Mavzu: O’quv jarayonida o’quvchilarning izchil nutq va nutqiy madaniyat masalalari Reja


Download 25.54 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1304308
  1   2
Bog'liq
6-tema Nutq


Mavzu: O’quv jarayonida o’quvchilarning izchil nutq va nutqiy madaniyat masalalari
Reja:

  1. Nutq ma’daniyati

  2. Bolalarning nutq ma’daniyatini o’stirishda mutafakkirilarni fikrlari

Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish va so‘zlay olish madaniyatini egallash demakdir.
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko‘rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko‘ra nutq madaniyatini:

  1. Tildagi mavjud til hodisasi nomi;

  2. Nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, ya’ni aniq nutqiy ko‘rinishning nomi;

  3. Madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo‘lgan aniq normatik tasavvurlarning nomi;

  4. Tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo‘lgan nutq madaniyati va u haqida mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi;

  5. Nutq madaniyati muammosini tadqi qilish bilan shug‘ullanadigan tilshunoslik sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin.

Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan bo‘lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o‘z tekshirish ob`yekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari va nutqning kommunikativ fazilatlaridir.
Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining paydo bo‘lishini kuzatib qayd etib boradi.
Odam nutq yordamida o‘zining fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini anglab oladi.
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o‘z ichida gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o‘z-o‘ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Og‘zaki nutq odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi. Bu nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to‘liqsiz gaplar keng qo‘llaniladi. Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. (monologik, diologik nutq).
Yozma nutq esa harf va so‘zlarning ma’lum qonuniyatlari asosida o‘zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro‘yobga chiqadi.
Jonli nutqning ikki qanoti bir-biridan kuch oladi. Bu nutq madaniyatining ikkita ko‘rinishidir. Muomala jarayoni bularni puxta bilish, o‘zlashtirish va amalda muvaffaqiyatli qo‘llashni taqozo etadi. Bu og‘zaki va yozma nutq madaniyatini egallashdir. Kimdir og‘zaki nutqqa mohir bo‘lsa, kimdir yozma nutqqa. Aslida, har ikkalasining ham ustasi bo‘lish kerak. Xalq iborasi bilan aytganda, «gapga do‘ppi kiygizadigan» so‘z ustalarining nutqi kishini o‘ziga rom etmasdan qo‘ymaydi. Ustozlardan biri shunday degan edi: «Men minbarga chiqsam, o‘zimni miltiq o‘qtalgan ovchi oldida dag‘-dag‘ titrayotgan quyonga o‘xshataman, yozish uchun stolga yaqinlashsam, o‘zimni bamisoli arslondek tasavvur qilaman».
Bu og‘zaki nutqqa, so‘zga chechanligim yo‘q, fikrni qog‘ozga tushirish va etkazish bobida uquvim yo‘q emas, deganidir. Og‘zaki nutqning ham, yozma nutqning ham o‘z talablari, imkoniyat doirasi bor. Shunday hamkasblarimiz borki, so‘z bobida birov oldiga tusholmaydi, hech kimga gap ham, gal ham bermaydi. Lekin, yozish bobida ojiz. Ikkita jumlani bir-biriga bog‘lab, fikrni qog‘ozga tushira olmaydi, umumlashtira olmaydi.
Og‘zaki va yozma nutq aslida, bir-birini to‘ldiradi, boyitadi. Har ikkala nutqning imkoniyati va qamrovini bilmagan notiq na unisida zo‘r, na bunisida. Xo‘sh, muomala madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan og‘zaki va yozma nutqning farqli jihatlari biri talaffuz, ikkinchisi yozuv bilan ifodalanishidami? Yo‘q, albatta.
Og‘zaki nutq yozma nutqqa nisbatan ancha faol, jonli jarayon. Og‘zaki nutq qo‘llanish usuliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: oddiy so‘zlashuv nutqi va adabiy so‘zlashuv nutqi. Oddiy so‘zlashuv nutqi kundalik hayotimizda, o‘zaro muomala jarayonida ishlatilsa, adabiy so‘zlashuv nutqi muayyan shaxslar doirasida tilning me’yoriy mezonlarini qo‘llash orqali ro‘yobga chiqadi.
Og‘zaki nutqda shevachilik ta’siri sezilib turadi. Biz qaysi viloyat, qaysi go‘shadan bo‘lmaylik, nutqimizda ma’lum muddat yashagan makonimizning so‘zlashuviga xos shevaning ta’siri bo‘ladi. Bu nutq tovushlarining talaffuzida yoki shevaga xos so‘z va iboralarni qo‘llashda seziladi. Og‘zaki nutq tezkor, avtomatik jarayon bo‘lgani sababli o‘ylab turish, so‘ng so‘zda davom etish qiyin. So‘zlov va o‘ylov bir vaqtning o‘zida amalga oshadi. Boshqacha aytganda, so‘zlab turib o‘ylaniladi. Og‘zaki nutq shaxsiy, individual faoliyatdir. SHuning uchun ham fikriy bayon va nutqiy uslub, ovoz ifodalari bir-biriga o‘xshayvermaydi. Og‘zaki nutq so‘zlovchining kayfiyati, ruhiyati, tabiatiga hamda vaziyatga, nutqiy a’zolarning sog‘lom va normal ishlashiga ham bog‘lik. Odamning behol, kasalvand vaqtidagi nutqi bilan sog‘lom, ruhan tetik paytidagi nutqi orasidagi farqni sezish qiyin emas. Kishi so‘zlayotganda o‘z nutqiga yozayotgandagidek etarli darajada e’tibor beravermaydi. Ma’lum bir davrada so‘zlayotganida nutqida kamchilikka yo‘l qo‘yganini o‘zi sezib qolsa, nutqning keyingi holati ham ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Og‘zaki nutq o‘ziga xos grammatik tuzilishiga va qurilish tartibiga ega bo‘ladi. Unda gap bo‘laklarining tushib qolishi, qisqarishi, almashinishi, takrorlar, keraksiz unsurlarning bo‘lishi kuzatiladi.
Og‘zaki nutqdagi ma’no ottenkalari, munosabatdagi tasdiq yoki inkor alomatlari, ohang, talaffuz, imo-ishora vositalari orqali amalga oshiriladi. YOzma nutqda esa bu xususiyatlarni ifoda etuvchi boshqa belgilar mavjud. Unda imloviy va punktuatsion normalar muhim rol o‘ynaydi. Qadim zarnonlardan beri jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o ‘z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror narsa, voqea, ho-disa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Buning uchun esa, awalo, ma’lum ijtimoiy sharoit va muhit zohir bo‘lishi lozim edi. So‘z erkinligi ana shunday sharoitlardan muhimi sanaladi.
Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasi o‘laroq, xalq yig‘inlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning harbir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan.
Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkarboshilikni xohlaganhar bir kishiuchun chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shaxslar xalq yig‘inlariga to ‘plangan odamlaroldida nutq so‘zlab yo yutuq, yoxud mag‘lubiyat quchganlar. Ular orasida so‘zgachechanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontirib, odob bilan so‘zlagan davlat ar-boblari xalq nazariga tushib yanada obro‘ orttirganlar, gapni eplab gapira olma-ganlari esa xalq nazaridan qolgan. O‘sha davr notiqligi haqida keyingi davr yozuvchilarining guvohlik berishlaricha, Femistok l va Perikllar Afina demokratiyasining yo‘lboshchilari bolishlari bilan birga nihoyatda kuchli notiq bo‘lganlar.
Afinada notiqlik san’atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining hamkuchli ta’siri bo‘lgan. O‘sha davr majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o‘z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo‘lgan.Biroq sudlashuvchilarda bunday so‘zga chechanlik qobiliyatiga ega bolganlar deyarli bo‘lmagan. Demak, ularga maslahat berib ko‘maklashadigan, ular ishi yuzasidan sudda gapirishikerak bo‘lgan gaplarni yozib beradigan zukko shaxslarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataladigan, tajribali, qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug£iladi. Logograflar sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar. Logograflar odamlaming hojatlarini chiqarish hisobiga qalam haqi olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi notiqlik san’atining rivojida muhim rol o‘ynaydi.
Dastlab “Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlani madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi.
Afinada eradan oldingi V asr o‘rtalarida notiqlik san’ati shakllangan bo‘lsada, adabiy faoliyat o‘rnida qabul qilinmagan va u nutqlaming matnlari bosilmagan.Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda notiqlikka ilmiy yondashgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlarningfaoliyatlarini nazariy asoslashga kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi. Oldin notiqlami “Ritor” so‘zi bilan atashib so‘ngra notiqlik san’atidan saboq o‘rgatuvchilarni “Ritor” lar deb ataydilar.
Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V asr o‘rtalarigakelib demokratiyaning yo‘lga qo‘yilishi, notiqlik taraqqiyoti uchun omil bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sitsiliyalik Korak hamda Tisiylarni ritorikaning asoschilari deb tan olganlari holda, ulardan bizgacha deyarli hech narsa yetib kelmagan. Biroq ularga vatandosh bo‘lgan sofist Gorgiy (taxmin. 483y.)ni ritorikaning birinchi nam oyandasi deb bilishgan. A.Alimuhamedovning (“Antik adabiyot tarixi”, Т., “O‘qituvchi” 1969) ma’lumotiga ko‘ra: “Gorgiy 427yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keldi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabi ochadi va o‘z shogirdlarigao‘z san’atini o‘rgatish barobarida notiqlik bilan ham shug‘ullanadi. Gorgiy asosan mifologik m a’ruzalarda tantanali nutqlar so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar “Yelena” va “Palimed” sarlavhali kkita yozma nutq yetib kelgandir. Gorgiyning aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun etish, rom qilishdir. Maftun etishningasosiy vositasisifatida yozuvchi birinchi o‘ringa uslubni qo‘yadi va shu maqsad bilan o‘zining asarlarida “go‘zal” uslubning namunalarini namoyish qilm oqchi b o ‘ladi. Agar siz Gorgiyning asarlarini ko‘zdan kechirsangiz, bu odam tashviqetgan “fusunkor” uslubning faqatginajimjimadortashqi bezaklardan, balandparvoziboralardan boshqa narsa emasligiga aslo shubhangiz qolmaydi. Darhaqiqat, notiqning bizga qadar yetib kelgan asarlarida tantanali epitetlar, majoziy ifodalarhaddan tashqari ko‘p uchraydi. Yozuvchi, hatto jumlalarni ham bo‘g‘in-bo‘g‘in larga bo‘lib, ularning har birini bir xil uzunlikda to ‘qiydi va har qaysi jumlaningoxirini biririga o‘xshash qofiyadoshroq so‘zlar bilan tugatadi. Qadimgi yunonlarGorgiyning usulini “jimjimador uslub” yoki muallifning nomiga nisbat berib “Gorgiy uslubi” deb ataganlar”.Gorgiyning bu uslubi zamondoshlariga yoqib qolgan va ularda kuchli ta ’sir uyg‘otgan. Shuning uchun ham uning ijodi uzoq yillar notiqlik prozasining asosiy namunasi sifatida mashhur bo‘ladi.
Ellinizm davrining olimlari Afinada yashab ijod etgan notiqlardan o‘nta notiqni mashhur va ulug‘laridan deb, ritorika ilmini o‘rganishda ularning asarlaridan foydalanishni afzal bilganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, Isey, Likurg, Demosfen, Esxin, Giperd va Dinarxlaming asarlari bizgacha yetib kelgan. Lisiy (taxminan eramizdan avvalgi 459-yillar)
Afinada yashab ijod etgan mashhur notiqlar orasida eng mo‘tabarlaridan sanalgan Sitsiliyalik Lisiydir. Uning otasi Perklning taklifi bilan Afinaga kelib, shu yerda yashab qoladi. Uning oilasi o‘ziga to ‘q xonadonlardan bo‘lishiga qaramay, kelgindi bo‘lgani sababli Afina fuqaroligini ololmaydi. Peloponnes urushida Afina yengiladi. Natijada demokratiyaning tarafdorlaridan sanalgan Lisiyningakasi qatl etiladi, o ‘zi esa zo‘rg‘a qochib qoladi. 403yilda demokratiya qaytatiklangach, Lisiy yana Afinaga kelib, logoraflik bilan mashg‘ul bo‘ladi.Qadimgiyunonlaming fikriga ko‘ra, Lisiy butun ijodi davomida uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan iborat o‘ttiz to‘rttasi saqlanib qolgan. Lisiy logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishilaming hojatini bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, psixologiyasi va tabiatini chuqur o‘rganib, keyin ularga o ‘z qo‘llaridan va tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. O‘sha paytda Afina sudida ishtirok etuvchi kishilaming ko‘p qismi davlat 
qonunlaridagi murakkabliklarni chuqur tushunmaganlar. Juda ko‘pchiligi tahsil ko‘rmagan kishilar bo‘lgan. Shu sababli ular so‘zga chechan, so‘zamol odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan cho‘chishib, ilmoqdor va balandparvoz so‘zlarga gumonsirab qarashgan.

Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling