Mavzu: O’simliklar Dunyosi Reja


Download 86.5 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1189506
Bog'liq
Oʻsimliklar dunyosi


Mavzu: O’simliklar Dunyosi
Reja:
1. O’simliklar dunyosi
2. O’simliklarning oziqlanishi
3. O'simliklarning xilma-xilligi.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar

Oʻsimliklar —tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim o’simlik (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. O’simlikga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma o’simlikga tegishli emas, lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida o’simlik bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali o’simlikning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari o’simlik bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
O’simlikning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). o’simlik tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
Anʼanaga koʻra, XX asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. O’simlik dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak o’simlikga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha o’simlikni oʻz ichiga oladi.
O’simliklarningning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 mlrd. yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak Oʻ. — riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli Oʻ. (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.
Oʻsimliklar yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini o’simliklarning siz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan o’simliklarning anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda o’simliklarning atmosferadan S02gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil o’simliklarning atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. O’simliklarning organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi o’simliklar turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. O’simliklarning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. Oʻ.ning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham Oʻ. bilan bogʻliq.
Oʻ.ning gʻoyat xilma-xil turlaridan urugʻli Oʻ., asosan, gulli Oʻ. katta ahamiyatga ega. Urugʻli Oʻ. oziq-ovqat, kiyimkechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (qarang Madaniy oʻsimliklar). Odam juda katta maydonlarda madaniy Oʻ.ning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, o’simlikning xilma-xil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo o’simlikni koʻp miqdorda yigʻib olish va o’simlik boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda o’simlikni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (qarang Tabiashni muhofaza qilish). Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan o’simlik turlari kiritilgan. O’simlikni botanika fani oʻrganadi.
Oʻzbekiston oʻsimliklar dunyosi xilma-xil boʻlib, xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti (Botanika ilmiy-i. ch markazi)da olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, oʻlkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari borligi maʼlum boʻldi. Bularning aksariyat qismini qoqioʻtdoshlar (260 ga yaqin tur) karamdoshlar, yalpizdoshlar, shoʻradoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, yoronguldoshlar, govzabondoshlar, raʼnodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi.
Oʻzbekiston florasi paydo boʻlishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarining ummumiy oʻxshashligi jihatidan Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afgʻoniston oʻsimliklar dunyosiga juda yaqin turadi. Oʻzbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika xududida quruqlikdagi yuksak oʻsimliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyutsion davrlarga oid oʻsimlik qoldiqlari borligini koʻrsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum choʻllaridan bir vaqtlar bu yerlarda oʻsgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan.
Oʻzbekistonda oʻsimliklar oʻsmaydigan joy yoʻq. Ularni tekislikdagi qumli choʻllardan tortib, qorli baland togʻlargacha boʻlgan turli relʼyef va tuproq sharoitida uchratish mumkin. Oʻzbekiston oʻsimliklarning tarqalishini yoritish uchun tavsiya etilgan 4 tik (vertikal) mintaqa (choʻl, adir, togʻ, yaylov) asos qilib olindi. Har bir mintaqa oʻziga xos relʼyef, iqlim, tuproq va oʻsimliklar dunyosiga ega.[1]
Quyidagilar o‘simlik dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:

  • yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;

  • yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;

  • kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;

  • yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.

Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
O'simliklar dunyosini ahamiyati. O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.
O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi.
O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo resursidir.
O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz yuzsining guyoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson hyoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o'simlik turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi.
2. Inson xo'jalik faoliyatida yangi o'rmonzorlar tashkil etish, madaniy o'simliklarni ko'paytirish, yaylov va o'tloqlar sifatida yaxshilash va territoriyasini kengaytirish hisobiga o'simliklar maydonini ko'paytirib boradi. Buning ustiga ilg'or agrotexnikani qo'llab ekilgan ekinlarda yashil masslar miqdoritabiiy o'simliklarga nisbatan yuqori bo'ladi, yashil o'simlik massalrining miqdori botqoqlik va zahkash erlarni quritish, tuproq sho'rini yuvish, erlarni sug'orish, o'simliklarga mineral va organik o'g'itlar solish, o'simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o'simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko'paytirib boriladi. Bularning hammasi insonning o'simliklar dunyosiga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siridir.
Yog'och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq xo'jaligini turli sohalarida, jumladan oziq-ovqat etishtirishda, kimyo va yoqilg'i sanoatida, mudofada, madaniy-oqartuv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda ham keng foydalanilmoqda. Agar bundan 30 yil ilgari yog'ochdan 4-5 ming xil narsa tayyorlangan bo'lsa, Hozir undan 20 ming xil narsalar ishlanmoqda.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari hozirgi zamonda yog'och kimyo sanoatining xom ashyo resursiga aylanib qoldi. Kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qog'oz, sun'iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar, nitrolak, sun'iy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, sun'iy kauchuk va boshqa juda ko'p mahsulotlar olinmoqda. 1 m3 yog'ochni kimyoviy yo'l bilan qayta ishlaganda kuyidagi mahsulotlarni olish mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog'oz, yoki 6000 m3 sellofan yoki 5-6 l yog'och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun'iy tola.
O'rmonlar kishilik hayotida oziq-ovqat manbai hamdir. Chunki juda ko'p daraxtlar sifatli meva (kedr, grek va pekan yong'og'i, non daraxti, kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do'lana, bodom, pista va boshqalar) beradi. So'nggi paytlarda o'rmondan kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qand moddasi ham ajratib olinmoqda. 1 t yog'ochdan gidrolizlash yo'li bilan 550-650 kg gacha qand olish mumkin. Shuningdek, yog'ochdan oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan achitqilar ham olinmoqda.
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi.


Xulosa
O’zbekiston tabiatining ko’rkamligi uning hududida nolir tabiat go’shalarini (ajoyib soy, jilg’a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, xar xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g’orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar) tabiiy holicha saqlab qolishga bog’liq. Lekin so’ngi yillarda noo’rin har xil sog’lomlashtirish obyektlarini qurish, sayyoxlarning tabiatga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lishi, har xil qurilishlar (suv ombori, ariqlar qazish, chorvachilik majmualari va boshq.) sababli o’shaxushmanzara joylarga putur yetkazmoqda. Bizning maqsadimiz manzarali xushtabiat joylarni (tabiat yodgorliklarni) iloji boricha o’z holicha saqlab,kelgusi avlodlarga qoldirish.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1.P. Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T.: 1991.
2. Sh.A. Shirinboev, M.G. Safin. Atrof – muhitni muhofaza qilish. Samarqand – 2003 y.
3. A. Yergashev. Umumiy ekologiya. T.: 2003 yil.
4.O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to’g’risida milliy ma’ruza. T.: -2006 y.
Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling