Mavzu o’zbek kompozitorlari n. Norxo’jayev, A. Mansurov hayoti va ijodi haqida ma’lumot


Download 232.98 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi232.98 Kb.
#1456675
Bog'liq
Sitora


MAVZU O’ZBEK KOMPOZITORLARI N.NORXO’JAYEV , A.MANSUROV HAYOTI VA IJODI HAQIDA MA’LUMOT.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi,


O'zbekiston Davlat konservatoriyasi professori, kompozitor Nadim Norxo'jayev o'zining jozibali musiqiy asarlari, ayniqsa, estrada va bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo'ldi.
1947-yil 24-dekabrda Nadim Norxo'jayev Toshkent
shahrida ziyolilar oilasida tug'ildi. Nadimning ota-onalari
o'g'illarining musiqaga qiziqishini sezib, umumta'lim
maktabining 5-sinfidan R. Glier nomidagi maxsus musiqa
maktab-internatiga berdilar va u bu yerda tanbur chalishni
o'rgana boshladi. Nadimning musiqa nazariyasi va
bastakorlikka qiziqishini inobatga olgan holda, uni 1963-yiH Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o'tkazishadi.
Mashhur kompozitor Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini
o'rgandi. 1967-yil simfonik orkestr uchun bastalagan «Suita»si bilan a'lo baholarga o'qishni bitirdi. O'sha yili Toshkent Davlat konsenatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o'qishga kirdi. Bu oliy dargohda kompozitorlik bo`yicha Georgiy Musheldan, cholg'ulashtirishdan Aleksandr Kozlovskiydan saboq oldi NNorxo'jayev konservatoriyani imtiyozli diplom bilan bitirib, Bekobod musiqa bilim yurtiga ishga yo'llanma oldi.
Harbiy xizmatni o'tab yurgan davrda vokal-cholg'u estrada ansamblini lashkil etib, konsertlar bera boshladi. U o'z faoliyatida qo'shiq janriga ko'proq ahamiyat berdi- 1968—1972- yillarda musiqa maktabida, 1972—1975-yillari Bekobod musiqa bilim yurtida, musiqa maktabida o'qituvchi va bo'lim mudiri bo'lib ishladi. 1975—1976-yillarda «Melodiya» finnasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida ishladi. A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent bo'lib, ayni paytda Yu. Rajabiy nomidagi Toslikent pedagogika bilim yurtida o'qituvchi, 1998-yildan buyon Toshkent Davlat konservatoriyasi estrada ijrochilik kafedrasi mudiri, 2003-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda.

N. Norxo'jayev fortepiano uchun 3 ta pyesa, 4 ta preludiya, 2 ta variatsiya. sonatina, «Luq- malar» nomli miniaturalar turkumi, so'zsiz qo'shiq, fortepiano uchun 2 ta sonata, skripka va fortepiano uchun pyesa, torli kvartet, fortepiano va simfonik orkestri uchun «Konsertino», IV qismli simfonik suita, I qismli simfoniya va ko'pgina qo'shiqlar yaratdi.


N. Norxo'jayev ijodida qo'shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq estrada va bog'cha bolalari hamda maktab o'quvchilariga atab qo'shiqlar yaratdi. Yosh bastakorning bolalar uchun 1975-yilda yozgan *Hakkalar» ilk Estrada qo'shig'i «Paxtaoy» nomli vokal cholg'u ansambli ijrosida mashhur bo'lib ketdi. Jumladan, «Yaxshi bola», «Dangasa», «Eh, orzular», «Antiqa musobaqa», «Diyor madhi», «Balig'im», «Salom bergan bolalar», «Sayyoraxon», «Chamandagi gullarmiz», «Boboxo"roz», «Dono bola» kabi qo'shiqlari «Bulbulcha» bolalar xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi, «Daraxtlar suhbati» xor suitasi, o'zbek xalq qo'shiqlarini xor uchun qayta ishladi. «Osmondagi oy», «Chori chambar», «Kavushim», «Chuchvara qaynaydi» qo'shiqlari shular jumlasidan.

Nadim Norxo'jayev O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Respublika «Ofarin — 2000» ko'rik-tanlovi sovrindori, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi qo'shiq sho'basi raisi, respublikamizda o'tkazilayotgan turli ko'rik-tanlovlarda jyuri hay'atlarining faol ishtirokchisi.






Uning chehrasi doim ochiq, musiqasi kulgu va quvonch hislarini uyg’otib, ko’ngillarga hushnudlik bag’ishlaydi. Jozibasi esa tinglagan barcha qalblarni o’ziga maftun etadi. U - jiddiy, va avvalo, o’ziga juda talabchandir. Mas’uliyat ila ish yurituvchi bu inson kasbdoshlari va shogirdlariga bo’lgan madaniyatli munosabati bilan o’rnak bo’la oladi. Bu xususiyatlarning barchasi, albatta, uning yaratgan asarlarida o’z ifodasini topgan. Mazkur fazilatlar egasi bo’lgan inson - taniqli kompozitor Avaz Mansurovdir. O’zbekiston yoshlar mukofoti sovrindori, O’zbekiston davlat konservatoriyasi kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasi professori, kompozitor, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti rektori Avaz Maksudovich Mansurov o’zining shaxsiy uslubi bilan alohida ajralib turadilar. Kompozitor turli janrlarda, ayniqsa qo’shiqchilikda barakali ijod qilib kelmoqda. Mansurov Avaz Maqsudovich 1957-yil 2-noyabrda Qo’qon shahrida tug’ilgan. Kompozitorning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o’tdi. 1982-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining «kompozisiya va cholg’ulashtirish» kafedrasini professor B.I.Zeydman sinfida, 1986-yili assistenturani professor F.M.Yanov-Yanovskiy rahbarligida bitirgan. Kompozitor A.Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg’ona viloyati musiqali drama teatrining orkestrida sozandalikdan boshladi. Hozirgi vaqtda Avaz Mansurovning musiqa bastalash ishqi musiqa maktabida o’qib yurgan kezlarida boshlandi. U birinchi ijodiy qadamini fortepiano uchun «Qizcha va tulki», «Qo’rqinchli tush» ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi. Musiqa bilim yurtida o’qib yurgan paytlarida ham skripkachilar ansambli uchun «So’zsiz qo’shiq», fortepiano uchun «Tokkata-prelyudiya» va bir necha qo’shiqlari uning ijodiga bag’ishlangan maxsus mualliflik konsert dasturida jarangladi. Bu konsert A.Mansurov uchun sinov maktabi bo’lib xizmat qildi va uni katta san’at yo’liga chorladi. Konservatoriyada besh yillik o’quv jarayonida turli janrlarda yuztadan ortiq asarlar yaratdi. «Simfonik poema», «fortepiano uchun 6-ta prelyudiya», «muhabbat» nomli ovoz uchun lirik turkum, «Ilonshox va uning amaldori ari haqida» nomli xalq cholg’ulari orkestri uchun musiqiy ertak, uvertyura, fantaziyalar, fortepiano va orkestr uchun konsert, diplom ishi sifatida yozilgan birinchi simfoniya shular jumlasidandir. 1981-1983 yillarda o’qish bilan bir qatorda Respublika o’quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o’qishni bitirgach kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida va assistenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada 1990-1993 yillari katta o’qituvchi, 1993- yildan dotsent, 1993-1998 yillarida «Sharq fakulteti» dekani, 1998-yildan «kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedra»si mudiri, 2000-2010 yillarda konservatoriya o’quv ishlari bo’yicha prorektor, professor, 2011-2021 yildan «kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedra»si professori. 2022-yildan “Botir Zokirov” nomidagi milliy estrada institutining rektori lavozimida ishlamoqdalar. Kompozitor Avaz Mansurovning ijodiy faoliyati haqida gapiradigan bo’lsak, bolalar uchun yozilgan musiqa uning asosini tashkil etadi. Mazkur yo’nalishda yozilgan ko’pgina asarlari buning yaqqol dalilidir. Ijodkorning o’zi esa: «bolalar musqasi mening xobbiyim», - deydi.7 Ma’lumki, musiqa ijodiyotining ushbu sohasi ikki turdan iboratdir: bolalar jamoasi bilan ijro etiladigan, hamda professional «kattalar» jamoasi uchun mo’ljallangan musiqiy namunalar. Avaz Mansurov bolalar musiqasining har ikkala ko’rinishida sermaxsul ijod qiladi. Kompozitor «qalamining» asosiy qirrasi o’ziga xos fikr bayonining aniqligi va teranligi bilan ajralib turadi. Ijodkor musiqiy tilini murakkablashtirmagan holda ortiqcha bezamaydi. Kompozitor uslubining originalligi aynan shunda namoyon bo’lib, ijodkor tilining barchaga tushunarli bo`lganligi - uning yutug’i sifatida gavdalanadi.
Avaz Mansurov qalamining betakrorligini, milliylik xususiyatlari bilan sug’orilganligini g’arb va sharq an’analarining o’zaro uyg’unlashuvida ko’ramiz. Yevropa maktabidan dramaturgik rivoj va shakl tuzilish omillarini olgan bo’lsa, milliy an’analardan esa meditatsiya, mavzu materialining rivoj usullari bilan singdirgan. O’zbek xalq musiqasining milliy an’analarini saqlab, XX asr Kompozitorlik texnikasini o’zida mujassamlashtira olgan uslubi professional o’zbek musiqasi rivojlanishi yo’lida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ohangining milliyligi mavzular xarakterida namoyon bo’ladi (melizmatika, kelgusi rivojiga o’ziga xos bosqich (tramplin) yasovchi ladning ikkinchi pog’onasiga tayanch, musiqaning «eonali» tamoyili va h.k.). Ijodkor simfonik janrlarda ham qalamini charxlab boradi. Buning mahsuli esa «Vals» va «O’zbek raqsi» nomli estrada-simfonik orkestri uchun ikkita pyesa, skripkalar, violonchellar va simfonik orkestr uchun «Bayram uvertyurasi», «Progress» uvertyura-fantaziyasi, «Qaxramonlarga haykal o’rnatamiz» nomli simfonik asari. 1987-1990 yillar simfonik janrdagi ijodiy izlanishlar natijasida ikkinchi simfoniya yaratildi. Mazkur davrgacha kompozitorning shaxsiy uslubi, musiqiy tili va amaliy musiqa yaratish texnologiyasi shakllandi. Ketma - ket uchta myuzikl yuzaga keldi: Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri uchun «Kachal polvon va Garmsel», Respublika qo’g’irchoq teatri uchun «Ur to’qmoq», «Mag’rib afsungarlari uzugi» nomli musiqali yangi yil ertagi va bolalar uchun «Hayvonlar sultoni» operasini yaratadi. Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida kamer vokal janrlar ustunlik qiladi. Uning ovoz, skripka va fortepiano uchun yozgan «Muhabbat» lirik turkumi, 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Kompozitorlik ijodiyotining ushbu sohasiga Avaz Mansurov ijodiy yetuklik davrida murojaat etdi. Bu sohada u 20 ga yaqin asar yaratib, ulardan bir qismi xalq cholg’ulari ansambli uchun mo’ljallangan. Jumladan: 2 ta alt va fortepiano uchun 2 ta pyesa; «Fortepiano uchun 7 ta pyesa»; «Koreys ohanglari asosida musiqa»; torli kvartet uchun «Poema»; skripkachilar ansambli va fortepiano uchun «Rondo - Vals»; xalq cholg’ulari kamer orkestr uchun «Uvertyura» or.59; romanslar or.62, or.63; «Hayvonot bog’iga sayr» nomli fortepiano uchun turkum; xalq cholg’ulari orkestr uchun «Moziydan sado» poemasi, «Sug’diyona», «Yurtim jamoli», «Qo’shiq va raqs». «Qo’shiq va raqs» ning asosida turkman xalq kuylari yotadi, «Yurtim jamoli» uzbek folklori ohanglari bilan sug’orilgan, «Sug’diyona» - mazkur orkestr sozandalarining ijro etish xususiyatlarini nazarda tutgan holda partitura yaratildi.
Kompozitorlik ijodiyotining aynan kamer musiqasiga xos bo’lgan individual sirli xususiyat ijodkorning ichki dunyosiga nazar tashlash imkoniyatini beradi. Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida teatr-sahna asarlarga musiqa bastalash ham ustuvor turadi. U yillar davomida bolalar operalarini, baletlarini, 20 ta musiqali spektakllar, myuzikllarini, spektakllarini, musiqali ertaklarini, musiqali komediyalarini yaratdi. XXI asr boshida A.Mansurov ijodi turli janrdagi asarlar bilan boyidi. Bu davrda «Sog’diyona» xalq cholg’u ansambli uchun yozilgan shu nomli fantaziyasi alohida o’rin egallaydi (bu asarni kompozitor ansambl rahbari va dirijyori Feruza Abdurahimovaga bag’ishlagan). Shu bilan birga A.Mansurov «Moziydan sado», «Yurtim jamoli», «Qo’shiq va raqs» kabi poema fantaziyalar, «Zumrad va qimmat» baleti (Y.U.Ismatova librettosi), va amaliy musiqa janrlarda to’rtta asar yaratadi. Ijodkor faoliyatining doirasi nihoyatda keng. Kompozitor, pedagog, ma’rifatparvar bo’lgan bu inson O’zbekiston davlat konservatoriyasining o’quv ishlari bo’yicha prorektor, O’zbekiston kompozitorlari uyushmasining raisi o’rinbosari va O’zBU boshqaruv a’zosi lavozimlarida faoliyat yuritib kelganlar, Respublikamiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. («Sog’lom avlod uchun» gazeta taxririyatining a’zosi, xalq deputatligiga nomzodi qo’yilgan, ko’rik - tanlovlar, festivallar kabi turli tadbirlarning hay’at a’zosi). Avaz Maqsudovich Mansurovning sermaxsul va barakali ijodi ijodiy va pedagogik maqolalarida, o’quv qo’llanmalarida, esselarida o’z aksini topgan. Kompozitorning bugun yetishgan yutuqlari uzoq vaqt davomida qilgan mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlarining samarasidir. Serqirra kompozitor musiqa san’atining barcha janrlarida unumli ijod qilib, o’z asarlari bilan mustaqil respublikamizning musiqa madaniyatini rivojlanishiga samarali hissa qo’shib kelmoqda. Avaz Mansurov hamisha voqealar markazida bo’lib, jamoat ishlarida faol qatnashadi, yosh iqtidorlarni tarbiyalaydi, epistolyar janrlarda izlanishlar olib boradi va shunday zich ish tartibiga qaramay, ajoyib musiqiy asarlar yaratadi. A.Mansurov ko’p janrlarda ijod qiladi, asarlari tahlil etilganida esa zamonaviy mavzularga ko’p murojaat qilishi ayon bo’ladi. Kompozitor ijodiy jarayonida nafaqat zamonaviy mavzular, balki zamonaviy ifodaviy vositalar borasida ham izlanishlar olib borishi diqqatga sazovordir. A.Mansurov musiqasining asosi, uning kuy-ohang tabiati xalq milliy qo’shiqchiligi bilan uzviy bog’liq. Iqtidorli kompozitor, talabchan rahbar, malakali murabbiy va mehribon ustoz Avaz Maqsudovich Mansurovni Respublikamizda musiqa san’atini rivojlantirishdagi faol xizmatlari taxsinga loyiq
Download 232.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling