Mavzu: Oʻzbek adabiy tilida koʻchirish qoidalari Reja
Download 14.78 Kb.
|
YUMUTBAYEV ALISHER Qayta O\'zlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Oʻzbek adabiy tilida koʻchirish qoidalari Reja: 1. Boʻgʻin koʻchirish qoidasi. 2.Oʻzlashma soʻzlarda boʻgʻin koʻchirish imlosi.
- Mavzu yuzasidan topshiriqlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI Qoraqolpog’iston qishloq x’jaligi va agrotexnologiyalar instituI Fakultet
Ta’lim yo’nalishi <<__________________________________________>> <<__________________________________________>> Fanidan Qayta o’zlashtirish Bajargan __ kurs talabasi ____________ Qabul qilgan ___________ NUKUS-2022 Mavzu: Oʻzbek adabiy tilida koʻchirish qoidalari Reja: 1. Boʻgʻin koʻchirish qoidasi. 2.Oʻzlashma soʻzlarda boʻgʻin koʻchirish imlosi. Koʻchirish qoidalari Koʻp boʻgʻinli soʻzning oldingi satrga sigʻmay qolgan qismi keyingi satrga boʻgʻinlab koʻchiriladi toʻq-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi boʻgʻinda qoldiriladi. va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi. Soʻzning bosh yoki oxirgi boʻgʻini bir harfdan iborat boʻlsa, ular quyidagicha koʻchiriladi: 1) soʻz boshidagi bir harfdan iborat boʻgʻin yolgʻiz oʻzi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi; 2) soʻz oxiridagi bir harfdan iborat boʻgʻin yolgʻiz oʻzi keyingi satrga koʻchirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi. Oʻzlashma soʻzlarning boʻgʻinlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha koʻchiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda koʻchiriladi dia-gramma, mono-grafiya kabi; 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga koʻchiriladi: silin-drik kabi. Bir tovushni koʻrsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda koʻchiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi. Bosh harflardan yoki boʻgʻinga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek koʻp xonali raqamlar satrdan satrga boʻlib koʻchirilmaydi. AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi. Harfdan iborat shartli belgi oʻzi tegishli raqamdan ajratib koʻchirilmaydi: 5-«A» sinfi, V «V» guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga koʻchirilmaydi: «Navroʻz—92» (festival), «Oʻqituvchi—91» (koʻrik tanlov), «Andijon—9», «Termiz—16» (gʻoʻza navlari), «Boing—767» (samolyot), «Foton—774» (televizor) kabi. A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi. SHuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi soʻzdan ajratib koʻchirilmaydi. Shuningdek bunday soʻzlarda tinish belgilarining ham oʻziga xos oʻrini bor. Masalan qoʻshtirnoq belgisi “ ” oʻzbek tilida koʻp qoʻllaniluvchi belgidir. Qoʻshtirnoq koʻp vazifali tinish belgilaridan biri boʻlib, muayyan matn qismini chegaralab koʻrsatish bilan birga, uning matnga sintaktik va innovatsionjihatdan ma’lum darajada bogʻlanishini, unga muvofiqliginiyam koʻrsatadi. Asosan koʻchirma gaplarda ishlatiladi. Sitatalarda ishlatiladi Badiiy asar nomlarida ishlatiladi. Muassasa, tashkilot nomlaridatarkibida orden, medal sozlari boʻlgan orden, medal nomlarida ishlatiladi. Sinflar, buyruqlarning ayrim bandlariga qoʻshib yoziladigan harflarda ishlatiladi. Baho va ballarda ishlatiladi. Matn ichida kelgan maqol, hikmatli soʻzlarda ishlatiladi. Tirening ishlatilishi-tire o`zbek adabiyotida XIX asrning 70-yillaridn ishlatila boshlagan. Dialoglardagi har bir gapning boshida ishlatiladi. Bog`lovchisiz qo`llangan ot-kesim bilan ega orasida ishlatiladi. Muallif gapi bilan ko`chirma gap orasida ishlatiladi. Nashr, kitobat ishlarida ishlatiladi. Lugʻatlar Antiseptik-mikroblarga qarshi ta’sir qiluvchi kimyoviy modda Attestatsiya-xodimlarning ta’jriybasini, hosilning sifatini, ish oʻrnini, oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash: fikr, tavsif Brigada-aniq bir ishni bajaradigan ishchilar guruhi Geofizika -yerning fizik xususiyatlarinin va unda boʻladigan fizikaviy hodisalar haqidagi bilmlar yigʻindisi Gerbitsid-yavvoyi oʻsimliklarga qarshi kurash uchin qoʻllaniladigan kimyoviy qorishma Gidrotexnika -tabiiy suv zaxiralarini ariq qazish, toʻsin qilish orqali foydalanishni tadbiq qiluvchi bilim Mavzu yuzasidan topshiriqlar Koʻchirib yozish qoidalari asosida yozishni mashq qiling. Gazeta-jurnallardan misollar topib yozing. Download 14.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling