Mavzu: O'qish dasturi tahlili


Download 60.74 Kb.
bet19/19
Sana21.06.2023
Hajmi60.74 Kb.
#1645300
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org

Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi.


  • Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  • Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko’rgazma qo’llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o’rganish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o’quvchilar o’zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qosimov.K, Matjonov.S, G'ulomova.X, Yo'ldosheva.Sh, " Ona tili o'qitish metodikasi. 2. Matjonov.S, A.Xusanboyeva 2013. 377-bet "Ona tili o'qitish metodikasi''. 3.G'ulomova.X, Boqiyeva.H, ''Husnixat va uni o'qitish metodikasi '' TDPU 2009-yil. 4.Raxmatullayeva.L ''Методика родаванеяь родная языке, родная язык Enternet saytlari: 1.www.tdpu.uz. 2.www.pedagog.uz. 3.www.ziyonet.uz. 4.www.eda.uz.



http://fayllar.org
Download 60.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling