Mavzu: O‘quv rejasi, fan dasturi va sillabusga qo’yiladigan talablar reja: O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar


Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash


Download 42.47 Kb.
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1429921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Davlat ta’lim standartlarining mazmuni (1)

3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash.
Maktabgacha ta’limda metodika turkum fanlari о‘qituvchisi о‘quv-meyoriy xujjatlar asosida о‘zi о‘qitadigan fani bо‘yicha о‘quv-metodik
kompleks yaratadi.О‘quv-metodik kompleks tushunchasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan bо‘lib, bu tushunchalarning mohiyatini tо‘laroq anglash uchun ular tomonidan о‘quv-metodik kompleksga berilgan ba’zi ta’riflarni keltirib о‘tamiz.
YE.Pichugina о‘zining tadqiqot ishlarida quyidagicha ta’rif beradi:
О‘quv-metodik kompleks – bu fanning о‘quv maqsad va vazifalarini tо‘liq va samarali joriy etish uchun mо‘ljallangan о‘quv dasutrlari, darslik va о‘quv qо‘llanmalar, didaktik materiallar va о‘qituvchi uchun metodik kо‘rsatmalar majmuidir”.
Y.K.Babanskiy о‘quv-metodik kompleksni zamonaviy ta’limda о‘quv-tarbiya masalalarini yechishga qaratilgan о‘zaro organik bog‘langan о‘quv-metodik qо‘llanmalar tо‘plami deb ta’riflaydi.
Bugungi kunda о‘quv-metodik komplekslarida qо‘yidagilar bо‘lishi shart qilib qо‘yilgan:

  • о‘quv va ishchi dasturlar,

  • taqvim-mavzuiy reja,

  • ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’limning texnologik modeli va texnologik xaritasi,

  • ma’ruza matnlari,

  • seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ishlanmalari,

  • mustaqil ta’lim topshiriqlari,

  • asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati,

  • prezentatsiyalar,

  • nazorat va baholash uchun topshiriqlar,

  • sillabus,

  • fanni о‘qitishga doir tashkiliy kо‘rsatmalar

О‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish vzifalari:

  1. О‘quv-metodik ta’minotni tayyorlash.

  2. Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan xolda fan mazmunini tizimlashtirish.

  3. Sifatli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlovchi о‘quv-metodik va boshqa materiallar bilan о‘quv jarayonini ta’minlash.

  4. Ta’lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

  5. Talabalarning mustaqil ishlarini va ularning bilimlarini nazorat qilishni tо‘g‘ri tashkillashtirish va rejalashtirish.

  6. Elektron darslik, о‘quv metodik qо‘llanmalarni ishlab chiqish uchun о‘quv metodik materiallar ishlab chiqish.

  7. О‘quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish.

О‘quv-metodik komplekslar:

  • talabalar tomonidan о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishni;

  • talabalar bilimini nazrorat qilishni;

  • barcha turdagi mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bо‘yicha metodik ta’minotni;

  • qо‘shimcha axborot ta’minotni ta’minlashi kerak.

О‘quv jarayonida о‘quv-metodik komplekslar:

  • о‘quv materialini о‘zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish;

  • fan bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va о‘tkazishda о‘qituvchilarga metodik yordam kо‘rsatish;

  • о‘quv jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur


Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling