Mavzu: O'qish dasturi tahlili


Download 60.74 Kb.
bet7/19
Sana21.06.2023
Hajmi60.74 Kb.
#1645300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org

Adabiyot darslarida asar matnini o`zlashtirish mumtoz adabiyot namunalarini o`rganishning eng muhim jihatlaridan. Tahlil qilinayotgan she’riy yoki nasriy asar mazmunini puxta o`zlashtirmay turib, uning tahliliga kirishish-foydasiz mashg`ulot. Chunki o`quvchi asar mazmunini atroflicha anglab yetgandagina uning badiiy tahlilini o`zlashtira oladi.

Xususan, badiiy asar qahramonlariga xos xususiyatlarni yoki asarning badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladigan metodlar sirasida “Anogramma”dan foydalanish ham ahamiyatlidir.

Ma’lum badiiy asarni o`rganishda va uni tahlil qilishda “Ikki qismli kundalik” texnologiyasini qo`llash ijobiy natija beradi. “Ikki qismli kundalik” texnologiyasi – bu pedagogik texnologiya bo`lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o`qib chiqilgan mavzu bo`yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog`lashga imkon beradi. Maqsad esa o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish,mantiqiy fikrlash va yozma nutqni rivojlantirish. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini tahlil etishda quyidagicha yo`l tutiladi.

Mavzu: Hikoya matni tahlili

Hikoyani o'qitishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish pedagogik asoslardan biri hisoblanadi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchi fikr bildirishiga , uni o'ylab ko'rib tahlil qilishiga va o'z fikr mulohazalarini bildirishiga vaqt berish lozim. O'quvchining hikoya haqida olgan taassurotlarni bilish orqali unga hikoya qay darajada ta'sir etganligini, qay darajada fikrlash doirasi

kengayganligini, hikoya qahramonlarining xatti-harakati o'quvchiga qay darajada ta'sir etganligini bilib olish mumkin. Ushbu xulosalar olingach, o'qituvchi hikoyaning sujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga va asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalanadi.

Hikoyalar biror bir davr bilan bog'liq holda bo'ladi. O'quvchilar qahramonlarning ma'naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida muayyan tushunchalarga ega bo'ladi. Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg'usi shakllanadi.


Download 60.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling