5-§. Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik qiladigan oila yoki bola qilib oldigan oila bo‘lishi mumkin. Булар orasida farq birinchi holatda bola uchun unga qarindosh bo‘lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik aloqasi bo‘lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo‘ladi. Vasiyning vazifasi bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga yetmagan bolada mavjud bo‘lgan mol-mulki va ko‘chmas mulkini saqlash va foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o‘zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu yerda u o‘z bolasi huquqiga ega bo‘ladi.
Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o‘z bolalari huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.
Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.
O‘zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas.
Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo‘ladi. Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko‘rsatish mumkin:
Ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo‘lishi kerak;
Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to‘lanadi.
Bolaning oilada bo‘lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.
Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o‘z shaxsiy uylarida o‘tadi.
Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo‘lishini ko‘zda tutadi: o‘z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo‘natilishi, internat yoki boshqa muassasalarga yuborilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |