Mavzu: O'rta Osiyo ilk o'rta asrlarda moddiy madaniyati Reja : Qadimgi O’rta Osiyo madaniyati


IX-XII asrlarda ilm-fan rivojiga sabab tarixiy bo`lgan omillar


Download 25.61 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi25.61 Kb.
#1818087
1   2
Bog'liq
O\'rta Osiyo ilk o\'rta asrlarda moddiy madaniyati

IX-XII asrlarda ilm-fan rivojiga sabab tarixiy bo`lgan omillar.
Movoraunnaxr va Xorazimda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida yuz bergan ijobiy yutuqlar va mutaffakkirlar haqida gap ketganda, anashu yutuq va mutaffakkirlarning asosiy omili va sababchisi bo`lgan markazlashgan mustaqil davlatning vujudga kelganligini nazar-etibordan qochirmasligimiz kerak, albatta. O`z mavqei va tutgan o`rni jixatidan xalqaro maydonda katta etibor va nufuzga ega bo`lgan Somoniylar, Qorahoniylar, G`aznaviylar – Tug`rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko`ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy tarqiyotda moffaqiyatlarga erishdilar. Chunki bu xukumdorlar davrida mamlakat mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj tobdi, xunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o`shdi. Bu davrda “Buyuk ipak yo`li” ning o`rni va ahamiyati oshdi, xunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan obod va ko`rkam shaxarlar vujudga keldi. Buni shundan ham bilish mumkin al-Muqaddasiyning yozishicha (985 yilda yozgan ) 830-933 yillarda Xorazmda 13 shahar mavjud bo`lgan bo`lsa, yarim yildan so`ng shaharlar soni 33 taga yetgan.
Bular: Kot, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, No`qfog`, Mizdakxon, Jashira, Sadvor, Zardux, Borategin, Madmimiya (Jayxun daryosining o`ng sohilida), Jurjoniya, Raxushmison, Madanisan, Xiva, Kardaran, Hazorasp, Jigarband, Joz, Darg`on, Jit, Kichik Jurjoniya, ikkinchi Jit, Safdor, Nuzvor, Zamaxshar, Ruzun, Vazirmand, Vaskaxankas, Andarosgonlardir. Muqaddasiyning so`zlariga qaraganda, Xorazm axolisi aql-zakovatli, fikr ilimni egallagan marifatli kishilar bo`lganlar.
O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar.
Tarixiy taraqqiyotning to’xtovsiz rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining markazlashish jarayoni yanada rivoj topdi. Xo’jalik sohasidagi bilimlarning ixtisoslashishi yuz berdi. Insoniyat tomonidan xo’jalik sohasidagi faoliyati davom etdi, sifat jihatidan muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Sug’orilish madaniyatining o’sishi, mehnat qurollarining xilma-xilligi, aholi sonining to’xtovsiz o’sib borishi, qaqbilalar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi, chorvador qabilalarning vujudga kelishi, tarixiy vaziyatning notinchligi, yanada mukammal bilimlarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Er.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo hududlarida shaharsozlikmadaniyati shakllandi. Mil.avv. III ming yillikda insoniyat bronzani o’zlashtirib olib, undan mehnat qurollari tayyorlagan va xo’jalikda keng foydalangan. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik xo’jaligi taraqqiy etdi. Bu davrdan boshlab xo’jalikning turli sohasidagi bilimlar vujudga keldi, manzillar hajmui yanada kengaydi, aholi soni oshib bordi (5 – 10 ming kishi).
Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi;
2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi;
3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi;
4.Sug’orish inshootlari qurildi;
5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi;
6.Aholi soni oshib bordi;
7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi;
8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi;
9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi;
10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi;
11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi;
12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi;
13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi;
14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi.
Markaziy Osiyo insoniyat tarixining mislsiz yirik madaniy kashfiyoti – alifbeli yozuv yaratish jarayonining faol ishtirokchi mintaqalaridan biri bo‘lib, miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalaridan boshlab harf – nutq – tovush shartli belgilar tizimidan foydalanib keladi. Islom dini bilan birga kirib kelgan arab yozuvi, uning mahalliy tillarga moslashtirilgan variantlari paydo bo‘lgunicha Markaziy Osiyoda parfiyoniy, xorazmiy, sug‘diy, boxtariy, qadimgi turkiy singari alifbe tizimlari yaratilgan edi. Bulardan tashqari, sug‘diy yozuvining buxoro varianti hamda moniychilik sharqona xristian dini jamoalari xizmatida bo‘lgan suryoniy-sug‘d, moniy-sug‘d, suryoniy-turk, suryoniy – uyg‘ur, moniy-uyg‘ur kabi yozuvlar keng amal qilgan. O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy mintaqalarida budda dini bilan bog‘liq holda kirib kelgan braxmiy va kxaroshtxiy yozuvlari ishlatilgan. Yunon-boxtar podsholigi davrida joriy etilgan yunon yozuvi kushonlar davrida mahalliy tilga moslashtirilib, boxtariy-yunon yozuvi shakllangan.
Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti qulay bo’lgan tog’ oldi hamda daryo vohalari hududlarida dexqonchilik jadallik bilan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Markaziy Osiyo ilk dexqonchilik jamoalari rivojlanishining birinchi davrida o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqa olmadi. Aksincha, to’satdan tushkunlikka o’tib inqirozga yuz tutdi. Inqiroz holatining asta – sekinlik bilan bartaraf etilishi esa ikkinchi davr uchun xos xususiyatdir.
Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida ilk dexqonchilik xo’jaligi tabiiy sug’roma dexqonchilik madaniyati qaror topdi. Bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy rivojlanishining manbasi mil.avv. IV ming yillikda paydo bo’lgan edi. O’rta Osiyo qadimgi tarixining bronza davri mil.avv. III – II ming yilliklarni qamrab olib, shaharsozlik madaniyati shakllandi. Budavrga oid dastlabki yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anovning pastki qatlamlari, Nomozgohtepa yodgorliklarida o’rganildi. Bronza davri yodgorliklari O’rta Osiyoning boshqa hududlarida tadqiq etildi. Bronza davri O’rta Osiyoning keng dasht hududlarida ovchilik – chorvachilik xo’jaligi nisbatan ustun bo’lgan dasht qabilalarining joylashishi, uning janubiy hidudlarida yuqori darajada rivojlangan ko’ptarmoqli hunarmandchilikka ega bo’lgan o’troq dexqonchilik qabilalarining yoyilishi bilan izohlanadi.
O’rta Osiyoning janubi – g’arbidagi bronza davri yodgorliklari tadqiqotchilar o’rtasida munozaralarga olib keldi. To’rtta – Anov I – IV majmualari tadqiqotchilar tomonidan ko’plab munozaralarga sabab bo’lishiga qaramay o’tgan 1949 -1950 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgohtepadagi qazishlari tufayli ushbu bronza davriga oid yodgorliklarida qazish ishlari olib borildi. 1952 yilda B.A.Kuftin Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tabiatini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo’lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma – ket keluvchi oltita majmuani – Nomozgoh I – IV ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o’rta eneolit, Nomozgoh III so’nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davrlariga oiddir.
Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling