Mavzu: Ota-ona va bola munosabatlarini psixik xususiyatlarining tahlili


Download 330.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi330.46 Kb.
#1376504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IKROMOV DARSS

3. Perinatal psixologiya- psixologiya fanida ishlatiladigan “perinatal” tushunchasi 
bilan tibbiyotda ishlatiladigan tushuncha o`rtasida muayyan farq bor. Tibbiyotda 
perinatal davr o`z ichiga homilaning ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri 
bilan bola tug’ilgandan keyingi 7-10 kunlik davr oralig’ini nazarda tutadi. 
Perinatal psixologiyada esa homila paydo bo`lgan davrdan toki chaqaloqning ona 
bilan birgalikda, emotsional bog’liqlikda kechadigan yaxlit davrigacha bo`lgan 
vaqt nazarda tutiladi. Psixologiya uchun bolaning er va xotin qo`shilishi natijasida 
qanday konstruktiv yoki destruktiv motivlar asosida paydo bo`lishi ham 
ahamiyatlidir. Ayniqsa, ayolning homiladorlik davridagi his-kechinmalari, 
bolaning qanchalik kutishi kabi psixologik omillar keyinchalik u bilan amalga 
oshiriladigan psixoterapevtik ishlarda amaliy ahamiyat kasb etadi. I.V. Dobryakov 
(2003) homilador ayollarning shu davr mobaynidagi psixologik kechinmalarining 
shakllarini shunday tafovutlaydi: optimal tip; gipogestagnozik tip, ya’ni, turli 
sabablarga ko`ra, homilador ayol va uni o`rab turganlarning uning holatiga e’tibori 
kamligi ko`rinishida (masalan, talaba bo`lgan homilador ayol o`qishi tashvishlari 
bilan homilasiga yetarli vaqt ajratib e’tibor berolmaydi); eyforik tip, ya’ni 
homilador ayolning yangi holatidan o`ta lazzatlanishi, butun vujudi bilan “maza” 
qilishi holati; xavotirli tip; depressiv tip. Ayolning homiladorlik davrini qanday 
boshidan kechirishi uning ona bo`lganidan keyingi xulq-atvorini belgilaydi. 
Tug’ish bilan bog’liq tashvishlar psixoanalitik yo`l bilan O.Rank va S.Grofflar 
tomonidan batafsil o`rganilgan. Tug’ruqdan keyingi davr esa yana psixologik 
jihatdan alohida davr bo`lib, u ikkala tomonning farzand tug’ilishiga bo`lgan hissiy 
munosabati xarakteridan kelib chiqadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, 
O`zbekistonda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi va 
qadrlanadi. Lekin masalaning muhim jihati shundaki, nikohga kirishning eng 
dolzarb motivi farzand ko`rish bo`lgani sababli, aksariyat oilalarda ayolning 


petenatal davrida unga alohida mehr ko`rsatish, g’amxo`rlik qilish ham milliy 
an’analarimizga aylangan. 

Download 330.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling