Mavzu: Ota-ona birinchi tarbiyachi
Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri
Download 70.36 Kb.
|
1.2.Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.
Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan. Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34). Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun targ’ib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz» 1.Hakiqiy musulmon erkak kishi Muhammal Payg’ambarning fikricha kuyidagi koidalarga rioya kilishi kerak: 1. Xotini bilan hamisha yaxshi muomalada bo‘lishi. 2. Agar ular (xotini) juda bema’ni ish qilishmasa, ularga ozor bermaslik va mabodo noo‘rin ish qilgan taqdirda ularni beozor urish mumkinligi. 3. Har qanday holatda ham ayolga qarshi hech qanday ish qilmaslik. 4. Chunki erkakning xotinida va o‘z navbatida xotinni o‘z erida ham haki borligi. 5. Erga yoqmaydigan kishilarni uyga kiritmaslikni talab kilish. 6. Xotinni eridan o‘ziga nisbatan yaxshi boqishini va yaxshi kiyintirishini talab qilishga xaqli ekanligi. Bu borada erlarni xotini bilan yaxshi yashashi hakida Qur’oni Karimda shunday deyiladi: «Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr kilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin» (Qur’on, Niso surasi ). Haqiqiy musulmon kishi islom dini qadriyatlariga amal qilmasligi mumkin emas. Hatto uyga kirar ekan, u birinchi bo‘lib xotini va bolalariga salom berishi va ularga yaxshilik tilashi kerak. «...Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalom alaykum», denglar») (Nur surasi). Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolalaringiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir» 1.Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: ... U eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi). U sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi». Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi. Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...»2. Bu nafakat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir. Shohjahon Jamna daryosi bo‘yiga o‘z umr yo‘ldoshi Arjumandbonu begimga atab qurilgan Tojmahal maqbarasi buyuk insoniy muhabbat, sadoqatga qo‘yilgan haykaldir. Maqbara (arab, marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sagʻana). M. usti qubbali chortoqli bino boʻlib, ramziy gʻoyalarni oʻzida ifodalagan. Chortoq - yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba - osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. Shohjahon shu maqbaralarni tiklaganda jon bergan... Ko‘zi yumilmay ochiq qolgan. Erkaklar, ayollar o‘z umr yo‘ldoshiga mehribon, oqibatli, sadoqatli bo‘lgan, sevgini o‘z qalbida beg’ubor saqlashi shikast etkazmay, ma’naviy kamoloti darajasining ko‘rsatkichidir. O‘zbeklar hamma vaqt farzand ko‘rishni baxt, farzandsizlikni baxtsizlik deb qadrlaganlar. «Bolali uy bozor». Bolalar tashvishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni ham ota-onalar ichki bir mas’uliyat sifatida quvonch bilan, quvonch aralash tashvish bilan bajaradilar. Bolalarining tashvishi qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ota -onalar hech vaqt buni o‘zlari uchun og’ir yuk deb bilmaydilar. Ba’zan ishdan charchab yoki biror narsadan ranjib qolganlarida bolalarning g’alvasi ortiqcha... Ota-ona uchun ko‘p farzandlari o‘ynab yurgan uy hech vaqt tor bo‘lmaydi. Bolalarsiz huvillab qolgan, bahaybat xonadon tor ko‘rinadi. Bolalar oiladagi ma’naviy muhitnigina emas, balki er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatni ham mustahkamlaydi. Farzandli oilalarda er bilan xotinlarning birbiriga bo‘lgan hurmati oshadi... Bolalarning ko‘pchiligi ulg’aygani sari ota - onaning bir - biriga kerakliligi yanada oshadi. Farzand bo‘lmasa har qanday kuchli muhabbat ham darz keta boshlaydi, farzandsiz turmush bo‘lmaydi. U har qanday oila uchun ham fojeadir.Ota -ona hamda farzandlar o‘rtasidagi ishonch, xurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustahkamlanganligining yana bir zaminidir. Shariatda oilaviy turmushning ma’naviy, huquqiy asoslari keng yoritib borilgan. Ulardan biri - har bir yigit o‘zi uylanadigan qizni, qiz esa yigitni ko‘rib, bilib olmog’idir.O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O‘zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar. Oilada ayolning o‘ziga xos mavqei va o‘rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti, san’ati va falsafasi milliy g’oyasida aks etadi. Shuningdek ayollarining go‘zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi1. Onaga bo‘lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo‘shiladi. «Xalqimiz orasida Ona so‘zi muqaddasdir, uni tushunmaganlarning aqli pastdir», - degan xikmat mavjud. Milliy istiqlol g’oyasi Onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go‘zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o‘z qadr-qimmatini anglab etishiga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g’oyasi orqali mujassamlashtirgan. Farzandning har bir hohish-istagini bajo keltirish, bir aytganini ikki qilib tutqazish, qimmatbaho kiyimlar, taqinchoqlar olib berish noto‘g’ri ish bo‘lib, o‘z avlodini o‘z qo‘li bilan bebaxt qilish, jahannamga otish demakdir. Ey mehribon ota-ona! Ehtiyot bo‘l! Shaytonning aldashiga, hiylasiga uchma! Nafsning so‘zlariga quloq solma! Bryligim, qo‘sha-qo‘sha mashinam, dang’illama uy-joyim, mulkim, davlatim bor deb shaytonning befahm sherigi bo‘lmagin! O‘lar ekansan, dunyodan bir chaqa ham olib ketmaysan. O‘zingga kel, esingni yig’! Diningni sev, bola-chaqangni dinni sevadigan qilib tarbiya ber. Avlodni dinsiz etuvchi – otadir, muhitdir, yurtdir. Allohga shukmlar bo‘lsinki, mustaqil O‘zbekistonimizda – ona Vatanimizda diniy bilimlar olish sharoit yaratildi. Ta’lim va tarbiya dinga, Alloh va Payg’ambarimiz (S.a.v.)ning amrlariga uyg’un bo‘lishi kerak. Jannat rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizning faqat dunyoga havasi, moddiy ehtiyojlarinigina o‘ylab, ma’naviyatini unutmaylik. Bir dono ota o‘z farzandiga shunday nasihat beribdi: Ikki eahonda sadoqatli bo‘layin desang quyidagi pandu-nasihatlarga amal qil!– Ey farzand, vijdonli bo‘l! Haq Subhonahu va taolo rahmatidan noumid bo‘lma, qanchalik dono bo‘lsang ham o‘zingni shunchalik nodon deb tasavvur qil. Shunday qilsang yanada donoroq bo‘lasan. Ilmu donishing qanchalik ko‘p bo‘lsa ham yana ilm tahsil qilaver va bu ilmni o‘z joyida ishlat! Aytgan so‘zingni takrorlayvermaki, uni eshitish vaqtni bekorga o‘tkazishdir. Omi odamga omiyona, olimga olimlarcha tushintir, so‘zni har bir odamning fahmu-farosatiga muvofiq gapir. Gapiruvchining so‘zidan kimligini bilishni o‘rgan. Chunonchi, hazrati Ali – Alloh uning yuzini mukarram qilsin – aytadilar: “Kishiningziynati taylasoni (choponi)da emas, balki lisoni (tili)dadir”, - deydi. Odamlardan biror narsa eshitsang, unga amal qilayotgan vaqtda ehtiyot bo‘lginki, xalq ichida da’vo va g’avg’o yuz bermasin. Har bir ishda o‘rtacha yur. Qanchalik mukammal bo‘lsang ham, o‘zingni kamroq his qil. Gavhar bilan emas, hunar bilan faxrlan. Ota fazilati bilan emas, o‘z fazilating bilan keril! Chunonchi hazrati Ali – Alloh undan rozi bo‘lsin – aytadi: “Insonning sharafi asli va nasli bilan emas, balki fazli va adabi bilandir”. Ey farzand! YoLg’ondek tuyuladigan rostni gapirishdan ehtiyot bo‘l! Sendan biror narsa haqida so‘rasalar, qanchalik mukammal mag’rurlanma. Dunyoda ranju-kulfat tortmayin desang, senga ishonib aytilgan sini oshkor qilma! Ma’lumki, shu Sharqda, oila tushunchasi, oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g’risida emas, balki oilasining qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g’risida g’amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir 1.Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub’ekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Uchinchidan , oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg’ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog’lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir. To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham tarbiyalanadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g’am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg’ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar. Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy madaniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi. «Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘’jizalari bilan tanishtirib borish, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasining 8-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, - barcha ota-onalar va tarbiyachilarimizning asosiy vazifasi bo‘lmog’i kerak» 1.Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi 2.Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g’oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g’urur, milliy iftixor, Milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtdagi ta‘lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash O’zbekiston respublikasining ―Ta‘lim to’g’risida‖gi Qonunida ta‘lim muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri ―bola shaxsining to’laqonli rivojlanishida oila bilan o’zaro hamkorlik qilish‖ deb ko’rsatilgan. Bu ustuvor yo’nalish ta‘lim sohasida olib borilayotgan ishlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. Bolalarni tarbiyalash ota-onalarni pedagogik bilimlarini oshirish bilan chambarchas bog’liq. Ota-onalar tomonidan bolaning xarakteriga asos solinadi, uning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlari shakllanadi. Har bir oila farzandini o’zicha tarbiyalaydi, ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli darajada malakali pedagogik yordamga muhtoj bo’ladi. Lekin, hamma ota-onalar ham bu yordamni qabul qilmaydilar. Bolani kuzatayotgan, uning muammolarini biladigan pedagogning vazifasi ota-onalarni hamkorlikka jalb qilish yoki ularni pedagogik tamoyillarni tushunish va bilishga yo’naltirishdi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan farzand yashayotgan va tarbiyalanayotgan, maktabda o’qiyotgan oilalar turli bo’lib, bular oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, ota-onalarning ma‘lumoti, ularning tarbiya muammolari bo’yicha xabardorligida namoyon bo’ladi. Bolalar-va ota-onalar o’rtasidagi munosabatlarda muammolar, qiyinchiliklar kelib chiqadi. A.S. Spivakovskayaning ma‘lumotlariga ko’ra ota-onalar o’tkasida o’tkazilgan so’rovnomalar ularning korreksiyalash masalalari bo’yicha pedagoglarga murojaat etmasliklarinig sabablarini ko’rsatgan. Bularga: - ota-onalar qiyinchiliklarga e‘tibor bermasliklari; -noqulay deb hioblashlari, chunki bu turdagi maslahatlar pedagogning vazifasiga kirmaydi;
Ota-onalar erkin, o’zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda maktab hayotiga kirib borib bolaning maktabdagi faoliyati, pedagogning bolalar bilan muloqot qilish usuli bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. Ota-onalarga farzandining o’qish va boshqa faoliyatini uzatishga ikon berib pedagoglarning bolalarga munosabati, g’amxo’rligi, diqqat-e‘tiborini ko’rstish ularning maktab xodimlariga bo’lgan ishonchini orttiradi. Ota-onalar uchun maktabning ochiqligi ularning pedagogik bilimlarini, kompetentligini oshirishga yordam berishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -bolaning maktabda va oilada hissiy, ma‘naviy va jismoniy ehtiyojdarini qondirish; -maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik; -bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi; pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani, ota-onalar tomonidan- jamiyatda tarbiyalash shartlarini e‘tiborga olinishi. Maktab yo pedagogik dialog bilan kirib borib oila bolaning tarbiyasibo’yicha aniq bilimlarga ega bo’ladi, mutaxassislarning ish shakllari, usullari bilan tanishadi, oilada tarbiyalash mahoratiga ega bo’ladi. Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bo’lib, uning vazifasi rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning hayoti sifatini oshirish va maktab, oila sharoitida rivojlantirishdir Pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorligi pedagogning kasbiy mahoratining o’sib natijasidagina amalga oshadi. Korreksion pedagogika,p sixologiya va boshqa sohalar bo’yicha bilimlar bilan qurollangan pedagog ota-onalarbilan bemalol muloqot qila oladi, ular bilan rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan muammolarni hal etishda sherikchilik iladi. Bunga maktabning oila uchun ochiligi imkon yaratadi:
Pedagoglar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. To’g’ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega bo’ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar o’rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bo’lishi kerakki, ota-onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg’onsin. Ikkinchi, yanada ahamiyatli bo’lgan vazifa – oilani pedagogik ko’nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzdatashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana o’zining farzandinitarbiyalashdagina ema, balki butun sinning tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini ko’rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini to’ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, o’zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi. Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi: - oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o’rganish; - oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bo’yicha guruxlash; • pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bo’yicha dastur tuzish; • tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;. Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning o’rtasidagi munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar to’sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, o’ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun pedagoglarning o’zlari tashabbus ko’rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib ko’pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-tuman usullarini ishlab chiqish mumkin. Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi 1.
2. ota-onalarning qobiliyatlaridan ba‘zan mashg’ulotdar o’tishda foydalaniladi; 3.
yordamchilarga aylanadilar; 4.
beradilar; 5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan ko’p masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadilar; Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir malakalarni o’rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari ko’payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bo’lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam vaqo’llab-quvvatlash ota-onalarga o’zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning hamkorligi muhim bo’lib uning samarali bo’lishi pedagog va ota-onalarning bir fikrdaligidan kelib chiqadi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning shaxsni shakllanishida va rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur. Ota-onalarning bola hayotida faqatgina uyda emas, balki maktabda ham ishtiroki: • dunyoni bolalar pozitsiyasida ko’rishga; • farzandiga o’ziga teng sifatida qarashga; • bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e‘tiborga olish; • bolani hissiy o’llab-quvatlashga tayyor bo’lish; -bola bilan ishonchli munosabatlar o’rnatish, uning ishlarida ishtirok etish, uning quvonchlari va g’amlarini birgalikda sezish imkonini beradi. Zamonaviy tadqiqotlar bolaning tarbiyasida oilaning asos ekanligini ta‘kildaydi va oiladagi tarbiyaning kuchi va turg’unligini beglilaydigan omillarni ko’rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi: 1. chuqur, hissiy xarakterga ega bo’lgan ota-onaning farzandga bo’lgan sevgisi va unga javob hislar; 2. onaning, otaning va boshqa oila a‘zolarining tarbiyaviy ta‘sirining doimiyligi va uzoq davom etishi; 3. ilk yoshdanoq bolaning turli faoliyatga jalb etish. Pedagoglar va ota-onalar birgadikdagi harakatlari, intilishlari bilan istalyotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak. Ota-onalar va pedagoglar quyidagilarni esda saqlashlari lozim: - bola shaxs va biz uning individualligini qo’llab-quvvatlashimiz zarur; -ota-onalarda va pedagoglarda bola unga yordam berishga tayyor insonlarni ko’rishi, his etishi lozim; • pedagoglar bolalarda ota-onalariga bo’lgan beqiyos hurmat hissini tarbiyalashlari lozim; -ota-onalar bolada pedagogga nisbatan ishonch hissini tarbiyalashlari va guruxning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim; Ota-onalar va pedagoglar tarbiyaga bo’lga munosabatini o’zgartirishi, yoshining psixologik xususiyatlarini bilish asosida bola bilan dialoglar o’tkazishni;
Maktab va oilaning hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi: • oilaga tashrif buyurish; • suhbatlar, shkola roditel rebenok otkloneniye • maslahatlar; -ota-onalar majlislari, seminar-praktikumlar; • ochiq eshiklar kuni; • ochiq darslar, mashg’ulotlar; • ota-onalar konferensiyalari; • so’rovnomalar o’tkazish; • yaxshi ishlar kuni; • ma‘lumot kechalari; • stol atrofidagi muhokamalar; • maktab mutahassislari bilan uchrashuv kechasi; (psixolog, logoped. metodist, vrach); • adabiyotlar kechasi; • sport musobaqalari; • dam olish kechalari; • xalq bayramlari;. Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashning eng samarali shakklaridan –bular stol arofidagi suhbat, tajriba almashish, so’rovnoma, yangi metodik adabiyotlar bilan tanishish, ochiq eshiklar kuni, yakka tartibdagi maslahatladir. Bayramlar umumiy ishning sevimli qismidir. Bayramlarda ota-onalar to’laqonli ishtirokchilar bo’lib, yangiliklar bilan tanishadilar, g’oyalar almashinadi, amaliy maslahatlar, bayram liboslarini tayyorlash bo’icha ishlar maslahatlashiladi. Bunday yondoshuv ijodiy hamkorlikka undaydi, ishonch uyg’otadi, ko’p muammolarni hal etadi. Oilada rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalashda, uning shaxsini rivojlantirishdagi ijobiy muhitni yaratishda eng avvalo, psixologik-pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lish lozim. Ota-onalarning pedagogik madaniyatini va maktadagi hamkorlik jarayonidagi ishtiroki darajasini aniqlashda ijtimoiy-pedagogik mktodlardan so’rovnoma, test, yakka suhbatlar, oilaga borish, bolalar va klarning ota-onalarini kuzatish metodlarini qo’llash mumkin. Ota-onalarning toifalariga bog’liq ravishda yangi faol ish shakllaridan ―stol atrofidagi yig’ilishlar‖, auksionlar, ko’rgazmalar, viktorinalar, pedagogik kaleydoskoplar, disputlar, qiziqishlari bo’yicha klublar, tanlovlar, ―Savol-javob kechalari‖dan foydalaniladi. Hamkorlikni tashkil etishda pelagoglarning o’zlarini ham kasbiy malakalarining darajasini oshirish zamonaviy talablardan,ta‘limni modernizatsiyalashga bo’lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Maktab va oota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi quyidagilardan o’z ichiga oladi: 1. bolalarni tarbiyalash ishida maktab va oilaning birligi; 2.pedagoglar va ota-onalar o’rtasida o’zaro ishonch, bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarini va tarbmiyachilar sifatida o’zlarining vaziflarini tushunish; oilada pedagogning, maktabda ota-onalarning hurmatini mustahkamlash; 3. ijobiy tanqid va o’z-o’zini tanqid asosida to’g’ri munosabatlarni o’rnatish; 3. rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalashda o’zaro yordam; 3. oilada tarbiyalashning eng maqbul tajribalarini o’rganish va ularni ota-onalar o’rtasida tashviqot qilishi, maktab ishida oilada tarbiyalashning ijobiy metodlaridan foydalanish; 3. maktabning oila bilan ishlashida turli ish shakllaridan foydalanish: ota-onalar va oilaning boshqa a‘zolari bilan tanishish, maslahatlar, ota-onalarning guruxli va umumiy majlislari, konferensiyalari, ota-onalar universitetlari, tashviqotning ko’rgazmali shakllari; 3. ota-onalar bilan individual va guruxli ishlash shakllari bir-birini to’ldiradi. Ota-onalar bilan pedagogning har kungi muloqoti individual ish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi; 3. ota-onalarning faollarini, jamoatchilikni maxsus ta‘lim muassasasining faoliyatiga, ota-onalar bilan ishlashga jalb etish. 4. 2.1 Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri. Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki, ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi. O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz: - Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash lozim; - Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik kerak; - Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan, kattalardan yuqishini unutmaslik kerak; - O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslikdir; - Zaminsiz giyoh o‘smaganidek, bolada ham sababsiz nosoz xulq paydo bo‘lmaydi; - Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi, agar biz uni alangalata olsin, u porlab nur bo‘ladi; - Majlisni boshqara olish ham o‘ziga xos bir san’at bo‘lib, u kishining yoshligidagi jamoatchilik faoliyatining mevasidir; - Bog’u-rog’larni rang-barang ko‘rkam daraxtlar, daraxtlarni esa zumrad yaproqlar bezaganidek, utsni bola, bolani esa ilmu hunar, odobi axloq bezaydi; - Har qandan imkoniyating bo‘lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o‘zini ustun qo‘yishga sabab bo‘ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim; - Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo‘shadi, aks holda umringni qirqadi; - Bolada yuqori nafosat bo‘lishi uchun, avvalo, uni o‘rab turgan muhit go‘zal bo‘lishi, bola esa tayyor go‘zallikning shunchaki tomashabini emas, balki go‘zallik bunyodkori bo‘lishi lozim; - Bola kamolatidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini o‘ylashga odatlantirishdir, chunki pushaymon kaltabinlik hosili; - Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganligini yosh avlod his etmog’i lozim; - Bolaning iste’dodini namoyon qilish uchun ham iste’dod kerak; - Tabiat ham o‘ziga xos tarbiyachi. U o‘z nihollarini bazan sovuq bo‘ronlarga, jazirama issiqqa ham o‘rgatadi. Vaqti-vaqti bilan billur tomchilari bilan ohista yuvadi, muloyim shabadasi bilan ohista silab-siypab erkalaydi. - Hayotning murakkab, tugunli masalalari bo‘ladi. Fahmu-farosat bilan ularni topib, echa bilish uchun kishi bolalikdan bilim va malaka hosil qilishi kerak; - Bolada hayotni, borliqni kuzatuvchanlik bo‘lmasa, u berahm va befarosat bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham uning kuzatuvchanligini shakllantirish lozim; - Bolaning mehmon huzurida o‘zini qanday tutishi oiladagi bola tarbiyasining bir ko‘zgusi; - Oilaning iqboli-istiqboli, har jihatdan to‘g’ri rivojlangan xulqi zebo farzanddir; - Modomiki, xonadonda o‘zaro ishonch yo‘qolib, qulf-kalit qilish zarurati tug’ilgan ekan, bu bolalarni to‘g’rilik, halollik ruhida tarbiyalash masalasi diqqatdan chetda qolganligidan nishona; - Hayotni kuzatuvchi bola ko‘p hosil beradi. Oqilona javob berish uning zohnini barkamol qiladi; - Oila va maktab quchog’ida ilmu odob, aqlu hunar va riyozat libosi bilan bezangan sog’lom bola qanotli qush kabi hayot bo‘stonida dadil parvoz qila oladi.; - Bolangiz hayotda o‘z o‘rnini topa bilmagan ekan, bu sizning uni hayotga tayyorlashga va iqbol-istiqboliga beparvoligingizdan nishona; - Bolaning tamizli yoki betamiz bo‘lishi ham ko‘p jihatdan biz, tarbiyalarning aqlu zakovatimizga, fahmu farosatimizga bog’liq; - Agar bizdan ta’lim va tarbiya olgan shogirdlarimiz davr talabiga munosib bo‘lsa, ular bizning iftixorimiz; - Keksalikda avlodga o‘rnak bo‘lishning zamiri ham yoshlikdan boshlanadi; - Biz yoshlarni tarbiyalashda o‘zimiz yashab o‘sgan muhit bilan hozirgi sharoitning farqini ko‘zda tutib ish ko‘rishimiz lozim. Chunki ularning kamolatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xabarlar beqiyos ko‘p va serqirradir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001)da ta’lim oluvchilarning madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi sifatiga qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy qilish ko‘zda tutildi. Bu - bevosita yangi fazilatlar, yangi mezonlar, yangi talablar masalasi demakdir. Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib, ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo‘lmaydi. Shu bois milliy tarbiyaviy fazilatlarning lug’aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi aniqlanishi lozim. Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida o‘rganilmagan «o‘quvchinqng milliy g’ururi», «O‘zbekiston o‘quvchisining vatanparvarligi», «o‘quvchining milliy odobi», «o‘quvchi milliy vijdoni», «o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o‘quvchining milliy mafkuraviy ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qiladi. Zero bu: - zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish usulini samarali qo‘llash; - tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish; - jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish; - milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash; - mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saklash, rag’batlantirish; - sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg’unligiga erishish uchun imkon yaratadi. O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg’uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko‘zlagan maqsadlari, niyatiga qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. Shu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy ma’naviy yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi2.2.Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati. Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi: Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi; O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi; Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi; Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi; Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi. Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir- birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak: O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari. O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor- yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati. O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi. - O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin: - Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi. - Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi. - O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari. - Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari. Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota- onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol- javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir. Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi. Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega. Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota- onalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar taqsimlanadi. Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi2.3. OTA-ONALAR BILAN ISHLASHNING SHAKL VA METODLARI. Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz : O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onanitanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin: yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin? o’quvchining kundalik rejimi haqida. v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish: ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish. “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal. v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish g’oyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi! Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota- onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan. Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi, shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha kuchayadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o’rganish mumkinligi va hokazolar ma’lum bo’ldi. Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish. Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin: Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari, ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning ota- onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga ko’milib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o’qishini tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini tug’diradi, mustaqillikning rivojlanishini susaytiradi. Harakatlarning o’quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o’quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo’ladi va o’sib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi. Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yo’qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo’shish mumkin. Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o’z shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib belgilaydi, tajribaning ko’rsatishicha, sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi. Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quydagilardir: —oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota- onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni ta’minlash; —oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash; —farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash; —bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish; shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish; shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish; farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish; o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish; ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi; shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish; oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash; sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish; oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir; sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat. Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir. 2.4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi; hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish. Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh) o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hattiharakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishnio’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish. To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish. Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash. Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur2. O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran, qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda, estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak. Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Ota- onangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", «Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin. Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xulosa. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: 2014 – yil. 2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”. 2008. 3. Karimov I. A. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T.: “O’zbekiston”. 1998 – yil. 4. Karimov I.A. “Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuyg’u” , T.: 1999 y 5. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huququiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet. 6. Baubekova Z.D.Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko’rsatmalar. – T. 1991 y. 7. Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.T.:2006. 8. Mavlonova R.,O`To`raeva,K.Xoliqberdiev.Pedagogika.-T.:"O`qituvchi", 2002. 9. Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.- T.:"Tib-kitob", 2010. 10. Ortiqov N.O., Jo’rayev A.J. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi kengashi. T.:“O’qituvchi”, 1989. 11. Ochilov M. “Muallim – qalb me’mori” T.: “O’qituvchi” 2001. 12. Ochilov M. “O’qituvchi odobi” T.: “O’qituvchi” 1997. 13. Ruvinskiy P.I. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.. – T. 1991 y. 14. Raximjonov N. “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli” T., 2005 (B.M.I.) 15. J.«Zamonaviy o’zbek oilalarida o’smir bolalar shaxsining shakllanishi” nomzodlik dissertatsiyasi, T., 2002 16. Yo’ldoshev J.G’.O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:-2000. 17. Xo’jaev N. Tarbiya nazariyasi. va boshqalar. – T.: – 2003. 18. Xasanboeva O. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.T.:2001. Internet saytlari w.w.w. ziyonet . uz w.w.w. pedagog. uz Download 70.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling