Mavzu: ot da ko`p protsessorli simmetrik qayta ishlash
Download 20.8 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu ot da ko`p protsessorli simmetrik qayta ishlash
2.Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi. Super Kompyuterlarga AQSH energetika vazirligining Sandiya laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red Kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda. Shuni qayd lozimki, superKompyuterlarning ma‘lum yo‘nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari xam mavjud. Bu yerda Kompyuterlar tezligini o‘lchovi – Linpacr parallel testida 1 TFLOPS-bu 1000 GFLOPSga teng, 1 GFLOPS esa-1000000 FLOPS ga, 1FLOPS- sekundiga 1000 amalga teng. Xususan bu Kompyuterlar yadro sinovlarini va eskirgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi.
MPP – bu har bir protsessor o’zining operatsion tizimi va xotirasidan foydalangan holda, dasturning turli qismlarida ishlaydigan bir nechta protsessorlar tomonidan dasturni kelishilgan holda qayta ishlash; Odatda, MPP protsessorlari ba’zi xabarlar interfeysidan foydalanib aloqa o’rnatadilar. Ba’zi bir dasturlarda 200 yoki undan ko’p protsessorlar bitta dasturda ishlashlari mumkin. Ma’lumot yo’llarini “o’zaro bog’lash” tartibi protsessorlar o’rtasida xabarlarni yuborish imkoniyatini beradi. Odatda, MPP uchun sozlash yanada murakkabroq bo’lib, protsessorlar orasida umumiy ma’lumotlar bazasini qanday bo’lish va protsessorlar orasida qanday ishlashni tayinlashni o’ylashni talab qiladi. Foydalanuvchi o’zi ulangan protsessorning mantiqiy raqamini aniqlab, boshqa protsessorlar bilan xabar almashishni tashkil qilishi mumkin. Katta parallel arxitektura mashinalarida operatsion tizimning ikkita variantidan foydalaniladi: - Birida to’liq ishlaydigan operatsion tizim faqat boshqaruv mashinasida ishlaydi (old tomonda) va operatsion tizimning qisqartirilgan (kesilgan) versiyasi har bir alohida tugunda ishlaydi va unda joylashgan parallel dastur bo’limining ishlashini ta’minlaydi. 138 - Ikkinchi versiyada har bir modulda to’liq versiyasi o’rnatiladi, ko’pincha UNIX-ga o’xshash tizimda ishlaydi. MPP arxitekturasi afzalliklari: - Unumdorlik; - Tezkorlik (SMP tizimiga qaraganda 50 baravar tezroq); - Masshtabiylik va parallellik; - Narxi va yuqori imkoniyati; - O’tkazish qobiliyati (o’qish va yozish). MPP arxitekturasi kamchiliklari: - Umumiy xotiraning yo’qligi protsessorlararo ma’lumot almashish tezligini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki protsessorlar o’rtasida almashish uchun mo’ljallangan ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy vosita yo’q. - Protsessorlararo xabar almashishni amalga oshirish uchun maxsus dasturlash texnikasini talab qiladi; - Har bir protsessor cheklangan miqdorda lokal xotiradan foydalanishi mumkin; - Murakkablik - ushbu arxitektura kamchiliklari tufayli tizim resurslaridan maksimal darajada foydalanish uchun jiddiy harakatlar talab etiladi; - Bu esa MPP tizimlari uchun dasturiy ta’minotning yuqori narxini belgilaydi. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling