Mavzu: O’rta osiyoning yirik suv omborlari


Download 295.21 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi295.21 Kb.
#1564973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ZAFARBEK-KURS ISHI

Karkidon suv ombori— Fargʻona viloyati Quvasoy daryosidagi gidrotexnika inshooti. Suv ombori Fargʻona viloyati Quva tumani bilan Qirgʻiziston Respublikasi chegarasida, Nazarota togʻoldi bilan Quvasoy vodiysi adirlari oraligʻidagi tabiiy botiqda qurilgan. Birinchi navbati 1961—63-yillar oxirida, ikkinchi navbati 1967-yilda qurib bitirildi. Karkidon suv ombori toʻgʻoni balandligi 70 m, uzunligi 420 m. Umumiy hajmi 218,4 mln. m3, foydali hajmi 211,5 mln. m3; suv yuzasi maydoni 9,65 km2; maksimal uzunligi 5,5 km; oʻrtacha chuqurligi 36,7 m. Karkidon suv ombori dan suv chiqarish inshooti (uz. 340 m) va maxsus kanal (uzunligi 2,7 km, chuqurligi 2,7 m, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/s) orqali suv Janubiy Fargʻona kanalida oqib oʻtadi. Karkidon suv omboriga suv uzunligi 27 km boʻlgan kanal orqali beriladi. Suv ombori qurilishi Fargʻona viloyatining Quva, Oxunboboyev, Oltiariq, Fargʻona tumanlari ekin maydonlari suv taʼminotini yaxshiladi [7].
Ohangaron suv ombori - Toshkent viloyatidaOhangaron daryosi oʻzagida qurilgan gidrotexnika inshooti. 1989-yilda ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 260 mln. m³, toʻgʻonning maksimal balandligi 100 m, suv oʻtkazish imkoniyati 480 m³/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumiy tartibga soladi. Toshkent viloyatidagi OhangaronOʻrta ChirchiqPiskent va Boʻka tumanlaridagi yerlar sugʻoriladi.
Quyimozor suv ombori — Buxoro viloyatida Quyimozor va Kogon temir yoʻl stansiyalari oraligʻida joylashgan. 1958 yilda Zarafshon daryosining etak qismidagi chuqurliklardan birining atrofini koʻtarib qurilgan. Suv omborining kosasi qumtosh aralash loyqalardan tashkil topgan yotqiziqlarda joylashgan. Dastlabki suv hajmi 280 mln. m³, maydoni 16,2 km². Eng keng joyi 5 km, oʻrtacha chuqurligi 17 m, eng chuqurligi joyi 40 m. 1968 yilda suv ombori kosasining qirgʻoqlari 2 m dan ortiq baland marzalar bilan koʻtarildi. Uning suv hajmi 350 mln.m³ gacha, maydoni 17,3 km²ga yetdi. Quyimozor suv omboriga maxsus kanal (18 km) orqali Zarafshon daryosidan suv keltiriladi, shuningdek, 40 m³/s suv quyadigan Quyimozor nasos stansiyasi qurildi. Jamgʻarilgan suv oʻzani 72 km va sekundiga 100 m³/s ga qadar suv oqadigan kanal orqali irrigatsiya shoxobchalariga tarqatiladi. Suv omborida suv sathi oʻzgarib turadi. Quyimozor suv ombori tarkibiga Xorxoʻr va Duoba gidrouzellari kiradi. 1965-yildan beri Quyimozor suv ombori Amu-Buxoro mashina kanali suvini tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Magistral kanal bilan birgalikda suv ombori 94 ming ga yerni sugʻoradi.

Download 295.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling