Mavzu: O‘quvchilarda suisidal harakatlarni oldini olish


Download 161.22 Kb.
bet2/5
Sana25.12.2022
Hajmi161.22 Kb.
#1066314
1   2   3   4   5
Bog'liq
OvBJT9xUTT8HVMXVlxZ04QKXpbJLoiiQEIv9v0rO

1 – topshiriq :
Aylanma belanchak” mashqi.
Maqsad: mavzu moxiyatini ochib berish, mavzuga aniqlik kiritish, bilim, tasavvur, fikr doirasi kengligini aniqlash, muloqotga kirishish va birgalikda ishlashga o‘rgatish.
Kerakli jixozlar: A-4 formatdagi 4 ta oq qog’oz va 4 xil flamaster.
O’tkazish tartibi?
Trenerning baxt haqidagi so‘zi.
Sinf o‘quvchilari 4 ta guruhga bo‘linib, 4 ta stol atrofiga doira shaklida o‘tiradi. Har bir stolga bittadan A-4 formatidagi oq qog’oz va bittadan flamaster beriladi. Mavzu yuzasidan 4 ta savol 4 ta guruhga tarqatiladi, javoblarni qog’ozlarga yozib qo‘yishadi. Bunda har bir savol uchun vaqt ajratiladi. Trener “ stop” deganda guruhlar yozishdan to‘xtab, qog’ozlar guruhlar ichida o‘zaro almashiladi.
Savol:

  1. Menimcha baxt bu...

  2. Baxtli bo‘lish uchun inson nima qilish kerak?

  3. Yaqinlaringizni baxtli qilish uchun nima qilish kerak?

  4. Baxtli insonni qanday tasavvur qilasiz?

Mashq yakunlanganda har to‘rtala savolga har bir guruhning javobi yozib bo‘linadi va guruhlardan bittadan o‘quvchi o‘z guruhining qog’oziga yozilgan javoblarni o‘qib beradi.
2-topshiriq:
Baxtiyor damlar” mashqi
Maqsad: asab tizimini tinchlantirish, tushkunlikka tushgan odamlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash.
O’tkazish tartibi:
Sokin musiqa qo‘yiladi, ishtirokchilar o‘zlarini bo‘sh qo‘yib, ko‘zlarini yumgan holda trener tomonidan aytilgan narsalarni tasavvur qiladilar.
Trener so‘zi:
O’zingizni baxtiyor, xursand his etgan damni eslang, o‘shanda qayerda, kimlar bilan ekanligingizni yodga oling, hozir ham o‘zingizni xuddi o‘sha joyda deb tasavvur kiling. Siz buni yodga oldingiz va hozir ham xuddi shunday narsalarni xis etyapsiz, siz o‘sha paytdagi holatingizni qanday atardingiz:

  • shodlik, xursandchilik, bemalollik, betashvishlik, quvonch, baxt...

O’sha baxtiyor damlaringiz o‘tmishda qolgan bo‘lishi mumkin, ammo undagi xursandchilk, kayfiyat doimo siz bilan qoladi. O’sha paytdagi tuyg’ularingizni xis qilgan holda hozirgi holatingizga qayting.
Trener so‘zini tugatgach ishtirokchilar ko‘zlarini ochadilar. Hohlagan o‘quvchi his qilgan kayfiyat haqida gapirib berishi mumkin.



Download 161.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling