Mavzu: Osimlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash. Reja


Download 19.45 Kb.
bet4/4
Sana06.02.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1169453
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

O‘simlik xom ashyosidan dorivor moddalarni ajratish. Fitokimyo sanoatida o‗simlik tarkibidan dorivor moddalarni ajratish diffuzion apparat –ekstraktorlarda olib boriladi. Diffuzion apparatda diffuziya xodisasi sodir bo‗ladi. Erituvchi maydalangan o‗simlikning buzilgan xujayralari orqali butun xujayraga kirib u erda diffuziyalanadi. Avval aralashmaga ajralib chiqadigan moddalar xujayra yuza qismida eritmaga o‗tib tushadi. Erigan modda konsentratsiyasi kamayishi bilan erituvchiga xujayrada chuqur yotuvchi moddalar kira boshlaydi. Bunda erituvchi xujayra qatlamlarining qarshiligini oshib o‗tadi. Diffuziyalanayotgan moddaning miqdori; faza bo‗lish yuzasi; xarorat; konsentratsiyalar farqi vaqtning ortishi bilan oshadi, erituvchining qovushqoqligi va diffuziyalanayotgan modda zarrachalarining o‗lchamlari ortishi bilan kamayadi.

  • Qarama-qarshi oqim bo‗yicha o‗simlik xom ashyosidan dorivor moddani ajratish usulidan xozirgi kunda keng foydalanilmoqda Bu usulni qo‗llashdan maqsad iloji boricha oz miqdorda ajratuvchi sarflab, uzluksiz konsentralangan ajratma olishdir. qarama—qarshi usulda ajratma olish o‗z navbatida ikkiga bo‗linadi: birinchi usulga asoslangan asbob uskunalarda xom ashyo xarakatlanmaydi, ajratuvchi esa perkolyatorning pastki qismidan qarshi oqim bo‗yicha xarakat qiladi. Natijada xom ashyo bir tekis namlanadi va xavoni siqib chiqaradi. Bu maqsadda 5 tadan 16 tagacha perkalyatorlar naylar yordamida o‗zaro birlashtirilib, bir butun qurilma xosil qilinadi. Masalan: agar batereyada beshta perkolyator bo‗lsa, uning to‗rttasiga xom ashyo joylashtiriladi va birinchisiga pastki tomondan perkolyatorning yuqorigi xavo jo‗mragidan bir necha tomchi ajratuvchi oqib chiqqunga qadar ajratuvchi yuboriladi va ma‘lum vaqtga ivitish uchun qoldiriladi. So‗ngra ajratma ikkinchi perkolyatorga yon jo‗mragi orqali o‗tkaziladi, birinchiga esa yana pastdan toza ajratuvchi quyilib turiladi. Bu jarayon shu tarzda xamma perkolyatorlarda davom ettiriladi va to‗rtinchi perkolyatordan tayyor maxsulot quyib olinadi. Bu vaqtda birinchi perkolyatorda xom ashyo tarkibida ta‘sir qiluvchi modda qolmaydi, uni batareyadan ajratib, o‗rniga beshinchi perkolyator ishga tushiriladi. Endi toza ajratuvchi ikkinchi perkolyator orqali berilib, ajratma beshinchisiga quyib olinadi. Bu vaqtda 1 chi perkolyatordagi ta‘sir qiluvchi moddasi qolmagan xom ashyo olib tashlanadi va yangi xom ashyo solib, ishga tayyorlab qo‗yiladi. SHunday qilib. Bu usulda navbat bilan bitta perkolyator tayyorgarlik bosqichida bo‗lib, qolganlarida uzluksiz ish jarayoni davom etadi.

  • Bu qurilmalar tuzilishining murakkabligi va sex sharoitida ko‗p joy egallashi uning kamchiligi xisoblanadi. Olim va mutaxassislarning izlanishlari natijasida xom ashyo va ajatuvchi bir-biriga qarama-qarshi oqimda xarakat qilsa, ishlab chiqarish unumdorligi oshishi va o‗ta konsentrlangan ajratma olish mumkinligi isbotlangan. Bu usulda ishlashga asoslangan asboblar qanday tuzilishga ega bo‗lishidan qat‘iy nazar ish moxiyati bir xil bo‗ladi. Asbobning bir tomonidan uzluksiz ravishda xom ashyo, ikkinchi tomondan ajratuvchi tushib turadi. Ular bir-biriga qarama-qarshi yo‗nalishda xarakatlanishi natijasida diffuziya jarayoni tezlashadi va konsentratsiyalar farqi oshib boradi. qaramaqarshi tomondan kelayotgan ajratuvchi xom ashyodagi ta‘sir etuvchi modda bilan tobora to‗yinib boradi va xom ashyo tushadigan tomondan konsentrlangan ajratma quyib olinadi. Ikkinchi tomondan esa deyarli ta‘sir qiluvchi moddasi qolmagan xom ashyo tushayotgan toza ajratuvchi bilan yuviladi,siqiladi va chiqarib tashlanadi. Bu usulning afzalligi: jarayon avtomatlashtirilishi mumkin va nisbatan kam ajratuvchi sarflanib to‗yingan ajratma olinadi.

  • Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish. Bu usulda ajratma olish ajratuvchining uzluksiz aylanma xarakatiga asoslangan. Ajratma olinadigan qurilma uzluksiz va avtomatik tarzda ishlaydigan sokslet asbobiga o‗xshash ishlaydi. +urilma bir-biri bilan o‗zaro bo\langan kub ajratma olinadigan idish (ekstraktor), kondensator va to‗plagichlardan tashkil topgan. Ishlash tartibi: maydalangan xom ashyo ajratma oladigan idishga joylashtiriladi, ustiga bo‗kik (sifon) naychadan pastroq sathgacha ajratuvchi solinadi va ivitish uchun 24 soatga qoldiriladi. Ayni vaqtda ozroq ajratuvchi kub va to‗plagichga xam solinadi. Ivitish vaqti tugagandan so‗ng to‗plagich jo‗mragini ochib, ajratma oladigan idishning bo‗kik naycha satxigacha ajratuvchi quyiladi, bunda ajratmaning xammasi kubga tushadi. Kub qizib turganligi uchun ajratuvchi bug‗lanib, kondensatorda suyuqlikka aylanib, to‗plagichga, so‗ngra esa ma‘lum tezlik bilan ajratma oladigan idishga tushadi. Suyuqlik satxi bo‗kik naycha bilan tenglashganda yana ajratma kubga tushadi va jarayon shu tarzda davom etaveradi. Xar safar ta‘sir etuvchi modda kubda qoladi, ajratuvchi esa bu\ xoliga o‗tib, u kondensatorda suyuqlikka aylanadi va yana ajratma oladigan idishga tushadi. Xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda tugagach, u idishdan olib tashlanadi, kubdan ajratma to‗plagichga xaydaladi, xom ashyo idishdan olib tashlanadi va ajratma oladigan idishga yangi xom ashyo joylashtiriladi. Bu qurilmada qirqquloqning quyuq ekstrakti dietil efir yordamida olingan.

  • TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

  • Biofaol moddalarni ajratishda qanday usullardan foydalaniladi?

  • Ajratib olingan moddalarni qanday tozalanadi?.

  • Texnologik jarayonlarda qanday apparatlardan foydalaniladi.

    Download 19.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling