Mavzu: O’quvchilarni geografiya olimpiadaga
Download 16.02 Kb. Pdf ko'rish
|
slayd
Mavzu: O’quvchilarni geografiya olimpiadaga tayyorlashning uslubiy yondashuvlar Ma’lumki yurtimizda har yili fan olimpiadalari o‘tkaziladi. O‘quvchilar ichida DTS talablarini osonlik bilan o‘zlashtiradigan, informatikadan ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istaydigan iqtidorli yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni informatikadan olimpiadalarga tayyorlash tajribasi to‘planib, taraqiy etib kelmoqda. Muhimi o‘quvchilarni o‘qish va olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga jiddiy qarashga o‘rgatish. Informatikadan o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6-sinfdan boshlash maqsadga muvofiq. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha o‘quvchilar olimpiadaga 8-sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan zavq oladigan, masalalarni yechishni yoqtiradiganlari qoladi. Geografiya darslarida bilim, malaka, tarbiyaviy g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geografik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari, faoliyat turlari haqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir geografiya predmeti bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi. O’qitish metodlarini tanlash darsning tuzilishi bilan bevosita bog’langan. Har bir dars tuzilmasi uchun alohida metod tanlanadi. O’qitish metodlari deganda o’qituvchi va o’quvchilarni ta’lim maqsadlarga erishishdagi birgalikdagi va xamkorlikdagi faoliyatidir. Darsning mazmuniga ko’ra tanlangan o’qitish metodlariga qo’yiladigan asosiy talablaridan biri dars jadvalida o’quvchilarni bilish faoliyatini ta’minlashi lozim. O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash. Geografiya darslarining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mazkur qism yangi darsni o’tish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Darsda asosiy materialni o’zlashtirish darajasi tekshiriladi. Olingan bilimlarni o’xshash va yangi o’quv sharoitida qo’llash tekshiriladi. Bunday bilimlarga dunyoqarash g’oyalari, nazariy bilimlar (umumiy tushunchalar, tamoillar, aloqalar, qonuniyatlar), dalillar va o’quv ishlari usullari kiradi. Bilimlarni tekshirishning mazmuni mazkur bo’limni yoki kursni o’qitishni yakuniy natijalariga mos kelishi lozim. Ular dasturlarda berilgan bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, O’quvchilarni bilim va malakalarini ma’lum bir mavzu bo’yicha tekshirish uchun o’qituvchi svollarni yoki tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab qo’ymog’i lozim. Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxasislar – taraqqiyot omili. Toshkent. “O’zbekiston” 1995 2. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent “O’zbekiston” 1997 3. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent.“O’zbekiston”. 1998 4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. - T.: O’zbekiston, 1999. – 410 b. 5. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. -T.: O’zbekiston, 2000. – 528 b. 6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.– T.:Ma’naviyat, 2008. - 173 b. 7. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq NMK, 1997. – 63 b. 8. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. 13-jild. -T.: O’zbekiston, 2005. – 448 b. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! Download 16.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling