Mavzu: oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar


Download 217.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi217.21 Kb.
#1024888
1   2   3   4   5
Bog'liq
biuret reaksiyalar

g) MILLON REAKSIYASI 
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3. 
1% li jelatina; 4. Millon reaktivi; 5. Probirkalar; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr 
plitka yoki gaz gorelka. 
Fenol va uning hosilalarini, Millon reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda, to'q 
qizil rangli simob birikmalari hosil bo'ladi. Bu reaksiya, o'z molekulasida fenol 
turkumi bo'lgan tirozinning Millon reaktivi bilan hosil qilgan nitrohosilaning 
simobli tuziga xosdir. 
Shuning uchun ham tarkibida tirozin tutgan ko'pgina oqsillarni Millon 
reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda to'q qizil rangli cho'kma hosil bo'ladi. Agar 
oqsil tarkibida tirozin bo'lmasa, Millon reaksiyasi kuzatilmaydi.
Tirozin
Ishning bajarilishi. Uchta probirka olib, ularning biriga 1 ml fenol 
eritmasidan, ikkinchisiga 1 ml oqsil eritmasidan va uchinchisiga asa 1 ml jelatina 
eritmasidan olib, ularning ustiga 4 - 5 tomchi Millon reaktividan qo'shiladi. 
Reaktivni solish bilan ikkinchi probirkada oqsil cho'kmaga tushadi. Probirkalar 
asta-sekin olovda qizdirilada. Natijada birinchi-ikkinchi probirkalarda qizil rang 
hosil bo'ladi. Uchinchi probirkada rang hosil bo'lmaydi.
Uchinchi probirkada rangning hosil bo'lmasligi, jelatana tarkibida 
aminokislotaning yo'qligidan dalolat beradi. Olingan natijalar daftarga yozib 
olinadi va ulardan tegishli xulosalar chiqariladi. 
2. OQSILNI MIQDOR JIHATDAN ANIQLASH  
LOURI USULI BO'YICHA 
Kerakli asbob va reaktivlar: fotoelektrokolorimetr, 50 va 10 ml li o'lchov 
silindrlari, 2 va 10 ml li darajalangan pipetkalar, A — reaktivi, V — reaktivi, 
Foling reaktivi, kristall holidagi albumin. 


Oqsilni miqdor jihatdan aniqlash usullari ichida eng keng tarqalgani va 
yuqori 
sezgirlikka 
ega 
bo'lgani 
Louri 
usulidir.
Louri usuli bir vaqtning o'zida ikki xil, ya'ni biuret reaksiyasi hamda tirozin va 
sisteinlarga xos Foling reaktivi bilan beradigan rangli reaksiyaga asoslangan. 
Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari aralashmasi (Foling reaktivi) 
qaytarilganda yuqoridagi aminokislotalarning radikallari bilan birikib, ko'k rangli 
kompleks hosil qiladi. Bu qaytarish reaksiyasida mis sulfatning ishqordagi eritmasi 
oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtirok etsa kerak. Louri usuli 
suyultirilgan eritmalarda, ion almashinuv xromatografiyasi va molekulyar 
elaklarda oqsillarni fraksiyalashda oqsil miqdorini aniqlash imkonini beradi. 

Download 217.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling