishlar amalga oshirimiz, usbu masalaga jiddiy yondoshgan holda ilmiy izlanishlar, uslubiy ko’rsatmalar yaratmog’imiz lozim.
Bitiruv-malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv-malakaviy ishda o’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tish orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni muammosini o’rganish masalasi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
O’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tishning nazariy asoslari;
O’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tishga oid ishlar tahlili;
O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda o’qish va odobnoma darslarining o’rni va ahamiyatini aniqlash;
O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda prezident asarlari va farmonlaridan foydalanish holatini yanada takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |