Konfliktogen omillar va ularning dinamikasini tizimli o‘rganishga yo‘naltirilgan psixodiagnostik va korreksion metodlar majmuidan foydalanildi. Bular; a) maqsadli kuzatish; b) og‘zaki ko‘rsatmalarni yig‘ish va ularni tahlil qilish (suhbat, anketa, yozma hisobot shakli); v) sotsiometriya; g) test-so‘rovnoma; d) aks ettirilgan sub’ektlilik metodi; ye) olingan natijalarni matematik tahlil etish usullaridan foydalanildi
Bitiruv malakaviy ishi natijalari taraqqiyot psixologiyasi, amaliy psixologiya, pedagogik psixologiya fanlarini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitadi. kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining amaliy kasbiy faoliyatida o‘smirlik davridagi o‘quvchi-larga xos shaxslararo nizolar sharoitida psixokorreksion ishlarning metodlari va shakllari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Bitiruv malakaviy ishiimizda biz tomondan ishlab chiqilgan kasb -xunar kollejlari va akademik litsey amaliyotchi psixologlarining psixokorreksion faoliyati modeli yuqori samara berdi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati
Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan amaliy psixologlar, maktab o‘qituvchilar, psixologik-konsultativ markazlar mutaxassislari faoliyatida foydalanish mumkin. Shuningdek, maktabda psixokorreksion muhitni yaratish, maktabda tarbiya jarayonining psixokorreksion modelini keyinchalik yanada takomillashtirish imkoniyatlarini ochib beradi. Olingan natijalar maktabda psixologik xizmatni rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlarini kengaytiradi va maktab psixologlari faoliyati va tarbiyaviy ishlarining dasturini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, universitetlar, pedagogika institutlari, pedagogika va psixologiya bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalari yaratishda, ma’ruzalar matni tayyorlashda, innovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |