Mavzu: Organik moddalar reaksiyalarning umumiy nazariyasi va kislotali xossalarini o’rganish
Download 39.15 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (2)
MAVZU: Organik moddalar reaksiyalarning umumiy nazariyasi va kislotali xossalarini o’rganish Organik birikmalarning kislota-asos xossalari ular ishtirokidagi reaksiyalar va turli jarayonlarning kechish mexanizmini tushunib olishda katta ahamiyatga ega. Moddaning kislota yoki asosligini belgilovchi dastlabki nazariyani Arrenius yaratgan bo'lib, uning fikricha eritmaga vodorod kationi - proton beruvchi har qanday birikma kislota, gidroksil anionini beruvchi moddalar esa asos deb qaraladi. Kislota va asoslar indikatorlar rangini o'zgartirish xususiyatiga ega va bunga H+ va OH- ionlari sababchidir. Shu bilan bir qatorda gidroksil guruhi tutmasada, asoslarga o'xshab indikatorlar rangini o'zgartiruvchi birikmalar ham mavjud. Ular kislotalar bilan ta'sirlashib, tuz hosil qiladi: NH3+HCI = NH4C1 Buning sababini Arrenius nazariyasi tushuntirib bera olmaydi.Moddalarning kislota va asos xossalari haqidagi birmuncha mukammal nazariya deyarli bir vaqtda Lyuis va Brensted-Lourilar tomonidan yaratildi. Lyuis ta'limotiga ko'ra: Lyuis kislotalariga elektron juftni qabul qiluvchi elektrofil, bo‘sh orbitalga ega bo‘lgan vodorod ioni va metall kationlari: H+, Ag+, Na+, Fe2+; ikkinchi va uchinchi davr elementlarining galogenli birkmalari: BF3, AlCl3, FeCl3, ZnCl2, qalay va oltingugur tbirikmalari SnCl4, SO3 kiradilar. Lyuis asoslari elektron juftni beruvchi nukleofil tabiatli zarracha, o'zida umumlashmagan elektron juft tutuvchi S, O, N, F, Cl, Br, J, P kabi atomlar va anionlar organik moddalar spirtlar, alkogolyat-anionlari, oddiy efirlar, aminlar va boshqalar kiradilar. Lyuis kislotalari va asoslari o‘zaro ta’sirlanishi donor-akseptor bog‘ orqali bog‘langan. BF3 molekulasidagi bor atomi sirtqi elektron qavatida bog' hosil qilib turgan oltita elektron tutadi. U yana ikkita elektron qabul qilib, barqaror oktet qavat hosil qilishga intiladi. Ko'rinib turibdiki, vodorod atomini tutmaydigan neytral molekulalar ham Lyuis nazariyasiga muvofiq kislota deb qaraladi. Shu boisdan tarkibida vodorod atomini tutuvchi kislotalarni oddiy qilib «kislota», uni tutmaydigan A1C13, ZnCl2, BF3 larni esa Lyuis kislotalari deb atash qabul qilingan. Organik birikmalarning kislota-asos xossalarini o'rgarishda Brensted — Louri nazariyasidan foydalanish qulay. Bu nazariyaga ko'ra, kislota proton beruvchi, asos uni qabul qiluvchi modda deb qaraladi.
Download 39.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling