Mavzu: O’zbek milliy san’atida badiiy naqqoshlikning o‘rni


-rasm. Xotira va Qadrlash maydoni majmuasi


Download 0.67 Mb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1280445
1   2   3
Bog'liq
Mavzu 1

2-rasm. Xotira va Qadrlash maydoni majmuasi.

O‘zbekiston o‘quv yurtlarining intererlarini badiiy bezashda amaliy bezak san'tning naqqoshlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi kabi turlari nisbatan ko‘proq qo‘llanilmoqda. Bu tabiiy hol, chunki dekorativ-amaliy san'atning xuddi shu turlari qadimdan e'zozlanib, juda ko‘p binolarni bezashda qo‘llanib kelingan. Bunga Samarqanddagi Registon ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Xivadagi Islomxo‘ja minorasi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi, Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi, Shahrisabzdagi Oqsaroy binosi va boshqalar misol bo‘la oladi. Hozirgi paytda ma'muriy, turar joy va boshqa binolami badiiy bezashda amaliy san'tning yuqorida aytilgan turlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat akademik katta teatri, Toshkent Davlat sirki binosi kabilar fikrimizning yaqqol dalilidir. Toshkent metrosining «Xalqlar do‘stligi» bekatida naqqoshlik, ganch o‘ymakorligidan; «Kosmonavtlar prospekti» bekatida dekorativ devoriy suratlardan, «Chilonzor» bekatida sopol dekorativ figuralardan, «Alisher Navoiy» bekatida dekorativ-amaliy san'atning bir necha turidan foydalanilgan. Bunday ishlarni respublikaning boshqa shaqarlaridagi qator binolarda hamko‘rish mumkin.
Shu yillarda Respublika maxsus ijodiy-ishlab chiqarish «Usto» birlashmasi, «Musavvir» va «Hunarmand» ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining tashkil topishi ayni muddao bo‘ldi. Chunki, «Usto» birlashmasi a'zolari Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik-yirik inshootlar va qurilishlarda o‘z ijodlari bilan ishtirok etib, binolarni badiiy jihatdan bezak ishlari ruhiyatni ko‘tarib kelishayotgan bo‘lsalar, «Musavvir»
va «Hunarmand» ilmiy-ishlab chiqarish markazlari a'zolari o‘z ijod namunalarini mazkur markaz orqali tarqatadilar. Shu tariqa markaz ustalarga metodik yordam ko‘rsatadilar, ularning ijod namunalarini omma orasida, shuningdek, Respublika va xorij davlatlarida bo‘ladigan yirik ko‘rgazmalarda, tanlovlarda ishtirok etishini ta'minlaydi va targ‘ib qiladi. Ushbu markazlar tufayli bugungi kunda qator ustalarimizning ijod namunalari xorij muzeylaridan va shaxsiy kollektsiyalardan o‘rin olib kelmoqda.
«Xozirgi kunda yog‘och o‘ymakorligi san'ati o‘zining o‘tmishdagi mavqeyini qayta tiklab, poytaxtimiz Toshkent shahrida va Respublikamiz viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa yirik shaharlarida bunyod etilib foydalanishga topshirilayotgan yoki qayta ta'mirdan chiqarilayotgan ko‘plab diniy va dunyoviy xarakterdagi inshootlarda o‘z aksini topib kelmoqda. «Usto» birlashmasi a'zolari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘plab yirik ob'ektlar qurilib, binolarning eshigi, darvozasi va ustunlari yog‘och o‘ymakorligi san'atining eng so‘nggi yutuqlaridan keng-ko‘lamda foydalanilgan holda go‘zal va jozibador qilib bezatmoqdalar. Masalan, 1989-92-yillarda Rossiyaning Voronij va Moskva shaharlaridagi «O‘zbekiston» va «Namangan» savdo majmualari; 1993-yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining qabullar uyi, Bekobod shahridagi metallurgiya kombinatining oromgohi; 1994-yilda «Yunusobod tennis» korti, «Turkiston» konsert zali va «Algoritm» zavodi; 1995-yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi binosi;



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling