Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari Mundarija: I bob. Respublika aholisining kelib chiqishi va aholi sonining o’sishi hamda joylanishi
Download 380.66 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari
17 1.5.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Respublikada mehnat resurslarining soni ko’p, biroq ularning jami aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o’ziga xos. Masalan, agar Boltiq buyi davlatlarida oilada 3 kishidan 2 nafari ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 nafari ishlashi mumkin, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018-yilda O’zbekistonda mehnat resurslar soni 18829,6 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 14641,7 ming, iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 13273,1ming kishini tashkil qildi. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni tezroq ko’payib bormoqda. Nodavlat sektorda band bo’lganlar 80 foizga yaqin. Barcha tuman va shaharlarda mehnat birjalari faoliyat ko’rsatmokda. Ular asosan “Bandlik” Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha qator ishlarni bajarishadi. Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi. Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi. Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga 18 xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik) hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling