Mavzu: O‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Download 55.5 Kb.
|
Muzaffar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vizantiya va varvarlar davlati.
Mavzu: O‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya Reja: Vizantiya va varvarlar davlati Ilk o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya So‘nggi o‘rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya Vizantiya va varvarlar davlati. IV asr oxirida german qabilalari Rim imperiyasi chegaralaridan o‘tib birin ketin xududlarni bosib oldilar. Bu davrda imperiya ichki tartibsizliklarga inqirozga yuz tutgan edi. Ichki tartibsizliklar va inqiroz uzoq davom etgan g‘arbiy imperiya o‘zini xududlarini yo‘qotayotgan edi. Bu davrda Sharqiy imperiya varvarlarga qattiq qarshilik ko‘rsatayotgan edi. V asr boshlarida vestgotlar Bolqon podsholigini va Sharqiy Rim imperiyasini ag‘darib tashlab, ularni talon-taroj qildi. Ispaniyada janubiy va g‘arbiy Galliya podsholigi o‘rnatildi. Vandallar, svevlar, burgundlar, franklar birin ketin imperiya hududlarini egallaganlar. IV-V asrlarda ko‘chmanchi xunlar uzoq Shimoliy Xitoy chegaralaridan kelib, Volga bo‘ylaridan tortib to Reyn daryosigacha bo‘lgan hududlarda o‘z hukmronliklarini o‘rnatganlar. Sharqqa o‘xshab /arbiy imperiya ham nafaqat varvarlar bilan jang qilgan, balki ular biron zaruriy aloqalar va huquqiy muzokaralar olib borishni qo‘lga kiritishgan edi. Bu varvarlar bilan ikkala Rim imperiyasining halqaro aloqalari hisoblanar edi. Varvarlar /arbiy imperiya viloyatlarida tezlik bilan yangicha tartibga tushib olishgan. Halqaro kelishmovchilik tufayli Varvarlar podsholigining aniq chegaralari o‘rnatilmagan. Tortishuv muzokaralar qurol yo‘li bilan emas, faqat kelishuv yo‘li bilan amalga oshirildi. Varvar qirolliklari tashkil qilinishi bilan ularda o‘zlarining diplomatiyalari vujudga keldi. Varvar qirolliklariga Sharqiy Rim imperiyasining diplomatik xizmati namuna bo‘ldi. O‘zining qadimgi Rim urf-odatlarini saqlab qolgan Vizantiya diplomatiyasi butun o‘rta asrlar diplomatiyasiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Vizantiya dinining prinsiplari singari bo‘lganidek tashqi usullari ham Yustinian I (527-565) davrida yuksak cho‘qqiga chiqdi, Sharqiy Rim imperiyasi qudratli davlatga aylandi. Yustinian ayyor diplomat edi. O‘z hududini uzoq /arbga kengaytirilgan harbiy safarlar bilan uyg‘unlashtirardi. Vizantiya diplomatiyasining asosiy vazifasi Varvarlarni qo‘rqitishdan ko‘ra imperiyaga xizmat qildirishga qaratilgan edi. Konstantinopolda ularni kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, bir-biriga gij-gijlash va o‘zaro urushlar vositasida kuchsizlantirishga harakat qilingan. Yustinian diplomatiyasi qo‘shnilar bilan shaxmat donachalari kabi aloqa qilish bilan ajratib turardi. U ulkan bir sistemasini o‘zaro gij-gijlab tashladi. Bundan tashqari boshqa davlatlarni ichki ishlariga harbiy aralashuv Yustinian sistemasining bir vositasi edi. Bu siyosat vandallar va ostgotlar bilan urushda yorqin ifodasini topdi. Diplomatiya savdoni rivojlanishiga xizmat qildi. O‘z navbatida Vizantiya savdo aloqalarining kengayishidan diplomatiyani kuchli qurol sifatida foydalanildi. Xristianlikni kengayishi xam Vizantiya imperatorlarini muxim diplomatik qurollaridan hisoblanar edi. Shunda diplomatik g‘alabalardan biri ruslarning xristianlikni qabul qilishidir.. Xristianlikka o‘tgan davlatlarga Vizantiya ta'sir o‘tkazganligi yaqqol ko‘rinadi. III. Din ahli Vizantiyaga karam bo‘lgan varvar davlatlarda o‘z bilimlari bo‘yicha katta rol o‘ynagan. Tashqi ishlar bo‘yicha minstr boshqaruvi katta shtatlarga ega bo‘lgan. Har xil tillar bo‘yicha tarjimoni bo‘lgan. Elchilarga murakkab tartib o‘rnatilgan. Konstantinopol saroyida elchilikning alohida qonuniga amal qilingan. Elchi podshoning vakili bo‘lib, uni muzokaralar olib borish uchun vakolati bo‘lgan. Bu qonun buzilsa qattiq jazo qo‘llanilgan. Ba'zi holatlarda podsho vakiliga o‘z xoxishi bo‘yicha muzokara olib borish ruxsat beriladi. Vizantiyada ba'zan elchilarga alohida oliy yorliqlar berilgan. Vizantiya elchilari begona mamlakatlarda alohida ahloq-qoidalarga amal qilishgan. Elchi sersalom, saxiy, begona saroydagi narsa-buyumlarni maqtash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Asosan muomalaga katta e'tibor berishi kerak. U davlatni ichki ishlariga rasmiy jihatdan aralashmagan, lekin ko‘pchilik hollarda aralashib ketgan. Elchilar bilan kelishilgan shartnoma imperiya tomonidan tasdiqlangandan keyingina haqiqiy hisoblangan. Varvar qirollari elchilarining Vizantiya urf-odatlariga yot bo‘lgan ba'zi bir belgilari ko‘rinib turardi. Varvar mansabdorlari orasida kelishuvlarining yozma qismlarini mustaqil olib boruvchi bilimli kishilar yo‘q edi. Shu sababli vizantiyaliklarda ham, uchragan qirol elchixonalarida odatda diniy kishilar ishtirok etishgan. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling