Mavzu: organik kimyoda infraqizil spektroskopiyasi


Download 68.55 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2023
Hajmi68.55 Kb.
#1099650
  1   2   3   4
Bog'liq
ORGANIK KIMYODA INFRAQIZIL SPEKTROSKOPIYASI





402 -guruh talabasi Eshmurodov Baxtiyor
MAVZU: ORGANIK KIMYODA INFRAQIZIL SPEKTROSKOPIYASI
Infraqizil (IQ-, IR) spektroskopiya va kombinatsion sochilish (KS-) spektroskopiyasi. Birikma IQ sohadagi (to‘lqin uzunligi = 10 -10 cm, chastotasi v = 4000-400 cm-1, energiyasi -O.1eV) elektromagnit nurlanish (yorug‘lik) bilan ta’sirlashadi (IQ-spektroskopiyada yutilish, KS-spektroskopiyada esa nurlanishning sochilishi-tarqalishi kuzatiladi). Bu yorugMikning yutilishi molekuladagi atom va guruhlarning tebranma va aylanma holati energiyalarining o‘zgarishiga olib keladi. Dipol momenti (IQ) yoki qutblanuvchanlikning (KS) o‘zgarishi bilan bog‘Iiq bo‘lgan molekulalar soni, chastotasi va tebranish intensivligi kabi ma’lumotlar asosida modda tuzilishi aniqlanadi. Usui molekula tarkibidagi ma’lum funksional guruhlar mavjudligini aniqlash, IQ- spektrlami solishtirish orqali izlanayotgan modda tuzilishlarining o‘zaro mosligini tasdiqlash (masalan, yangi modda tuzilishini oldindan ma’lum moddalarga taqqoslash bilan) imkonini beradi.
Molekulada valent va deformatsion tebranishlar kuzatiladi. Valent tebranish (v) ikki atom orasidagi bog‘ uzunligi ortishi va qisqarishi bilan sodir bo‘ladi. Valent tebranish barcha bog‘lar uchun bir vaqtda sodir bo‘lganda simmetrik (vs) va tebranishlar ketma-ket sodir boiganda asimmetrik (vs) turlariga bo‘linadi:
Organik blrikmulur tarkibidagi C-II, O-H, N-H, S-H bog'larining valent tebranishlari IQ-spektrning 3700-2800cm -1 sohasida; C=C, C=N iMhbog’lirl v§ alien tlpldagl C C C qo'sh bog'lar 2500-1900cm-1 sohida; C-C. OO, C-N, NO, kabi qo‘sh bogMar 1900-1300cm*' aohada; aromatik va geteroaromatik tuzilishdagi molckulalar 1600- 1300cm-1 sohada уutilish chiziqlariga ega bo'lib, funksional guruhlar identifikatsiyasi va modda tuzilishini aniqlashda ishlatiladi. Spektming C-C, C-O, C-N, N-O bog'lari valent tebranishlari va C-H, O-H, N-H bog'lari deformatsion tebranishlari kuzatiladigan 1300-900cm'’ sohasi juda murakkab bo'lib, ulaming biror tebranishga taalluqli ekanligini ajratish mushkul. Ammo birikma tuzilishidagi qisman o‘zgarish ham bu sohada spektrning katta o‘zgarishiga olib keladi. Bu sohada har bir alohida organik modda o‘ziga xos takrorlanmas yutilish chiziqlariga ega boMganligi uchun "barmoq izlari” (опечатка пальцев, fingerprint region) sohasi deb ataladi va moddaning ayni shu modda ekanligini tasdiqlashda ishlatiladi. Bir xil sharoitda olingan 2ta moddaning IQ- spektri o‘zaro mos tushsa, ular ayni bitta modda ekanligi isbotlanadi. Ammo enantiomcrlarda IQ-spektr bir xil boMsada, ular alohida moddalardir. Halqadagi C-H, amin, amid bog‘lari deformatsion tebranishlariga mos yutilish chiziqlari 900-650cm' sohada kuzatiladi. Ushbu sohada kuchli yutilish chiziqlarining mavjud emasligi analiz qilinayotgan moddaning aromatik emasligini ko'rsatadi.
Alkanlardagi (sp3)C-H bog‘i valent tebranishlari 3000cm'1 sohadan pastda. (sp2)C-H va (sp)C-H bog'i valent tebranishlari 3000cm'1 sohadan yuqorlda kuzatiladi.
Molekulalararo vodorod bog‘ hosil qilgan spirtlardagi O-H bog‘i valant tebranishlari 3300cm-1 sohada kuzatilsa, suyultirilgan critmalarda vodorod bog'laming hosil bo'lmasligi natijasida ozod O-H bog'i valent tebranishlari -3600cm-1 sohada kuzatiladi.
Karbonil guruhining valent tebranishlariga mos intensiv yutilish chiziqlari 1850-1650cm-1 sohada; birlamchi va ikkilamchi aminlardagi N-H bog‘i valent tebranishlari 3500-3300cm'' sohada kuzatiladi. Aminlardagi N-H bog‘i tebranishlariga mos yutilish chiziqlari intensivligi shu sohadagi O-H bog‘i yutilish chiziqlaridan kam bo'ladi. Vodorod bog‘ hosil qilinishi O-H guruhga nisbatan N-H guruhning yutilish chiziqlariga kam ta'sir qiladi.
IQ-spektr ma’lumotiga ko‘ra organik birikmadagi funksional guruhni aniqlashda dastlab shu guruhning mavjudligini isbotlovchi intensiv yutilish chizig‘ini (xarakteristik chastota) aniqlash zarur. Chunki har bir funksional guruh bir necha yutilish chiziqlariga ega bo'ladi. Keyingi o‘rinda shu funksional guruhga xos boshqa yutilish chiziqlari aniqlanadi.

Download 68.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling