Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 0.62 Mb.
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1414238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati

7. Ajratuvchi to‘qimalar.
Hujayralarning hayot faoliyati natijasida bir qator chiqindilar hosil bo‘ladi. Ularga organik kislotalarining ba’zi tuzlari, smolalar, efir moylar, kauchuk va boshqalar kiradi. Bu moddalar o‘simliklar organizmidagi maxsus ajratish sistemasi yordamida chiqarib yuboriladi. Bu sistemalar smola yo‘llari va sut naychalaridir. Ba’zan oddiy parenxima hujayralari ham chiqindilarni tashkariga chiqarish vazifasini bajaradi.
Ko‘pchilik ninabargli daraxtlarning yog‘ochligi, po‘st va bargida uchraydigan smola yo‘llari smola kanallari deb ataladigan uzunasiga ketgan bo‘shliqlardan iborat bo‘lib, ularning ichki tomoni parenxima hujayralari bilan qoplangan. Bu hujayralar ajratuvchi hujayralar deb ataladi. Sut naychalari o‘simlik tanasida tarmoqlanib ketgan kanallar sistemasidan iborat. Sut naychalari doimo tirik bo‘lib, unda muallaq holda kauchuk, juda kichik smola tomchilari, kraxmal donachalar va alkaloidlar bo‘ladi. Bu ko‘knori, sutlamagul, qoqio‘t kabi o‘simliklarga xos bo‘lgan sutsimon shiradir. Ayrim o‘simliklar, masalan, Braziliya geveyasining sutsimon shirasidan ko‘plab kauchuk olinadi.
Periderma. Ko’p yillik o’simliklarning birinchi yilgi vegetatsiyasi oxirlarida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko’p qavatli chegaralovchi to’qima bilan almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko’ra bir necha turdagi hujayralardan tashkil topgan. Ular quyidagilardan iborat: a) asosan himoya vazifasining bajaruvchi fellema (po’kak), b) peridermaning eniga o’sishini ta'minlovchi fellogenni moddalar bilan ta'minlab turuvchi felloderma. Fellogen ikkilamchi meristema to’qima hisoblanib, u (olcha, olxo’ri, nok) epiderma to’qimasidan yoki asosiy to’qimadan (qoraqat, shumrut) shakllanadi. Po’kak kambiysi tangental yo’nalishda bo’linishi natijasida ikki tur to’qima ajralib chiqadi. Ularning biri po’kak kambiysining tashqi tomonidagi hujayralar bo’lib, po’kak qavatini hosil qilsa, ichki markazga tomon ajralib chiqqan hujayralardan asosiy to’qima-felloderma hosil bo’ladi. Po’kak to’qimalar hujayralari bir necha qavatdan iborat. Hujayra qobig’ining suberin moddasini shimishi tufayli suv va gazlarni o’tkazmay qo’yadi va hujayralarning protoplasti nobud bo’ladi. Keyinchalik hujayra bo’shlig’i havo, oshlovchi yoki smolasimon moddalar bilan to’lib qoladi. Po’kak to’qimasida hujayralarning tashqi muhit bilan aloqasini amalga oshirish uchun yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning o’lchami va shakli nihoyatda xilma-xildir. Odatda ular mayda va shakli cho’zinchoq yoki yumaloq bo’ladi.
Po’stloq (ritidorm). Ko’pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq periderma o’rniga po’stloq bilan almashinadi. U turli o’simliklarda har xil davrlarda hosil bo’ladi. Olma, oddiy qarag’ay va noklarda hayotining 5-8 yillari, emanda-25, grabda esa 50 yildan so’ng qoplaydi. U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida po’stloq ostidagi to’qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo’ladi. Fellogen faoliyatining xarakteriga ko’ra turli ko’rinishdagi po’stloq hosil bo’lishi mumkin. Fellogenning
doira shaklda joy olishdan halqasimon po’stloq hosil bo’ladi. Agarda fellogen ayrim bo’laklar shaklida hosil bo’lsa, tangachasimon po’stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po’stloq ko’p uchraydi. Qalin qatlamli po’stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong’indan va haroratning keskin o’zgarishidan saqlaydi. Ba'zi o’simliklarda po’stloq umuman hosil bo’lmaydi (chinor, chetan, jumrut).
So’ruvchi to’qima. Ildizning uchida uchratamiz. Ildizdagi so’ruvchi to’qima tuproqdan suv va undagi erigan moddalarni shimib, ildizga yetkazib beradi. Unib chiqayotgan bug’doy donidagi so’ruvchi to’qimaning shimib olgan suvi endospermdagi zahira moddalarni o’zlashtira oladigan holga keltirib murtakka yetkazib beradi. Suvda, botqoqlikda o’sadigan o’simliklarda havo to’plovchi, quruqlik yerlarda esa suv to’plovchi to’qimalar ham bo’ladi. Masalan, sholi ildizida aerinxima, kaktusda esa suv to’plovchi to’qima bor. Bular o’simliklar turiga ko’ra suv yoki havo to’plovchi rezervuar hisoblanadi.
Aerenxima hujayralarning turli tomonlari bilan birikishidan hosil bo’ladi. Aerenxima gaz almashinuvi qiyin bo’lgan suvda va botqoqlikda yashaydigan o’simliklarda juda yaxshi rivojlangan bo’lib,o’simlikl organlarini kislorod bilan ta’minlaydi.
O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va ozuqani o‘tkazishdan iborat. Ya’ni ildiz orqali shimib olgan suv va unda yerigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez mahsulotalrini ildizgacha (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. O’simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishdagi o’tkazuvchi to’qima hosil bo’lgan. Ularni shartli ravishda pastdan-yuqoriga ko’tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yog’ochlik deb atalgan umumiy to’qima orqali, pastga tushuvchi oqim esa floema yoki lub orqali amalga oshiriladi.
Ksilema (yog’ochlik).Yog’ochlik tarkibiga o’tkazuvchi, mexanik va asosiy parenxima to’qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o’tkazuvchi elementlari traxeid va naylardir.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling