Mavzu: O`spirinlik davrida oquv faoliyati. O`spirinlarda kasb tanlash muammolari va yechimlar
Download 155.1 Kb.
|
Ilk o\'spirinlik davrida o\'quv kasbiy faoliyatining yetakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muamosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari
- O’quv faoliyati va aqliy rivojlanish
- E`tiboringiz uchun rahmat
Ilk o'spirinlik davrida o'quv kasbiy faoliyatining yetakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muamosi.Reja:
O’spirinlik davrining psixologik xususiyatlariO’spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davridir.Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o’quv yurtida o’qishi uchun yetarli bo’ladigan g’oyaviy va ma’naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo’lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko’rsatkichidir. Ilk o’spirinlik davrida mehnat va o’qish asosiy faoliyat sifatida muhim o’rin egallaydi. Ilk o’spirinlik yoshida jo’shqin kuch-g’ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanishning xarakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o’quv faoliyati tomonidan qo’yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o’spirinlik davrida o’quvchilarning ahloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo’li bilan hal etiladi. O’smirlik davrida shaxsning rivojlanishida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi bu albatta ilk o’spirinlik davridan keskin farq qiladi. Uning ijtimoiy faoliyati ko’pincha maktabdan tashqariga chiqadi ya’ni u odatda maktabda tashkilotchilik rahbarlik va tarbiyaviy fuktsiyalarni bajaradi. Ravshanki uning jamiyatdagi mavqei keskin ravishda o’zgaradi va shaxsning shakllanishiga muhim ta’sir etadi. Ilk o’spirin yoshidagi o’quvchilar o’zining kuchli va ojiz tomonlarini o’zning ustunlik va kamchiliklarni o’smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o’smir tomonidan o’z o’ziga baho berish birmuncha ob’ektivroq bo’lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o’spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya’ni yoshning ortishi bilan unda o’z shaxsini o’z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an’anasi kuchayadi. O’z o’ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. O’z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o’zlariga nisbatan ob’ektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o’zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar. Ilk o’spirinlik davrida endi shaxsning ko’p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O’smir o’zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho bersa ilk o’spirin o’zining kelajagiga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. O’quv faoliyati va aqliy rivojlanish
V.A.Suxomlinskiy tomonidan quyidagi fikr ilgari suriladi ya’ni yuqori sinflardagi o’qishning qiyinchiliklari shu narsa bilan bog’langanki ilgari faktlarni mustaqil ravishda tahlil qilmasdan o’tilgan narsalarni esda saqlab qolish xulosalarni yodlab olishga qaratlgan yo’l-yo’riqlar qaror topgan edi. Ayrim yuqori sinf o’quvchilarining qiynalishlariga sabab shuki ular tevarak-atroofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar ana shu bilmaslik shuning uchun ham sodir bo’ladiki umumlashtiruvchi tushunchalar xulosalar fikrlar hodisa va faktlarni tadqiq qilish yo’li bilan tarkib topmaydi balki yodlab olinadi. 8 sinfgacha ish mazmuni va usullarida katta farq bo’ladi bu vaqtda o’rgatmasdan ham o’rganish mumkin, 9-10 sinflarda har qadamda muammolar paydo bo’lib turadi. Katta yoshdagi bolalarning o’zlari ko’plarimiz 9 va 10 sinflarda o’qishga yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganmiz deb ta’kidlaydilar. Ularda o’quv materiali ustida mustaqil ishlash mahorati yo’q o’qishdan tashqari boshqa manbalardan olingan materiallarni yaxshi o’zlashtira olmaydilar. V.A.Suxomlinskiy O’smirning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishi dearli butunlay o’qitishning sifati va darajasi bilan belgilanadi. Ilk o’spirinlik davridagi o’quvchilarning o’quv fanlariga tanlab munosabatda bo’lishining boshqa muhim sababi ham bor bu sabab ularning ko’plarida o’z kasbiy maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan va qaror topgan qiziqishlarning mavjudligidir. Tadqiqotlar shuningdek ilk o’spirinlarning o’qishga munosabati o’qituvchining dars berishida ularning individual xususiyatlarini qanchalik ko’zda tutishiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Agar o’qituvchi o’rtacha o’qiydigan o’quvchining imkoniyatlarini ko’zda tutib ish ko’rsa o’qishga qiziqish pasayadi. Kuchli o’quvchilarda o’qishga qiziqishning birmuncha pasayishiga sabab shuki ular o’qishga o’zlarining bor imkoniyatlarini sarflamaydilar bo’sh o’quvchilarda o’qishga qiziqishning pasayishga sabab shuki ular materialni o’zlashtirishning uddasidan chiqmaydilar. E`tiboringiz uchun rahmat
Download 155.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling