Mavzu: O‘zbek tilida chiziqcha bilan yozish qoidalari
Download 80.83 Kb.
|
12-mavzu
Mavzu:O‘zbek tilida chiziqcha bilan yozish qoidalariReja: 1. Juft so’zlar imlosi 2. Takroriy so’zlar imlosi 3. Qo’shimcha yuklamalar imlosi 4. Chiiziqcha va tirening farqi El-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta- sekin, uch-to„rt, o„n-o„n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o„ylab-netib, so„ramay-netmay, kiyim- kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin- yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi. Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-kunduz, qing„ir-qiyshiq; tog„-tog„, sekin-tez kabi. Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo„shlashmoq kabi; Juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do„st-u dushman (do„st-dushman), kecha- yu kunduz (kecha-kunduz) kabi; Yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-Yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-otdi, borasan-qo„yasan, uxlabman-qolibman kabi.Belgini kuchaytiruvchiqip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi,to„ppa-to„g„ri, bab-barobar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi.(lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko„chama-ko„cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa,So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko„chama-ko„cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa,bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘ darbadar kabi.Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asligamuvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.-chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) qo’shimcha yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo„y-e, yashang-e, o„g„lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina,-qina) qo’shimcha yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o„ziyoq, ko„rganov, ko„rdiyov, mengina, qo‟shiqqina kabi. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o„quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.Chiziqcha orfografiya bo’limida o’rganilsa, tire tinish belgilarda o’raganiladi.Masalan: asta-sekin, tez-tez; Hamal keldi – amal keldi,Qo’shning tinch - sen tinch kabi.Mashg’ulot. So‘zlarni o‘qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘ng daftaringizga ko‘chirib yozing.Mashg’ulot. So‘zlarni o‘qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘ng daftaringizga ko‘chirib yozing.Orzu-umid, aka-uka, chol-kampir, issiq-sovuq, kecha-kunduz, el-yurt, asta-sekin;baxt-u saodat, ota-yu ona, qop-qora, ko‘m-ko‘k, rang-barang, men-a, bor-e, bolam-ey, biz-chi.Mashg’ulot. Gaplarni o‘qing, chiziqcha va tirening ishlatilish sabablariniMashg’ulot. Gaplarni o‘qing, chiziqcha va tirening ishlatilish sabablariniayting.Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin — ular seni saodatga yetaklaydi.Ko‘zing sog‘ida ezgulik qil, mol-dunyong borida ulash, yedir.bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko‘ngildan chiqarib berilgan moddiy yordam: pul-non, mayiz-yong‘oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr-sadaqa deyiladi.bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko‘ngildan chiqarib berilgan moddiy yordam: pul-non, mayiz-yong‘oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr-sadaqa deyiladi.(M. Sattor) Go‘zallik shunday narsaki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va shunga o‘xshash tuyg‘ularni uyg‘ota olishi shart. (A. Oripov) G‘o‘zalarim tiniqib-tiniqibsuv icha berdi. G‘o‘zalarim qonib-qonib suv icha berdi. Chilla suv — tilla suv bo‘ldi.(T. Murod)Aravakash uning so‘zini ilib oldi:— Shirin-shirin gap o‘rnida shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa, ta’rifingiz eshitibjigarlarimiz laxta-laxta qon bo‘lib ketgan. (A. Cho„lponDownload 80.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling