Mavzu: O`rta osiyo o`simliklarstrreplA
Download 23.85 Kb.
|
Shirinim Orta osiyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. TEKISLIK O`LKALARINING O`SIMLIKLARI
MAVZU: O`RTA OSIYO O`SIMLIKLARI R E J A: 1. O'rta Osiyo o'simliklarining umumiy xususiyatlari 2. Tekislik o`lkalarining o'simliklarilari 3. Tog'li o'lkalarning o'simliklari XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR O`RTA OSIYO O`SIMLIKLARINING UMUMIY XUSUSIYATLARI O`rta Osiyo Sibir, Markaziy Osiyo, Tibet, Eron, Old Osiyo va Kavkaz oralig'ida ekanligi uning o'simlik va hayvonot dunyosiga katta ta'sir etgan.Bu o'lkada O'rta dengiz bo'yidagi mamlakatlar Kavkaz, Eron, Sibir, hatto Shimoliy Afrika uchun xos bo`lgan endemik o'simlik va hayvon turlari ham oz emas. O`rta Osiyoda hammasi bo'lib 9000 ga yaqin o'simlik turi bor. Ammo bu o'simliklar hududning hamma yerida barobar o`savermaydi. O'rta Osiyoning ko`p qismi cho'l va chalacho'l bo'lsada, lekin barcha o'simlikning 10%gina bu zonada o'sadi, qolgan 90% tog o`simliklaridir. Demak asosly landshaft tiplariga qarab O`rta Osiyoni 3 ta geografik o`lkaga-chalacho`l, cho'l va tog`lar. 2. TEKISLIK O`LKALARINING O`SIMLIKLARI Chalacho'l dasht bilan cho'l o'rtasidagi oraliq zona bo`lganidan uning o`simliklari dasht va cho'l tipidagi o'simliklardir. Chalacho'l shuvoqli o'tlar o'sadigan dashtlarda bo`lsada, lekin uning shimolida boshoqli o'simliklar ko'pdir. Boshoqli o`simliklar janubga tomon tobora kamayib, shuvoq o'tlar ko`paya boradi, sho`ra ham ancha ko`p uchray boshlaydi. Chalacho'lning shimolida betaga, qiltanoq, chalov kabi boshoqli o'simliklar va turli o'tlar o`sadi. Betaga shu qadar ko`pki, bu yerni betaga shuvoqzor chalacho'l deyish ham mumkin. Bahorda chalacho'lda yog'in ko'p bo'lganidan bir yillik efemerlar, ko`p yillik efemeroidlar barq urib o'sadi, lekin quruq va vegetatsiya davri tugaydi. Lola, chuchmoma, gulsafsar, ayiqtovon, ravoch, tangabarg va boshqalar ana shu efemer va efemeroid o`simlikladandir. Bir yillik efemerlar bir poyali pakana o`simlik bo`lib, yam-yashil barglari va poyalari yoz boshida tez so'lb qoladi. Chalacho'lda daraxtlar nihoyatda oz. Qayin tog terak, zarang, tol va qarag'aylardan daraxtzorlar balandliklarda, suvli chuqur joylarda va soy bo`ylarida ko`p uchraydi. Qozog'iston past tog'larining eng baland qismida, ayniqsa Ulutov, Qarqali tog'lari, Chingiztovda va bu tog'lar orasidagi vodiylarda o`simliklar ko`p. Tog' etaklari qalin pichanzorlar bilan tog'lar va ularning yon bag'irlari qayin, tog` terak, qarag'ay daraxtzorlari bilan qoplangan, bu daraxtzorlar orasida do lana, namatak, cheryomuxa, qoraqat, maymunjon, malina butazorlari ham bor. Chalacho'llarning qumoq va qumloq yerlarida dastlab klok, erkak o't, selin, qumarchiq kabi o`simliklar uchraydi. O'rta Osiyo cho'llari shimoliy va janubiy zonachalarcha boʻlinadi. Bu cho`llar paydo bo`lishi ekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shimoliy cho'llarda yog'in umuman oz, ammo yil fasllarida yog`in deyarli bir tekisda yog'asi va bahorda yomg'ir umuman oz, ammo yil fasllarida yogin deyarli bir tekisda va bahorda yog`maydi. Shuning uchun o'simlik va tuproq paydo bo'lishi jarayoni o'z rivojlanishida mavsumlik xususiyatiga emasdir. Shimoliy gil toshloq cho'llarni shuvoq turali cho`lar deb yuritiladi, chunki shuvoq bilan sho`ra bir to`p bo`lib o`sadi. Bu cho'llar dasht uvoqning turlari ko`p: Shimoliy cho'l shu Jihatdan Janubiy cho`llardan farq qiladi. Shuvoq, sho`ra o`simliklarida esa burgon va boyalik shimoliy cho'lining asosiy o'simliklaridir. Shimoliy qumlarda bug'doyiq, chalov o'simligining bir necha turi bor, tereskan, shuvoq kabi o`simliklar ko`p. Bahorda qo`ng`irtbosh, yaltirbosh, qumqiyoq, iloq kabi efemer o`simliklar paydo bo'ladi. Bug'doyiq, chalov, shuvoq, qizilcha va qiyoq kabi o`simliklar qumni tutib turishda katta ahamiyatga ega. Janubiy cho'llar esa iqlim jihatdan o`simlik va hayvonot dunyosining roivojlanish tarixi va tarkibi jihatidan Old Osiyo va Shimoliy Afrika cho`llarining davomidir. Ya'ni bular O'rta dengiz tipidagi subtropik o'simliklardandir. O`rta Osiyoning Janubiy cho'llarida yog'in bir tekisda yog'maydi. Bahor va qishda yog'in ko`p yog'adi, yoz esa nihoyatda quruq keladi. Janubiy qumli cho`llar (Qoraqum va Qizilqum) o`simliklari yog'ingarchilik kam bo`lishiga, quruq va juda issiq yozga, kuchli shamolga moslashib olgan. Bu yerda quruq iqlimga bardosh beradigan va qum bosib ketganda ham bemalol o'sa oladigan o'simliklar o'sadi. Bunday o'simliklar o`zidan namni kam bug'lantirgani uchun ularning ko`plarining barglari bo`lmaydi. Barglari bo`lgan taqdirda ham juda mayda yoki ingichka, yikonli bo`ladi. Qumli cho'lga xos bo`lgan Juzg'un, quyon suyak, tereskan, qizilcha, astragal kabi butalarning hammasi past bo'yli, barglari kam. O`simlik bamisoli butaga o'xshab ko`rinadi. Sho'rxok cho'lning o'ziga xos o'simliklaridan biri qora saksovuldir. U Qoraqumda, Qizilqumda, Sirdaryo atrofidagi tekisliklarda, Mo`yinqumda va Balxash bo`yi qumli cho'li va boshqa yerlarda o'sadi. Qora saksovul oq saksovul orasida kam uchraydi, ya'ni do`ng qum tepaliklarida oq saksovul o`ssa, qum oralaridagi kotlovimalarda boshqa o'simliklar bilan bir qatorda qora saksovul o`sadi. Qora saksovul 18-25 yil yashaydigan daraxt bo'lib, bo'yl 5-6 m, ayrim Joylarda 8 m ga boradi. Qumlar orasida sho'rxok va taqirlar ham bor. Taqirlarda o`simliklar butunlay o'smaydi yoki nihoyatda siyrak o'sadi. Faqat taqir atroflarida, taqir atrofidagi yoriqlarda efemer va ayniqsa sho`ra o`simliklarini ko'p uchratish mumkin. Download 23.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling