Mavzu: O’zbek adabiy tilining o’ziga xos xususiyatlari


Download 108.55 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi108.55 Kb.
#1152497
  1   2   3
Bog'liq
o\'zbek adabiy tili

Mavzu: O’zbek adabiy tilining o’ziga xos xususiyatlari

  • Adabiy tilning og‘zaki shakli me’yorlari talaffuz va nutqiy ohangda namoyon bo‘ladi. Uni tilshunoslikning orfoepiya bo‘limi o‘rganadi. Adabiy talaffuz qoidalari lug‘atlar orqali amalga oshiriladi. Orfoepiya – grekcha – «to‘g‘ri talaffuz» degan ma’noni bildiradi.
  • Orfoepiya so‘zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, so‘z va qo‘shimchalardan iborat so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir.
  • Fikr almashish jarayonida to‘g‘ri talaffuz muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri talaffuz esa nutq madaniyatining asosiy belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Chunki adabiy tilning muhim xususiyati, uning muayyan me’yorga bo‘ysinishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o‘quvchi va talabalarda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining shakllantirilishiga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.
  • O‘zbek tilshunosligida orfoepiya hodisalari yetarli tadqiq etilgan. Shunga qaramay, 1984-yilda «O‘zbek adabiy talaffuz lug‘ati» nashr etilgan. Lug‘atda o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi 20000 dan ortiq so‘z va so‘z shakllarining adabiy me’yoriy talaffuzi belgilab beriladi.
  • Unli tovushlar orfoepiyasi deganda quyidagilar hisobga olinadi.
  • i unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa va old qator (ingichka) unli tarzida talaffuz qilinadi: til, tish, bir, sir kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda orqa qator (yo‘g‘on) unli tarzida va biroz cho‘ziq aytiladi: qish, g‘isht.
  • 3) y, ng, h undoshlaridan keyin biroz cho‘ziq talaffuz etiladi: kiy, ming, hid, his, hind.
  • 4) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kuchsiz va qisqa (bilan, biroq, sira kabi), urg‘uli bo‘g‘inida esa kuchli va cho‘ziq talaffuz etiladi (nozik, alik).
  • u unlisi: 1) bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning o‘rg‘usiz bo‘g‘inida qisqa (tush, pul, gul, buloq, bug‘doy kabi), o‘rg‘uli bo‘g‘inida cho‘ziqroq talaffuz etiladi: bulut, etuk, popuk kabi.
  • 2) k, g, u undoshlaridan keyin old qator unli tarzida, q, g‘, x undoshlaridan so‘ng esa orqa qator unli tarzida talaffuz etiladi.
  • 3) –uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, oluv, qo‘shuv.

  • Download 108.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling