Mavzu; O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasida” haqida Reja ikki eshik orasi haqida fikrlar Ikki eshik asardagi Qora amma obrazi
Download 490.95 Kb.
|
ttrr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki eshik orasi
Mavzu ; O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasida” haqida Reja 1 Ikki eshik orasi haqida fikrlar 2 Ikki eshik asardagi Qora amma obrazi 3 Ikki eshik orasi qahramonlariga tavsif O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o'zbek xalqining fazilatlari - jumardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo'qotmasligi, mehridaryoligi teran tuyg'ular, yorqin bo'yoqlarda tasvirlangan. Ikki eshik orasi“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Asar Oʻtkir Hoshimov merosining asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.[1] Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari — mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.[2] Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bogʻlagan. Ikki eshik orasi“ romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga koʻrk bagʻishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obroʻ-eʼtibori, eng ogʻir damlarda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga kuch topishi bilan oʻquvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini tatib koʻrgan oʻzbek qariyalariga oʻxshab har bir ishda tashabbuskorlikni oʻz qoʻliga oladi. Shu bilan birga asarda Robiya ismli ayol qahramon ham mavjud. Oʻtkir Hoshimov oʻz romani haqida va shu orqali dilidagi soʻzlarni ham aytib oʻtgan: „Rost bilan yolgʻonning oʻrtasi — toʻrt enlik“, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, koʻp emas, toʻrt enlik? Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi — toʻrt enlik ekan. Eshitganingga emas, koʻrganingga ishon … Maqsad — shu. Bu kitobdagi koʻp odamlami oʻzim koʻrganman. Koʻplari bilan gaplashganman. Baʼzilarining oʻzi bilan, baʼzilarining … ruhi bilan … Baʼzilari nimani gapirgan boʻlsa, shuni qogʻozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima oʻylaganini yozishga majbur boʻldim.(Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolgʻon gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini oʻylaydi.) Xullas, bu savdolar koʻp yillar davomida koʻp kishilaming boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish — sizlarga havola … Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam boʻlmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda foje koʻpayibroq ketmadimikin, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo hayot — nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa oʻyin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan yigirma millioni bizning odamlar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchila ming joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim naridagi odamlami ham sinovdan oʻtkazdi. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga oʻrnak bo Kitob olami shunday goʻzal olamki, beixtiyor sizni oʻziga tortadi.Yuragingiz taskin,qalbingiz huzur topadi.Shunday goʻzal asarlari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan yozuvchilardan biri Oʻtkir Hoshimovdir.Talabalik davridayoq "Choʻl havosi" nomli birinchi qissasi bilan, talabchan adib Abdulla Qahhorning e'tiboriga sazovor boʻlgan.Adibning ona obrazi tasvirlangan, oʻzbek ayolining matonat -shijoatini gavdalantirib, oʻquvchilar qalbidan munosib oʻrin egallagan asarlari koʻp.Inchunun, "Urushning soʻnggi qurboni" hikoyasidagi gʻamginlikka uygʻun jonkuyarligi va qatʼiyati,oʻz farzandini yurak -yurakdan sevishi sezilib turadigan Umri xola, "Dunyoning ishlari" qissasida kamtargina, nafaqasini ham qoʻshnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydigan Hakima aya , "Tushda kechgan umrlar" romanida xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat umr kechirgan Qurbonoy xola, "Ikki eshik orasi" romanidagi mehnatkash, bardoshli farzandining yoʻliga umrining oxirigacha termulgan Qora amma, Oʻzbek ayoli nomiga munosib boʻlgan Robiya ana shunday obrazlardan hisoblanadi.Yozuvchining romanlari orasida "Ikki eshik orasi" asari alohida ahamiyatga ega."Ikki eshik orasi" asari zamondosh, asrdosh odamlar taqdiri,20-asrning eng keskin, fojiaviy hodisalari ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati, oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin qilingan asardir.Asarda insonlar taqdiri va inson umri murakkabligini mahorat bilan adib tasvirlagan.Ayniqsa, urush voqealigining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy ruhini tashkil qiladi.Asarning muqaddimasidayoq oʻquvchini oʻziga jalb qiladigan mana shu fikrlar bilan boshlanadi."Rost bilan yolgʻonning oʻrtasi toʻrt enlik degan gap bor?Qiziq,nega endi,oz emas, koʻp emas toʻrt enlik?Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi toʻrt enlik ekan.Eshitganingga emas,koʻrganingga ishon.Maqsad shu.Bu kitobdagi koʻp odamlarni oʻzim koʻrganman.Koʻplari bilan gaplashganman.Baʼzilarining oʻzi bilan, baʼzilarining ruhi bilan.Baʼzilari nimani gapirgan boʻlsa,shuni qogʻozga tushirdim.Baʼzilari nima gapirganini emas,nima oʻylaganini yozishga majbur boʻldim"."Ikki eshik orasi",Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Asar 7 qism, 47 bobdan tashkil topadi.Unda voqea-hodisalar bayonida qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib ustalik bilan bir-biriga bogʻlagan.Men uchun asardagi har bir taqdir, har bir qahramonning shu eshiklar orasida boʻladigan taqdiridir.Kirishdan chiqishgacha bosajak yoʻli va oʻsha yoʻldagi umridir.Asar murakkab obrazlardan tashkil topgan.Badiiy obraz tushunchasiga adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov shunday taʼrif beradi: "Badiiy obraz borliqning (undagi narsa hodisa va h.k) badiiy asardagi aksi.Yoʻq, u borliqning oʻzi bilan, koʻrilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidirYana bir adabiyotshunos olim Hotam Umurov esa "Obraz" atamasi Download 490.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling