Termik kreking jarayonlarining ko’pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik barqarorligi bilan bog’liq bo’ladi.
Termik kreking jarayonlarining ko’pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik barqarorligi bilan bog’liq bo’ladi.
Mazutni termik krekingi.
1 — nasos; 2 — rektitikatsiya kolonnasi; 3,4 — quvursimon pechlar; 5 — reduksion jo’mrak; 6 — bug’lantirgich; 7 — kondensator; 8 — separator.
Mazut nasos (1) yordamida rektifikatsiya kolonnasining ostki qismidagi tarelkalardan biriga olib beriladi, u yerda krekingning yonuvchi fraksiyalari bilan qo’shilib qisman parchalanadi.
Mazut nasos (1) yordamida rektifikatsiya kolonnasining ostki qismidagi tarelkalardan biriga olib beriladi, u yerda krekingning yonuvchi fraksiyalari bilan qo’shilib qisman parchalanadi.
Kolonnaning ostki qismidan og’ir fraksiya chiqariladi va 470— 480°C da yengil krekinglash uchun quvursimon pechga (3) jo’natiladi. Kolonnaning o’rta qismidan (2) yengil fraksiya 500— 550°C haroratda chuqur krekinglash uchun quvursimon pechga (4) yuboriladi. Pechlarning bosimi 5—7 MPa bo’ladi. Kreking mahsulotlari 3 va 4 pechlardan reduksion jumrak (5) orqali bug’lantirgichga (6) tushadi, unda kreking qoldiq bug’lardan ajralib bo’lgach, qurilmadan chiqarib olinadi. Bug’lar (benzin bug’lari va gazlar) bug’lantirgichdan, ajratish uchun rektifikatsiya kolonnasiga o’tkaziladi.
Kreking-gaz kondensatordan (7) o’tib separatorda (8) benzindan ajratiladi. Olingan mahsulotlarning unumi kreking- benzin 30-35 %, kreking-gaz 10—15 %, kreking-qoldiq 50—55 %gateng bo’ladi. Kreking- benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar ko’p bo’lganligi uchun, uning oktan soni (70) oddiy haydash orqali olingan benzindan ancha yuqori bo’ladi.
1. Kreking-gaz tarkibida etilen, etan, propilen, butilen va butan ushlaydi. Ular gazlarni ajratuvchi qurilmalarda (GAQ) fraksiyalarga ajratiladi va organik sintezning qimmatbaho xomashyosi sifatida ishlatiladi. Kreking-qoldiq bug’qozonlarning yoqilg’isi hisoblanadi yoki gudron, asfalt, neft koksi kabilarni olish uchun xomashyo sifatida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |