Mavzu: O’rta qavatli turar joy binolari


Download 326.3 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi326.3 Kb.
#1461212
1   2   3
Bog'liq
arxitektura va shaharsozlik asoslari

Qatorli seksiya – bu seksiya, qoidaga ko‘ra to‘g‘ri burchakli shaklga ega bo‘lib, u yashash uyining ikkita boshqa qismlari orasiga joylashtiriladi. Seksiyaning devorlaridan biri qo‘shni qatorli seksiya bilan bloklashtiriladi. Ko‘ndalang yon tomonli seksiya ko‘ndalang seksiya ko‘ndalang tashqi devor konstruksiyasini o‘zgartirish bilan qatorli seksiya tarhini takrorlaydi. Seksiyalar ikki, uch, to‘rt xonadon uchun loyihalashtirilgan bo‘ladi, xonadonlarning soni oshib ketsa, ularga zinapoya maydonidan kirish qiyinlasha boradi. Shuning uchun yo‘laklarni ishlatishga majbur seksiya tipidagi uylar yo‘lakli tipdagi uylarga aylanib qoladi. Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. 

O‘rta qavatli uylar 3-5 qavatli bo‘lib, umumiy zinapoyadan foydalaniladi, lekin liftsiz turar-joydan iborat. Bunday turar-joylar shaharlarda juda ko‘p tarqalgan, ular qurilishda iqtisodiy jihatdan foydali deb topilgan. Bundan tashqari, bu xildagi uylarni qurish aholini nisbatan zichroq joylashtirish imkoniyatiga ega. Ammo yirik shaharlarda eng asosiy narsa yer sathini iqtisod qilish masalasi bo‘lib, aholini zich joylashtirish maqsadida o‘rta qavatli uylar qurilishi kamaytirilib, ularning o‘rniga ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish kundan-kunga oshib bormoqda. Tabobat mutaxassislarining tekshirishlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bizning tabiat va issiq iqlim sharoitida besh qavatli uylarga zinapoyadan chiqib borish yoshi o‘tib qolgan odamlarning sog‘ligiga zarar yetkazar ekan. Shuning uchun O‘zbekiston sharoitida o‘rta qavatli liftsiz uylarning balandligi to‘rt qavatdan oshmasligi kerak.

Zamonaviy yirik shaharlar sharoitida ko'p qavatli turar-joy binolari qurilishining dolzarbligi juda katta hajmlarga ega bo'ldi. Shaharlar o'sishi bilan aholining yangi, zamonaviy va shinam uylarga bo'lgan ehtiyojlari ham oshadi. Barkamol yashash muhitini yaratish qulay yashash odamlar shaharsozlik holati, uy -joy mikrorayonida zarur infratuzilma va ijtimoiy -madaniy ob'ektlarning mavjudligi bilan uzviy bog'liqdir.


Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling