Mavzu: O’qituvchining kasbiy kompetentligini baholash Mavzu bo’yicha savollar


Download 27.17 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1273416
Bog'liq
O’qituvchining kasbiy kompetentligini baholash



Mavzu: O’qituvchining kasbiy kompetentligini baholash

Mavzu bo’yicha savollar
1. Pedagogik kompetentligi deganda nimani tushunasiz?
2. Pedadogik kompetentlikni oshirish yo’llari nimadan iborat?
3. Pedagogik kompetentlikni baholashda nimalarga e’tibor beriladi?
4. Pedagogik mahorat deganda nimani tushunasiz?
5. Pedagogik kretivligi haqida ma’lumot bering.
6. Kasbiy kompetenlik degani nima?
7. Kasbiy kompetentlikni oshirish usullari nimalardan iborat?
8. Dars samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot bering.
9. O’qituvchi kompetensiyasi piramidasi nimalardan iborat?
10. Kasbiy kompetensiya modeli o’z ichiga nimalarni oladi?

Test topshiriqlari.
1. O‘qituvchining monologi, suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?
A) og‘zaki
B) amaliy
C) ko‘rgazmali
D) ijodiy
2. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi hamkorligini ta’minlovchi bosh omilni belgilang
A) o’zaro munosabatlar to’qnashuvi
B) o’qituvchi va o’quvchining o’zaro kelishuvi
C) bir-birini tushunishga erishish
D) maqsadlarning birligi va mushtarakligini
3. O`qituvchining notiqlik qobiliyatiga berilgan tahrif qaysi banda tugri ko’rsatilgan?
A) o`qituvchining tarbiyalanuvchi ichki duyosiga kira оlish qobiliyati
B) to`g’ri talaffuz qila оlishi
C) to`g’ri muоmala qila оlish qobiliyati
D) no’tiq erdamida o’z fikr-tuyg’ularini aniq va ravshan ifоdalash qobiliyati
4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari to`ri ko`rsatilgan javobni ko`rsating
A)  insonparvarlik, kasbiy bilimlar, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika
B) bilim, ko`nikma, malaka, kasbiy ko’nikma va malaka, kasbiy bilim va tushunchasi
C) kasbiy qadriyat va (ustanovka) tayyorgarligi, kasbiy ko’nikma va malaka, kasbiy bilim va tushunchasi
D) pedagogik qobiliyatlar, pedagogik layoqat, kasbiy ko’nikma va malaka, kasbiy bilim va tushunchasi
5. O’qituvchining qiziqishi, intilishi, uzoq vaqt izlanishi natijasida hosil bo’lgan, o’ziga xos o’yin, mehnat, musobaqa elementlari bo’lgan yangi bir dars turi darsni tashkil etishning qaysi usuliga kiradi?
A)  noan’anaviy
B) repetitorlik
C) an’anaviy
D) individual
6. Innovatsion yondoshuv nima?
A) muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash
B) turli maqsadlar shajarasini ishlab chiqish va vazifalarni amalga oshirish
C) tartibga solish va nazorat qilish
D) zamon ehtiyojiy talablaridan kelib chiqib boshqarishni yo’lga qo’yish
7. O‘qitish jarayonida nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasini toping
A)  o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash
B) xotirani mustahkamlash
C) o‘quvchilarda barqaror diqqatni vujudga keltirish
D) baholash
8. Kasbiy kompetensiya modeli o’z ichiga nimalarni oladi?
A)  kasbiy qadriyat va ustanovka, kasbiy bilim va tushuncha, kasbiy ko’nikma va malaka
B) kommunikatsiya nutqiy, ijtimoiy –madaniy, tilni chuqur bilish, kasbiy ko’nikma va malaka
C) ijodiy faoliyatda o’zi o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni, analiz va sintez qilish
D) pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirish shaxsiy yutuqlarni boshqarishi, o’zini anglash va kasbiy o’sish
9. O’qituvchi kompetensiyasi piramidasi nimalardan iborat?
A)  motiv, munosabat, bilim,malaka,xulq-atvor
B) kasbiy mahorat va malaka
C)kasbiy bilim, tushuncha, malaka
D) kasbiy mahorat, tajriba, bilim, ko’nikma
10. Dars samaradorligini oshirish omili
A)  ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish
B) mustaqil ish ijodiy ishlarni tashkil etish
C) qo’shimcha materiallardan foydalanish
D) vaqtdan unumli foydalanish



Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling