Mavzu: O’qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari
Download 16.87 Kb.
|
O\'qituvchilarni uzviy kasbiy yo\'naltirish
MAVZU: O’qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari Doniyorova Gavhar Samandarovna Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi +99891 454 4274 Mustaqillik yillari davomida katta kuch va mablag`sarflanib, ta'lim sohasida moddiy-texnika bazasi barpo etildi va undan samarali foydalanish natijasida barkamol avlod voyaga yetmoqda. Ayniqsa, davlat ta'lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o`rta maxsus ta'lim tizimida ta'lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan qayta ko`rib chiqishga e’tibor qaratilayotir. Shuningdek, o`quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish Prezidentimiz diqqat e’tiborida bo`lgani bejiz emas. Barcha sohalar qatori xalq ta'limi ham yangi ming yillik davriga qadam qo`ydi. Davr ta'lim sohasiga, jumladan, boshlang`ich ta'lim oldiga ijtimoiy hayotning hozirgi chuqur mazmuniga, talablarga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish vazifasini qo`ygan ekan, bunda ta'lim va tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta'lim jarayoni alohida mas’uliyatga egaligi sir emas. Biroq har qanday ta’limning sifati mahoratli o’qituvchiga bog’liq ekanligi ham hech kimga sir emas. Bugungidek shiddatli tezkor zamonda xuddi shunday shiddatli , erkin fikrli yoshlarni tarbiyalash uchun avvalo ana shu tarbiyachilarning o’zini yetishtirish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Biroq o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlaridagi mavjud tizim mutlaqo o’zini oqlay olmayapti. Eng avvalo bu yerdagi tizimning sobiq SSSR davridagi kabi tizimda qotib qolganligi, malaka oshirish kurslarida nazariy masalalar va mafkuraviy masalarga keng o’rin berilganligi, amaliy masalalar e’tibordan chetda qolayotganligi ushbu tizimning samarasizligi va befoyda bo’lib qolishini qaysidir ma’noda “ta’minlab” bermoqda. Aytaylik, malaka oshirish kurslarida barcha tinglovchilar pedagogika, siyosiy fanlar kabi fanlardan alohida soatlar ajratiladi, kamida shu fanlardan test topshirishga majbur qilinadi. Bu fanlar mutlaqo keraksiz deb hisoblamayman, biroq fanlar ish rejalariga bir ko’z yugurtirilsa, oliy ta’limda o’tilgan mavzular bilan aynan bir xil ekanligini payqash qiyin emas, so’zma-so’z bir xil bo’lmasada, mazmunan aynan bir xil. Chiqish testlarida keladigan test savollari esa aynan oily ta’limda o’tilgan mavzular yuzasidan bo’ladi. Kurs davomida o’tilgan mavzulardan mutlaqo test savollari uchramaydi. Bundan tashqari har safar malaka oshirishga borgan o’qituvchilar 5 yil avval qanday mavzular o’tilgan bo’lsa, hozir ham xuddi shunday ekanini ko’p ta’kidlashadi. Fikrimcha, malaka oshirish kurslarida nazariy masalardan mutlaqo voz kechish kerak. Axir maktab o’qituvchisi ilmiy ish yoki desserytatsiya yoqlamaydiku unga nazariy fanlarni chuqurroq o’rgatsak. Yoki siyosiy qaror va qonunlarni unga o’rgatishni mutlaqo keragi yo’q, zarur bo’lib qolsa hozir internetdan topib o’qib olish u uchun muammo bo’lmaydi. Hozir asosiy masala o’quvchi e’tiborini tortish va mavzuga qiziqtirish usullari bo’lib qolmoqda. Sababi bugungi ota-onalar bunday 20 yo 30 yil oldingi ota-onalar emas. Avvallari ustoz bizga tanbeh bersa, hattoki kaltaklasa ham ota-onamizga aytishga qo’rqardik, ustoz ota-onangni maktabga chaqiraman desa vahimaga tushardik. Chunki ota-onamiz bizning yonimizga tushmasligini yaxshi bilardik. Biroq hozirgi ota-onalar bunday emas. Farzandiga berilgan ortiqcha tanbeh ortiqcha harakat uchun ham o’qituvchining boshi malomatdan chiqmay qolishi hech gap emas. Ammo buni muammo sifatida ko’rib nolishni bas qilmas ekanmiz, muammo o’z yechimini topolmay yotaveradi. Hozirgi malaka oshirish kurslarining oldiga o’qituvchiga vaziyatni boricha qabul qilish va bu vaziyatda birdan bir chora o’quvchi mehrini qozonish, o’quvchini fanga qiziqtira olish yo’llari, usullari, metodikalarini o’rgatishdan iborat. Download 16.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling