Sportning bu turida, ko‘rsatkichni fiziologik baholash uchun MKI ning absolut ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. MKI ning darajasi ikkita funksional tizimlarning maksimal imkoniyatlariga bog‘liq: 1) kislorod tashish tizimi, kislorodni atrofmuhit havosidan absorbsiya qiladi va uni ish bajarayotgan mushaklarga va gavdaning boshqa faol a’zolari va to‘qimalariga tashiydi; 2) kislorodni utilizatsiya qilish tizimi, ya’ni qon bilan olib kelinadigan kislorodni ekstragirlaydigan va utilizatsiyalaydigan mushak tizimi. MKI ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan sportchilarda, ikkala tizim ham katta funksional imkoniyatlarga ega. - Sportning bu turida, ko‘rsatkichni fiziologik baholash uchun MKI ning absolut ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. MKI ning darajasi ikkita funksional tizimlarning maksimal imkoniyatlariga bog‘liq: 1) kislorod tashish tizimi, kislorodni atrofmuhit havosidan absorbsiya qiladi va uni ish bajarayotgan mushaklarga va gavdaning boshqa faol a’zolari va to‘qimalariga tashiydi; 2) kislorodni utilizatsiya qilish tizimi, ya’ni qon bilan olib kelinadigan kislorodni ekstragirlaydigan va utilizatsiyalaydigan mushak tizimi. MKI ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan sportchilarda, ikkala tizim ham katta funksional imkoniyatlarga ega.
- kundalik hayotda, insonning muayyan aqliy yoki jismoniy (mushak) faoliyati davomida bajarishi mumkin bo‘lgan ish qobiliyatidir. Odamning jismoniy harakati (qobiliyati) sifatida chidamlilikni tavsiflash nisbiydir: u, faqatgina ma’lum bir faoliyat turiga mansubdir. Boshqacha aytganda, chidamlilik o‘ziga xos (spetsifikdir) — u, har bir inson ma’lum bir, o‘ziga xos (spetsifik) faoliyatni bajarish paytida namoyon bo‘ladi.
Bajarilayotgan jismoniy (mushak) ishning tipi va xarakteriga bog‘liq ravishda quyidagi chidamlilik farqlanadi: - Bajarilayotgan jismoniy (mushak) ishning tipi va xarakteriga bog‘liq ravishda quyidagi chidamlilik farqlanadi:
- 1) statik va dinamik chidamlilik, ya’ni mos ravishda statik yoki dinamik ishni uzoq muddat bajarish xususiyati;
- 2) lokal va global chidamlilik, ya’ni mos ravishda lokal ishni (bo‘lmagan miqdordagi mushaklar ishtirokida) yoki global ishni (ko‘pchilik mushak guruhlari — mushak massasining yarmidan ko‘pining ishtirokida) uzoq muddat bajarish xususiyati;
- 3) kuch chidamliligi, ya’ni katta mushak kuchini namoyon qilishni talab etadigan mashqlarni ko‘p marta qaytarish xususiyati;
- 4) anaerob va aerob chidamlilik, ya’ni energiya bilan ta’minlashning anaerob yoki aerob tipining ustunligida global ishni uzoq muddat bajarish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |