O`smirlik davri inqirozi shaxs shakllanishiga muayyan ta`sir ko`rsatadi. Inqiroz belgilari:
Negativizm – kattalar talablariga uning mazmuniga qarab emas, balki talab aynan ular tomonidan qo‘yilayotganiga reaksiya ko‘rsatish bo‘lib, o‘z xohishlariga qarshi borib bo‘lsa ham kattalar talablarini aksini qilish. O‘smirning atrofdagilar bilan munosabatlarida agressiv, janjallarga moyil, intizomni tez-tez buzish hollari uchraydi. SHu bilan birga ichki xotirjamlikning mavjud emasligi, o‘zidan qoniqmaslik, yolg‘izlikka intilish kuzatiladi. O‘g‘il bolalarda negativizm qizlarga nisbatan yorqinroq va tez- tez kuzatiladi hamda qizlarga nisbatan kechroq, taxminan, 14-15 yoshlarda boshlanadi.
O‘quv faoliyati mahsuldorligini pasayishi. Ijodiy ish (masalan, insholar yozish) bajarishda regress namoyon bo‘ladi. Mexanik tarzda bajariladigan vazifalarni avvaldagidek, yaxshi bajarishi mumkin.
Inqiroz vaqtida o‘smirlar xulq-atvori doimo negativ xarakterda bo‘lavermaydi. L.S.Vigotskiy xulq atvorning uch xil variantini ko‘rsatib o‘tadi:
- negativizm o‘smir hayotining barcha sohalarida aniq ifodalanadi. Bir necha hafta va undan uzoqroq davom etishi mumkin. Ta’sirchanlik, quloqsizlikda namoyon bo‘lib, bu holat 20% o‘smirlarda uchrashi mumkin.
- negativizm ba’zi hayotiy vaziyatlarda muhitning salbiy ta’sirlariga nisbatan yuzaga keladi ( oilaviy nizolar, maktab vaziyati va h.) va deyarli 60% o‘smirlarda kuzatilishi mumkin.
- negativ holatlar 20% o‘smirlarda namoyon bo‘lmasligi ham mumkin.
O`smirning psixik taraqqiyoti shaxsning o`z-o`zini anglashi bilan bog`liq. - Individning o`zi haqidagi barqaror tasavvurlari tizimi.
O`z-o`zini anglash
- Shaxsning o`z-o`zini bilishi, meni haqidagi obraz.
O`z-o`zini anglash
O`smir shaxsining rivojlanishida o`z-o`zini baholash alohida ahamiyatga ega.
O`smirning o`z-o`zini baholashi kichik maktab yoshiga nisbatan barqarorlashadi.
O`smirlardagi adekvat o`z-o`zini baholash o`z-o`zini tarbiyalash imkonini beradi. Bu o`smirning ideallarida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |