Mavzu: Otning nokategorial shakllari


Download 38.5 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1766883
Bog'liq
30-mavzu


Mavzu: Otning nokategorial shakllari
Otlarning birlik va ko'plik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo'lib birlik va ko'plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudgakeladi. Otlaming birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya'ni otning ko'plikni bildiruvclii -lar qo'shimchasi mavjud bo'lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o'quvchi, kitobxon, murabbiy kabi. Otlaming ko'pligi -lar qo'shimchasi bilan ifodalanadi: o'quvchilar, kitoblar kabi. Ko'plikning -lar qo'shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko'pliklir. Bundan tashqari otlarda ko'plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. Chunonchi, el, olomon, xalq kabi o'zi birlikda bo'lib, mazmuman ko'plikni bildiradigan so'zlar ham mavjud. Bunday ko'plik lug'aviy - semantik usul bilan hosil bo'lgan ko'plikdir. Otlaming ko'pligi miqdor bildiruvchi so'zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: ko'p oclam, bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko'plikning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko'plikdir. Sintaktik ko'plik otlardan oldin sonlarni: o'n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo'ladi. Masalan, Jkromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan .(S.A.) Shuningdek, otoldidan so'zlami takrorlash orqaliliam sintaktik ko'plik hosil bo'ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'I. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.) Lug'aviy semantik va sintaktik usul blan ifodalangan ko'plik so'zning morfologik tuzilishi bilan bog'lanmagan holda, morfologik ko'plik so'zning tuzilishi bilan bog'liq. Shuning uchun -lar qo'shimchasi bilan hosil bo'ladigan ko'plik so'zlarning ma'no xususiyati bilan bog'liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo'shimchasi o'zbek tilida ko'plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo'shimchabarcha otlarga qo'shilavermaydi, yoki qo'shilganda ham doimo ko'plik ma'nosini ifoda etavermaydi. -lar qo'shimchasining barcha otlarga qo'shilmasligi hamma otlarning ham grammatik ko'plikda qo'llana olmasligini ko'rsatadi. Chunonchi, donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo'shimchasi qo'shilganda ko'plikni emas, balki narsapredmetning turini xilini anglatadi. Shunga ko'ra -lar qo'shimchasi ko'plikdan tashqari yana quyidagi ma'nolarni ifodalaydi. 1 .Donalab sanab bo'hnaydigan predmet nomlariga qo'shilganda ularning turlitumanligini, har xilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug'doylar, yog'lar, unlar, qirqmalar (qovun turi). Tilimi tilingni mingtilim qilgan, Qirqmalar bogladi yukin qovg'aga. (G'. G'.) 2.Mavhum otlarga qo'shilganda. shu otdan anglashilgan ma'no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (A.Qod.) Qizlar undan-bundan uzoq gaplashishdi, orzularga berihshdi, (O.) S.Predmetlarning noaniq bo'lgan ko'p miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib. goh davom etardi. (O.) Biz bo'lajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yo'llarini ham ko'rsatishimiz mumkin. (A.Q.) 4.Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo'shimchalaridan keyin qo'shilib hurmat ma'nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi. 5 .Shaxsni anglatuvchi so'zlarga qo'shilib. piching, kesatish va hurmat ma'nolarini anglatadi. O'zimning bu xizmatim evaziga bir mukofat olish muddaosida bo'lmaganimdan va nimaiki janoblari yo'lida mashaqqat chekkan bo'lsam... (A.Qod.) Yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. (P.Q.) 6.Payt. vaqt bildiruvchi so'zlarga qo'shilib, taxniin ma'nosini ifodalaydi.Masalan: Shu gapdan birhafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi.(A. Qod.) 7Juft predmetlanii bildirgan so'zlarga qo'shilganda ko'plikni emas, balki ularning ikkitaligini ta'kidlash ma'nosini ifodalaydi: ko'zlar, quloqlar, qoshlar, lablar, torlar kabi. Masalan: Tanburning mo'jizakor torlaridan quyilgan musiqa mavjud havoni to'ldirdi. (O.) Beka begimning ko'zlaridagi tikanlar sal kamayganday bo'ldi. (P.Q.) 8. Kishi organizmi a'zolariga qo'shilganda ta'kid kuchayadi: yuraklar, tillar, burunlar. 9.Atoqli otlarga qo'shilganda umumlashganlik, o'xshaganlik ma'nolari anglashiladi. Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'I. (G'.G'.) 10. Aniq va mavhum otlarga qo' shilib. hurniat, izzat ma'nolarini ifodalaydi.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling