Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish
I.2.YUKSAK 0‘SIMLIKLARNING ORGANLARI, TO‘QIMALARI VA FUNKSIONAL TIZIMLARI
Download 1.33 Mb.
|
REFARAT o\'simliklar fizalogiyasi
I.2.YUKSAK 0‘SIMLIKLARNING ORGANLARI, TO‘QIMALARI VA FUNKSIONAL TIZIMLARI
Yuksak o‘simliklaming tanasi ikkita katta qismdan, ya’ni poya va ildizdan iborat, bo‘lib ular o‘simlikning asosiy o‘zagini (o‘qini) tashkil qiladi. Poya novda, barg, vegetativ kurtaklar (apikal va yon), gullar va mevalami o‘z ichiga olsa, ildiz tizimi-asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlardan tashkil topgan. Poya-tayanch va o‘tkazuvchanlik vazifasini, ko‘pchilik o‘simliklarda esa vegetativ ko‘payish organi hisoblanadi. Ztarg-havodan oziqlanuvchi maxsus organ bo‘lib fotosintez, gaz almashinuvi va transpiratsiya jarayonlarini amalga oshiradi. 7/J/z-tuproqdan oziq tortuvchi maxsus organ bo‘lib suv va mineral tuzlami yutadi hamda o‘simlikning tuproqga birikib mustahkam turishi uchun xizmat qiladi. Vegetativ kurtaklar poyaning o‘sishi va shoxlashi uchun xizmat qiladi. Generativ organlar esa o‘simlikning jinsiy ko‘payishi uchun xizmat qiladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan organlaming har biri bir nechta to‘qimalardan, ya’ni ma’lum bir fiziologik vazifani bajaruvchi va morfologik tuzilishi jihatidan o'xshash hamda ushbu fiziologik funksiyani bajarilishini ta’minlovchi hujayralar guruhidan iboratdir. Masalan, qoplovchi to'qimalarga epidermis, rizoderma, periderma va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. 0 ‘simliklarda butun organizm uchun xos bo‘lgan funksional tizimlar ham mavjud. Ushbu funksional tizimlaming har biri maxsus hujayralar va bir nechta tip to'qimalardan tashkil topgan. Bular avtotrof tizim (barglar), tuproqdan oziqlanish (ildizlar), 0 ‘simlikning ichki organi sifatida qarash mumkin bo'lgan o‘tkazuvchi tizim tomirlari, tayanch tizimi (mexanik va boshqa to‘qimalar), harakatlantiruvchi tizim (cho‘zilish zonasi va qaytar turgor-plazmoliz holati hujayralari). 0 ‘simlik organizmining barcha xususiyatlari uning oziqlanishi bilan bog‘liqdir. 0 ‘simliklaming hayvonlar singari oziq qidirishi shart emas. Chunki uning oziqlanishi uchun zarur CO2 suv, mineral tuzlar va yorug‘lik o‘simlik organizmining asosiy funksiyalari va ular orasidagi o‘zaro aloqani quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin: Sxemadan ko‘rinib turibdiki, ushbu tashiluv hujayralari bir-biri bilan hujayra devorlari va plazmodesmalar bilan tutashgan bo* lib, 0‘simliklar moddalar almashinuvining markazida ulaming tashiluvi turibdi va u o‘simliklar tanasida uzluksiz bir necha bosqichlardan iboratdir. Ammo moddalaming uzoqqa tashiluvining asosiy yo‘li bolib, ksilema va floema to‘qimalaridan tashkil topgan o‘tkazuvchi tizimlar hisoblanadi. Binobarin, yuksak o‘simliklar murakkab biologik tizim boMib, uning funksional faolligi 10-15 dona organning va 30-40 dona maxsus to‘qimalarning hamda bir necha o‘n guruh hujayralaming faoliyati tufayli ta’minlanadi. Yopiq urugMilarda hujayralaming 80 donaga yaqin hujayra tiplari qatnashadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, sodda hayvonlaming eng birinchi vakillaridan boMgan gidraning tanasi ikkita to‘qimadan, ya’ni ektoderma va endodermadan iborat boMib, ularning tarkibiga 10 dona atrofidagi har xil hujayralar kiradi. Chuvalchanglarda esa 10-12 dona atrofidagi maxsus to‘qimalar farqlanadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling