Mavzu: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari
Download 24.97 Kb.
|
Mavzu O\'tkir Hoshimovning Daftar hoshiyasidagi bitiklar asari-fayllar.org
Mavzu: O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari Mavzu:O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari O'tkir Hoshimovning qalamiga mansub bolib,u 2018-yil nashr etiladi.Bu asar haqida gapiradigan bolsam bu asar shunday yozilganki uni oqiyotgan odam asarni ishiga kirip ketip,uni qanaqa qılıp tez tugatip qoyganini bilmay qoladı.Uni oqigan odam dunyoning achchiq,shushikini tartib ko'rganday boladı. Bu-kitob siz va biz haqimizdagi kitob.Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon -nimalar no ayon,nimalarni toptik-nimalarni yoqottik,kimlarga mehr berdik-kimlarni esa qorladik yoki tahqirladik,ozimizga havola.Ko'nglimizdan kechadigan ana shu haqiqatlarni yodga soladigan mazkur kitob huddi shu jihati bilan qalbimizga yaqin. Bu kitobni oqing,zero,ha'r bir odam bolasi hayoti davomida kitobda qayt etilgan bitiklarga qayta va qayta duch kelaberadi.Bu asardagi bitiklar ha'r insonning taqdirida takrorlanaberadi.O'tkir Hoshimov bu asar yoza boshlaganiga qirq yıldan oshdi.Uning takitlashicha bu asar uning umir davomidagi kuzatishlari,oyları,bir qadar armonli,bir qadar istehzoli,bir qadar tabassumli hulosalari.Ushbu asarni o'zining umir yoldoshi-O'lmasxonga bag'ıshlag'an. Bu asarda tabiat,jamiyat,inson haqida hikmatlar,hikoyalar;bolalarga ugitlar;urishlar haqida,Sovet davri haqida;bolalikdagi beguborlik;sakkizinchi mujiza;tabassumga moil gaplar,latifalar,hikoyalar haqidagi mavzular joy olgan. Bu asar shunday yozilganki uni oqıgan inson hayoti davomida nimalar qilgan va endi nimalar qilishi kerakligini tushunadi,qayerda ayib ish,qayerda sabob ish qilgani, insonning naqadar ku'shli va ojiz ekanligi, ko'z oldiga kelaberadi. Menga juda qattiq tasir qılgan hikoya bu "Laylak"hikoyasi. Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g'or edi, bola go'dak edi... Kunlarning birida ona-bola qishloqqa -uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo'lishdi. Ona qaddini g'oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko'rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o'sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko'rinar, uyada esa oyog'i, tumshug'i uzun bir qush turar edi. Bola mo'jiza ko'rgandek taqqa to'xtab qoldi. - Anavi nima, oyi?- dedi o'sha tomondan ko'z uzmay. - Laylak, o'g'lim, laylak!- ona o'g'lining boshini silab qo'ydi. - Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko'rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to'xtab qoldi. - Nima u, oyi? -dedi tag'in chinor uchiga ko'z tikib. -Laylak, o'g'lim, laylak. Nimaga bir oyoqda turibdi? Ona kuldi: Bir oyog'i charchagandir-da. Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko'rmagan edi. Qush negadir bo'ynini cho'zib tumshug'ini osmonga qaratib silkitar, shunda "tarak-tarak" degan ovoz eshitilardi. Bola tag'in to'xtab qoldi. - Nima o'zi u, oyi? Uning ko'zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak. - Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o'g'lining yuzidan o'pdi. - senga salom beryapti-da. Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. ... Oradan o'ttiz besh yil o'tdi. Bola yigit bo'ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog'idan mador, ko'zidan nur ketdi. Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o'sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g'oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og'ir-og'ir ko'tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o'sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko'rinar, uyada esa oyog'i, tumshug'i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo'ydi-yu qadamini tezlatdi. Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko'zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko'ziga g'alati ko'rindi. - Anavi nima, o'g'lim? - dedi to'xtab. -Laylak, oyi, laylak! Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to'rt qadam yurib yana to'xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko'rinyapti. Qiziq... - Nima, o'g'lim? - dedi ko'zlarini pirpiratib. O'gil taqqa to'xtadi. G'ashi keldi. O'zi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo'lib qolarkan-da! -Laylak! -dedi jerkib. -Laylak deyapman-ku, karmisiz! Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko'p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi ko'p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning g'or, go'dak bolalari bor... Menimsha bu hikoyani oqıgan odamda qandayda bir his-tuyg'ular poyda bo'lip,azop shekishi anıq.Men shuni tushindimki o'zingni o'sha o'g'ildan nima farqing borligini o'ylab o'zingdan jirkanip ketasan. Asar yozuvchini o'zlari ha'm aytganlariday umir bo'yi kuzatgan voqealaridan kelib chiqqan holda yozilgani uchun biz uchun juda yaqshi hayotiy qo'llanma bola oladi.Bu asarni ha'r bir inson oqishi kerak. Xonadoningizda keksa odam bormi? ...Baxtli ekansiz...Dunyo tashvishlaridan to'yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling: *Hayot abadiy emasligini o'ylab taskin topasiz. ---Xonadoningizda go'dak bormi? ... Siz ham baxtli ekansiz...Dunyo tashvishlaridan to'yibketsangiz, go'dakni bag'ringizga bosing: *Hayot abadiy ekanligini o'ylab taskin topasiz. E'tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org Download 24.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling